O'tkir zehinlilar mushoirasini ssenariysini tuzish reja



Yüklə 75,5 Kb.
səhifə2/2
tarix20.10.2023
ölçüsü75,5 Kb.
#129002
1   2
O\'TKIR ZEHINLILAR MUSHOIRASINI SSENARIYSINI TUZISH

(Ibn Sino)

  1. Tabiat matematika fani bilan gapiradi. Bu tilning doiralar , uchburchaklar va boshqa figuralardir.

  2. Geometriya – aqlni haqiqatga yaqinlashtiradi.

  3. Go`zallik – simmetriya bilan chambarchasdir.

  4. Geometriya – noto`g`ri chizmalarg qarab to`g`ri mulohaza qilish sanatidir.

  5. Aylana – geometriyaning qalbidir.Aylanani o`rganing shunda siz nafaqat geometriyaning qalbini balki o`z qalbingizni ham o`rgangan bo`lasiz.

  6. Geometriyaga oid dastlabgi tushunchalar bundan 4-5 ming yil muqaddam qadimgi misirda paydo bo`lgan.

  7. “Geometriya” yunoncha so`z bo`lib “geo” yer , “metrio” o`lchash degan ma’noni anglatadi.

  8. Geometriya geometrik shakillar va ularning xossalari haqidagi fan.

  9. Sharq mamlakatlarida geometriya handasa deb ataladi.

Hamma : geometriya – geometriya


Barcha fanlar go`zali
Sharqda ilmi Handasa
Uning haqiqiy ismi
1-boshlovchi:
Shunday qilib 2-komandaning nomi “Handasa” ekanini bilib oldik.
2-boshlovchi:
Endi 1-2 komandalarning ballarini eshitsak.
1-boshlovchi:
Endi musobaqamizning 2-bosqichiga o`tamiz.
2-boshlovchi:
Endi navbat 2-shartga . Bu shartda kamandalar she’riy topishmoq aytadilar raqib qamandalar esa javob berishadi.
1-komanda: Matematika

  1. Bordir 8 ta uchi, yoqlar soni 6 ta, agar kim nard o`ynasa, uni bilar albatta.

  2. Uchburchakning uchala, Qarshi tomon o`rtasin, Tutashtiruvchi kesma, qani ayting bu nima ?

  3. Tekislikda nuqtadan, chiqar bo`lsa ikki nur, hosil bo`lgan shaklini , ayting ne deb atalur ?

  4. To`rtburshaklar go`zali, simmetriya o`qi to`rtta, Tengdir hamma burchagi, tomonlar ham albatta.

  5. Riyoziyatning tili, harflari juda ko`p, tabiatning har siri, u bilan yozilar xo`p.

  6. To`g`ri chiziq bo`lagi, Goh uzundir goh kalta, ko`pyoqning qirralari, undan bo`lar albatta.

  7. Bir yog`i temirdan, ikkinchisi ko`mirdan, raqsga tushsa pildirab, hosil bo`lar g`ildirak.

1-boshlovchi: Endi navbat Handasaga.



  1. Ixtiyoriy burchakni, u shartta teng bo`ladi, aytingchi bu chiziqning, oti nima bo`ladi.

  2. O`zi oddiy to`rtburchak, tomonlari teng bari, bir tomon burchaklari, erur tenglikdan nari.

  3. Shaklidir dum-dumaloq , ko`rsang huddi bo`g`rsoq, agar kessang kesimda, doira bo`lar har choq.

  4. Tabiy hodisalar, bog`lanishin ko`rsatar, erkli o`zgaruvchisi , goh yolg`iz goh ko`p bo`lar.

  5. Handasa asosiy, lekin yo`qdir o`lchovi, ikki chiziq kesishgan, yerda yurishar ovi.

  6. Riyoziyat bo`limi, o`lchaydi yuza jam, tekislik va fazoda, topar kesma hajmini

  7. O`zi muloyim yumshoq, qalamgadir u jo`ra, xatoni uchratgan chog`, jangga kirar bir yo`la.

2-boshlovchi:


Navbat hakamlarga.
1-boshlovchi:
Minglab jonzotlar aro bo`lgandir nasib, Bashar avlodiga oli tafakkur. Mantiqiy fikirlash xissini nasib etgan tabiatga behat tashakkur.
2-boshlovchi:
Tafakkur bo`lmasa netardi bashar ? Qay ahvolda qolib ketardi dunyo?
Mantiq-la bo`lsaydi har ahli bashar, Barkamol holatga yetardi dunyo!
1-boshlovchi:
Endi mantiqiy savollarga oid 3-shartimizga o`tamiz.
2-boshlovchi:
Navbat matematika kamandasiga.

  1. Qanday soat bir kunda ikki marta to`g`ri vaqtni ko`rsatadi?

Javob: to`xtab qolgan soat.



  1. Quyon ikki oyog`ida turganda 5-kg kelsa to`rt oyog`ida tursa necha kg keladi Javob: 5-kg.

  2. Eng sodda geometrik shakl . Javob: nuqta.

  3. Qaysi joyda daryolar suvsiz, shaharlar uysiz bo`ladi? Javob: Xaritada.

  4. 19 ga 9 ni qo`shib 19 ni ayiring Javob: 9

  5. 38 ga 28 ni qo`shib 8ni ayiring . Javob: 58

  6. Choyni qaysi qo`l bilan aralashtirish kerak ? Javob : qoshiq tutgan qo`l bilan

  7. “Hisob al - Hind” nomli asarni kim yozgan ? Javob : Al – Xorazmiy.

  8. Qanday sonlar natural sonlar? Javob : Sanashda ishlatiladigan sonlar.

  9. π ning qiymati nimaga teng ? Javob : 3.14

2-boshlovchi:


Navbat Handasa kamandasiga.



  1. Bir sandiqda hamma narsa bor lekin bir narsa yo`q savol u nima? Javob: Bo`sh joy

  2. Matematika tanining otasi kim ? Javob: Al – Xorazmiy

  3. Ranglar jilosi nima ? Javob : Kamalak.

  4. 3 ta 8 ga , 8 ta 3 ni qo`shsa qancha bo`ladi? Javob: 48

  5. 47 dan 17 ni ayirib ayirmaga 27 ni qo`shing Javob: 57

  6. Suv tagida qanday tosh bo`lmaydi ? Iavob : Quruq tosh

  7. Kichkina kulranggina , filga o`xshab ketadi Javob : Sichqon

  8. Algebra faniga asos solgan olim kim ? Javob: Al – Xorazmiy

  9. Qanday sonlar tub sonlar deyiladi ? Javob : Faqat birga va o`ziga bo`linadigan sonlar

  10. Geometriya so`zining ma’nosi nima ? Javob: yerni o`lchash.

1-boshlovchi:


