Ot turlari. Ot windows Turlari Reja



Yüklə 102,79 Kb.
səhifə4/11
tarix25.09.2023
ölçüsü102,79 Kb.
#123649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7. OT turlari. OT windows Turlari

UNIXWare operatsion (amaliy) tizimi. UNIX operatsion tizimining Novell korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan rusumi. UNIXWare tizimi birinchi navbatda NetWare tarmoqlarida ishlatish uchun yaratilgan. Shu bilan birga, bu operatsion tizimining muhitida hududiy tarmoqlarning bayonnomalari ham bajariladi. UNIXWare oddiy grafik interfeysga ega. Bu 32-xonali tizim «ish stoli» deb ataluvchi muhitda ishlaydi. UNIXWare ko‘pmasalali, ko‘pfoydalanuvchili, ko‘poqimli tizimdir.
Solaris operatsion (amaliy) tizimi. SUN Microsystems korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan UNIX operatsion tizimining rusumi. Solaris simmetrik multiprotsessorli ishlov bajaradi, tasvirlar bilan ishlash vositalariga ega, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlaydi. Tizim Internet tarmog‘i, elektron pochta, shu jumladan, nutqiy pochta, faksimil aloqa bilan o‘zaro ishlay oladi. Yuqori unum va masshtablanuvchilik xususiyatlariga ega.
Windows operatsion (amaliy) tizimi. Microsoft korporatsiyasi tomonidan shaxsiy kompyuterlar uchun taklif qilingan operatsion tizimlar oilasi. Windows tizimi ko‘pmasalali va ko‘poqimli bo‘lib, qulay grafik interfeys bilan tavsiflanadi, virtual xotiraning boshqaruvini taqdim qiladi va ko‘pgina tashqi qurilmalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Windowsni ishlatib, foydalanuvchi birdaniga bir necha amaliy jarayonlar bilan samarali ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dunyoda 90% ga yaqin kompyuterlar Windows operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.

Yüklə 102,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə