O’smirlik davrida emotsional holatlarning o’ziga xos
xususiyatlari
Jasur Shopirjonovich Ostonov
Ferangiz Amrullo qizi Adizova
j.s.ostonov@gmail.com
Buxoro davlat universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘smirlik davrida namoyon bo‘ladigan
emotsional holatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar
: O‘smirlik, emotsiya, tolerantlik, o‘tish davri, psixik sezgilar.
Characteristics of emotional states during adolescence
Jasur Shopirjonovich Ostonov
Ferangiz Amrullo qizi Adizova
j.s.ostonov@gmail.com
Bukhara State University
Abstract:
This article analyzes the specifics of the emotional states that occur
during adolescence.
Keywords:
Adolescence, emotions, tolerance, transition, mental instincts.
Inson hayotining barcha davrini yaxlit tarzda qamrab olgan klassifikatsiyalardan
biri bu butun jahon olimlarining qaroriga ko‘ra 1965-yili Fanlar akademiyasining
maxsus simpoziumida qabul qilingan sxema bo‘yicha o‘smirlik davri 13-16
yoshgacha erkaklarda, ayollarda 12-15yoshgacha deb keltirib o‘tilgan. Pedagogik
psixologiyaning taniqli namoyondasi B.A.Kureteskiy insonning ontogenetik
kamolotini belgilashda o‘smirlik yoshini 11 yoshdan 15 yoshgacha deb belgiladi.
O‘smirlik - bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik
jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning
jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi,
yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi,
ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga etish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va
jinsiy hayotga taallukli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi.
Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar
fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. O'smirlik va aloqa qiyinchiliklari deyarli
sinonimdir.... Qiyin, o'tish davri, inqiroz davri - bu o'smirlik davri, ya'ni 12-16 yoshli
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1547
bola mutlaqo noaniq holatga tushib qoladi, chunki bolalik allaqachon tugagan, ammo
haqiqiy voyaga etish hali boshlanmagan.
Yaqinda mehribon, tushunadigan va itoatkor bola ota-onasining iltimoslarini
e'tiborsiz qoldiradigan va hamma narsani xohlaganicha namoyishkorona qiladigan
o'tkir va tajovuzkor o'spiringa aylanadi. O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga
harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum
darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy
kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin. O‘smirlik davri «o‘tish davri»,
»krizis davr», «qiyin davr» kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan
xarakterlanadi. Chunki, bu yoshdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi
sharoitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi.
O‘z davrida L.S.Vigotskiy bunday holatni “psixik rivojlanishdagi krizis” deb
nomlagan. Kichik maktab davridan so‘ng bola alohida olingan shaxs sifatida o‘z-
o‘ziga munosabatini shakllantirish jarayonida asosan ikki bosqichni boshidan
kechiradi. Bu bosqichlar o‘smirlik yoshini ikki xil davrga - kichik o‘smirlik davri va
katta o‘smirlik davrlariga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqichda o‘smir o‘zini
“bola”lardan ajratib, endi o‘zini kattalar olamiga mansubligini ta’kidlamoqchidek
bo‘ladi. Kattalar hayotiga kirishga qiziqish o‘smirlarning asosiy xarakteristikalari
hisoblanadi.
Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish va o‘zining mana shu
yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta yoshli kishilarga
yaqin bo‘lishi, yordam berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bog‘liq
bo‘lib qolishi va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bosqichda o‘smir endi
o‘zining yosh bola emasligiga shubha qilmaydi va o‘zligini aniq anglay boshlaydi,
o‘z shaxsini ulug‘lab, o‘ziga xos harakatlar qila boshlaydi. O‘smirlarni o‘z shaxslari
haqidagi fikrlar ko‘prok qiziqtiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga,
tarbiyalashga harakat qiladilar. O‘smirlik davrlaridagi muloqot tizimlari bolada bir
qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki, buning natijasida u faol hayotiy
mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z o‘rnini tasavvur qilishga erishadi. Me`yoriy
xulqning marginal jihatlarini o‘zlashtirish o‘smirlik davriga to‘g`ri keladi. O‘smirlik
davridagi nizolar shunisi bilan qiziqki, tolerantlik ko‘rinishlari shakllanishning
ketma-ketligini inobatga olgan holda o‘smirni “kattalarning kattasi” sifatida chiqish
mumkin. O‘smir katta bo‘lib brogan sari uning hayotidagi barcha o‘zgarishlar uning
uchun yangilik bo‘lib, hali o‘smir tomonidan yetarli darajada o‘zlashtirilmagan
bo‘ladi. O‘zining sabrsizligi, qattiqqo‘lligi, qat’iyatligida o‘smir kattalardan ancha
o‘zib ketadi. O‘smir o‘z olamida yashaydi, uning qadriyatlari tizimi yaxshilik va
yomonlik dualizmiga asoslangan bo‘lib, aynan ularni atropf-olamga ko‘chirishga
intiladi, kattalar esa ularning ruhiy mavjudlik tomonlarini kuchaytirish o‘rniga, ularni
ko‘proq ijtimoiylashtirishga harakat qiladilar, buning natijasida rezonans yuzaga
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1548
keladi, ya`ni ota-onasining negativ atmosferasi ta`sirida o‘smirda, negativism
kuchayib qoladi.
Aynan o‘smirlik yoshida o‘ziga xos “tuynuk” paydo bo‘lib, bu tuynuk “A”
tipidagi tolerantlik bilan “B” tip tolerantlik o‘rtasida hosil bo‘ladi; o‘smir endi bola
uchun xarakterli bo‘lgan “A” tipidagi tolerantlikka toqati yo‘q va o‘z navbatida
kattalarga xos bo‘lgan sabrlilik tolerantligiga ham hali tayyor emas. O‘smirlik suitsidi
aksariyat hollarda, o‘smirning “marginal tolerantligi” kabi chegaralangan
imkoniyatlar bilan izohlanadi.
Emotsiya - (lotincha) emotsion so‘zidan olingan bo‘lib, to‘lqinlanmoq ma`nosini
anglatadi. Shaxsning voqelikka bo‘lgan o‘z munosabatini xis qilishdan kelib
chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog`liq bo‘lgan kechinmalar. Tarqoq
ma`noda olganda, hissiyot bu qandaydir bir oz doimiyroq his-tuyg`ularning bevosita
va vaqtincha boshdan kechirilishidan iborat. “Emotsiya” so‘zini o‘zbek tiliga aniq
tarjima qilinganda u ruhiy hayajonlanish, ruxiy harakatlanish degan ma`noni
anglatadi. Insoniy emotsiyalar “insoniylashtirilgan” ijtimoiy sharoit bilan bog`liq
holda namoyon bo‘ladi. Emotsiyalarning “insoniylashuvi” shunday namoyon
bo‘ladiki, ichdan kechadigan hissiyotlar mazmuni, juda boy va murakkabdir.Odamlar
bilan mehnat, siyosat, madaniyati, oilaviy hayot o‘rtasida paydo bo‘lgan
munosabatlarning ko‘pligi, sof insoniy hissiyotlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Ular bolalarga odob bilan javob berishni, suhbatdoshiga ochiq ko‘ngillik bilan
jilmayish, keksalar va nogironlarga hurmat bilan joy berishni o‘rgatdi. Odam o‘z
hissiyotlarini o‘zi boshqaradi. Ba'zi kishilar emotsiyalarini yashirish niyatida
qaramaqarshi emotsiyalami ifodaiaydilar. Masalan, qayg‘urish yoki qattiq og‘riq
paytida kulimsirash, kulgilari kelgan paytda yuzlarini jiddiy, o‘ychan holga keltira
oladilar. Lekin o‘zining imo-ishoralari va mimikalarini boshqara olishga qaraganda
nafas olish, qon aylanish va ovqat hazm qilish tizimidagi o‘zgarishlarni ushlab qolish
juda qiyin bo‘ladi. Odam xayajoniangan paytda bir maromda nafas ola biladi, ko‘z
yoshlarini ushlab qola oladi, lekin rangini o‘zgartirish yoki qizartirishga qodir emas.
Ammo emotsiyalami paydo qiluvchi narsalardan o‘zini chalg‘itishi mumkin.
Emotsiyalaming tashqi ifodasi turli ko‘rinishlarda ro‘y beradiki, unda asosiy o‘rinni
ko‘rgazmali jihatlar asosiy o‘rin egallaydi.
Dostları ilə paylaş: |