Uchinchi shartni baholash uchun navbatni hakamlarga beramiz.
2-boshlovchi:
Endi navbatni 4 - shartga beramiz. 4 - shartimiz masala yechish sharti.
1-boshlovchi :
Bu shartta har ikki komandadan bir ishtirokchi chiqib hakamlar oldidagi kanvertlarga solingan masalalardan birini tanlab masala yachadi.
2-boshlovchi:
Marhamat shartni boshlaymiz .
1-boshlovchi:
4 – shartni baholash uchun hakamlarga navbat beramiz.
2-boshlovchi:
Endi navbat 5- shartga.
1-boshlovchi:
5- shartimiz raqs deb nomlanadi.
2-boshlovchi:
Bu shartta har ikki komanda o`z raqslari bo`yicha ballashadilar.
1-boshlovchi:
Marharmat boshladik.
2-boshlovchi:
Endi navbat 6-shartga.
1-boshlovchi:
6- shartimiz baxribayt deb nomlanadi .
2-boshlovchi:
Bu shartta har ikki komandalar tanlagan alloma haqida tariflar keltirib o`tishadi.
1-boshlovchi:
Allomalarni hakamlar oldidagi kanvertlardan tanlab olishadi.
2-boshlovchi:
Marhamat shartni boshladik.
1-boshlovchi:
shartni baholash uchun hakamlarga yuzlanamiz.
2-boshlovchi:
Jiddiy o`y fikirlardan charchagan onda
Andakkina, hazil zarurdir, joiz
Hazilga moyillik bo`lsa insonda
Asablarga davo bo`lar 100 foiz
1-boshlovchi:
Riyoziy hazildan izlab baimkon
Birlashib o`qiylik uch – to`rt sahifa
Sizlarga aytaylik, boricha imkon
Bilmas hayotidan uch – to`rt sahifa
2-boshlovchi:
Hozirgi 7- shartimiz anglaganinggizdek hazil mutoibaga moil sahna ko`rinishi.
1-boshlovchi:
Bu shartta qomandalar o`z mahoratlarini namoish etadilar. Marhamat matematika qomandasiga navbatni bersak.
2-boshlovchi:
Endi navbat Handasa qomandasiga.
1-boshlovchi:
Shartni baholash uchun hakamlarga yuzlanamiz.
2-boshlovchi:
Endi navbat 8- shartimizga . Bu shart “Harf terish” deb nomlanadi.
1-boshlovchi:
Bu shartda, Plaqatga yozilgan so`z ichidagi harflar yordamida so`z hosil qilish kerak bo`ladi.
2-boshlovchi:
Marhamat shartni boshladik.
1-boshlovchi:
Marhamat hakamlardan qomandalarga qo`yilgan ballarni so`rasak.
2-boshlovchi:
Marhamat navbatni 9- shartga bersak. Bog`langan ko`z bilan shakl chizish sharti.
1-boshlovchi:
har ikki qomandadan 1 ta ishtirokchi chiqib ko`zlari bog`liq holda plaqatga berilgan narsalar nomini, rasmini chizishadi.
2-boshlovchi:
Marhamat shartni boshlaymiz.
1-boshlovchi:
9-shart bo`yicha olgan baholarni hakamlardan bilib olamiz.
2-boshlovchi:
Keyingi 10 - shartimiz raqs deb nomlanadi.
1-boshlovchi:
Bu shartda har ikki guruh tayyorlab kelgan raqslari bo`yicha baholanadilar.
2-boshlovchi:
Shartimizni matematika qomandasi boshlab beradi. Marhamat!
1-boshlovchi:
Endi navbat Handasa qomandasiga. Marhamat!
2-boshlovchi:
Rahmat! Endi raqs bo`yicha olgan baholarni hakamlardan bilib olamiz.
1-boshlovchi:
Endi navbat Matematik latareyaga.
2-boshlovchi:
Bunda hakamlar oldidagi idishdan no`mer tanlaydilar o`tirganlardan kimda shu no`mer chiqsa unga savol beriladi agar bilsa sovg`a bilan tag`dirlanadi.
1-boshlovchi:
Marhamat boshladik.
2-boshlovchi:
11- shartimiz Anagrammalar tuzish deb nomlanadi.
1-boshlovchi:
Har ikki qomandaga plaqatlar beriladi.5 daqiqa vaqt beriladi.
2-boshlovchi:
Marhamat shartni boshladik.
1-boshlovchi:
shartni baholash uchun hakamlarga yuzlanamiz.
2-boshlovchi:
Edni so`nggi 12- shartimiz ko`rgazmalar bellashuvi .Bu shartta har ikki qomanda a’zolari tayyorlab kelgan ko`rgazmalar boyicha bellashadilar.
1-boshlovchi:
Hakamlar shartni baholaguncha 7 “D”- sinf qizlari ishtirokida musiqali chiqishni tomosha qilamiz.



  1. Do`stlar meni yozishda Qalam hech uzilmaydi,

To`ntarib qo`ysalar ham Qiymatim buzilmaydi. Javob: 8



  1. Uch xonali sonlarning eng kichigi bo`laman,

Nol yozilsa so`nggimga rosa mingga to`laman. Javob: 100



  1. Boshqa songa qanday son, bo`linmay qilar sarson. Javob: tub son.

  2. Qay son ishlar sanoqda turli el barcha yoqda. Javob: Natural son

  3. Riyoziyot ilmida eng asosiy tushuncha

Goh aniq goh taqribir goh mavhum goh aksincha. Javob: Son



  1. Aylanma jismlar hech usiz kun ko`rolmaydi,

Qiymatidir taqribiy hech aniq bo`lolmaydi. Javob: π soni



  1. O`zi muloyim yumshoq, qalamgadir u jo`ra,

xatoni uchratgan chog`, jangga kirar bir yo`la. Javob: O`chirgich.



Yüklə 75,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə