Otlarda kelishik kategoriyasi Ot



Yüklə 30,21 Kb.
səhifə6/6
tarix10.02.2023
ölçüsü30,21 Kb.
#100612
1   2   3   4   5   6
Otlarda kelishik kategoriyasi Ot

Chiqish kelishgi. Shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmet ish-harakatning yuzaga chiqish o'rnini, vaqtini, sababini bildiradi. Chiqish kelishigi -dan qo'shimchasi bilan shakllanadi.

Chiqish kelishigi shaklidagi so'z quyidagi ma'nolarni ifodalaydi:

1. Ish-harakatning boshlanish o'rnini bildiribqaerdan?so'rog'iga javob bo'ladi va gapda o'rin holi vazifasini bajaradi.

Derazamdan tushgan tola nur Somon yo'li kabi tovlanur. (E. V.) Klubdan chiqqan kishilar to'da-to'da bo'lib simyog'och tagida gaplashib turishibdi. (S.A.)

2. Ish-harakatning bajarilish paytini bildiribqachon?qachondan? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi va gapda payt holivazifasida keladi. Jannat hola kechadan beri supurgi tegmay ivirsibketgan uyni yig'ishtirayotgan edi. (S.A.)

3. Ish-harakatning bajarilishiga sabab bo'lgan vositani bildirib,kimdan? nimadan? so'roqlariga javob bo'ladi va gapdato'ldiruvchi vazifasida keladi. Ishlaydi. Bor kuchi bilan ishlaydi.Rohatidan kechadi, uyqusidan kechadi. (S.A.) Zuhrabegimxayolidan o'ziga tayanch izlar ekan yaqinda Buxoroni olib, endiSamarqandga qo'shin tortib kelishi kutilayotgan Shayboniyxonesiga tushdi. (P.Q.)

Chiqish kelishigidagi so'z predmet ma'nosiga ega bo'lib, harakatning bajarilishiga sabab bo'Igan shaxsni. predmetni ifodalasa gapda to'ldiruvchi, o'rin-payt, holat ma'nolarini ifodalasa hol vazifasida keladi.




Yüklə 30,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə