Osiyo xalqaro universiteti



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix28.11.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#133478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
tayyor slabus geodeziya

II.
 
Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotari): 
2.1.Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 
1-mavzu. 
Geodeziya fani, uning ahamiyati va vazifalari. 
Fanning mazmuni. “Geodeziya” fanining qo‘llanishi va uning istiqbollari, masalalarini 
yoritishda fanning bakalavrlar tayyorlashdagi o‘rni va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi, 
xalq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi o‘rni, foydalanish sohalari 
va kelajak istiqbollari. 


2-mavzu. 
Yerning shakli va o‘lchamlari. 
Og‘irlik kuchi va yerning sathiy yuzasi, geoid va kvazigeoid, umumiy yer ellipsoidi, 
normal yer va yerning haqiqiy shakli, Krassovskiy referens – ellipsoidi, geodezik va 
astronomik koordinatalar va azimutlar, shovun chizig‘ining og‘ishi, Laplas azimutlari
reduksion masala to‘g‘risida tushincha. Reduksion masalani yechish uslubi. 
3-mavzu. 
Geodeziyada qo‘llaniladigan koordinatalar sistemalari. 
Geografik koordinatalar. Geodezik koordinatalar. Astronomik koordinatalar. Geodezik 
balandlik. Yer yuzidagi nuqtaning balandligi. Yer yuzasini loyihalash. Fazoviy to‘g‘ri 
burchakli koordinatalar tizimi. Gauss-Kryugerning to‘g‘ri burchakli koordinatalar tizimi. 
Tekislikdagi koordinatalar tizimi. 
4-mavzu. 
Oriyentirlash burchaklari. Joyda chiziqlar yo‘nalishini aniqlash. 
Tekislikda to‘g‘ri chiziqni yo‘naltirish haqida tushuncha. Orientirlash burchaklari: 
Azimut, direksion burchak va rumb. Meridianlarning yaqinlashish burchagi. Haqiqiy azimut 
bilan direksion burchak hamda rumb o‘rtasidagi munosabat.
5-mavzu. 
Joyning plan, karta va profili. Masshtablar. 
Yirik masshtabli planlarning umumiy tavsifi, planda oʼlchash aniqligi, Yer osti 
kommunikatsiyalarini planga tushirish. 
6-mavzu. 
Topografik karta va plan nomenklaturasi. 
Topografik kartalarning matematik elementlari. Topografik plan va kartalar masshtabi. 
Topografik plan va kartalarning varaqlarga bo‘linishi va nomenklaturasi. 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə