|
Osiyo xalqaro universiteti ijtimoiy fanlar va texnika fakultet iqtisodiyot kafedrasi
|
səhifə | 14/19 | tarix | 04.07.2023 | ölçüsü | 123,01 Kb. | | #119267 |
| Adizov R (2)Samimiy xushmuomalalilik - bunday rahbar sofdil, ochiq koʻngil boʻladi, chin yuraqtsan gapiradi. Qoʻl ostidagilarga sadoqat bilan ixlos qoʻyib xizmat qiladi. Ular samimiylikni ogʻir va juda nozik masala, u aql va chuqur maʻnaviy odobni talab etishini, , shuningdek,, kimki oʻzgalar bilan nosamimiy munosabatda boʻlishga odatlangan ekan, u pirovard natijada oʻzoʻziga ham samimiy boʻlolmay qolishini yaxshi tushunishadi.
Donolarning aytishlaricha, hushmuomalalikning oʻnta belgisi bor. Ular quyidagilar: insof, aql, ilm, hilm (muloyim), olijanoblik, koʻrkam feʻl, yaxshilik, sabr va muloyimlik.
Rahmdillik - bunday rahbar barchaga rahm-shafqatli boʻladi. Ular boshqalarni koʻp narsada kechirishadi, ammo oʻzlarini hech narsada kechirishmaydi. Ular rahm-shavqat insonlarning eng oliy fazilatlaridan biri ekanligini, rahm-shavqatli kishi doimo odamlarga yordam qoʻlini choʻzishini, ojiz va notavon kishilardan xabar olib turish lozimligini yaxshi tushunadilar.
Hushxulqlilik - bunday rahbar inson goʻzalligining asosi uning chiroyli xulqida ekanligini, aynan hushxulqlik insonni ulugʻlikka olib borishini, yoqimli xulq egasidan barcha katta-kichik xursand boʻlishini, bunday xulq egasi boshqalarni xursand qilishdan tashqari, oʻzi ham doimo xursand yurishini, boshqalardan esa oʻziga muhabbat va muloyimlik qaytishini yaxshi tushunadi. Donolarning fikricha, hushxulqlikning oʻnta nishonasi bor:
Yaxshi ishlarda odamlar bilan hamisha birga boʻlish.
Nafs koʻyiga kirmaslik.
Oʻzgalar aybini qidirmaslik.
Birovda biror ayb sodir boʻlsa, uni yaxshilikka yoʻyish.
Aybdor uzr soʻrasa, aybni kechirish. “Kechira olishlik - mardlik, kechira bilmaslik nomardlik sanaladi” (Amir Temur oʻgitlaridan).
Muhtojlar hojatini chiqarish.
Oʻzi haqida oʻylayvermay, boshqalar haqida ham qaygʻurish.
Oʻz aybiga iqror boʻlish.
Ochiq yuzli boʻlish.
Hushmuomala boʻlish.
Dostları ilə paylaş: |
|
|