Otlarda kelishik kategoriyasi Ot



Yüklə 30,21 Kb.
səhifə4/6
tarix10.02.2023
ölçüsü30,21 Kb.
#100612
1   2   3   4   5   6
Otlarda kelishik kategoriyasi Ot

Tushum kelishigi. Shu kelishikdagi so'zdan anglashilgan harakatni o'zigaolgan predmetni ifodalaydi. Tushum kelishigidagi ot kimni? nimani? so'roqlariga javob bo'lib, -ni qo'shimchasi bilan shakllanadi. Masalan: Ikromjon eshikdan chehrasini ochjb kirdi. (S.A.) Mulla Fazliddin nuqul ovozini kamaytirib, qandaydir xabar sezib gapirmoqchi edi. (P.Q.) She'riy asarlarda tushum kelishigi qo'shimchasining -n, -in shakllari hamuchraydi. Masalan, Yulduzlar ertagin eshitib, o'zimni ko'klarda sezaman. (E.V.) Ko'chatlar qomatin eslatganidek, Nafasin ufurar tong otar eli. (G'. G'.)

Tushum kelishgidagi so'z gapda vositasiz to'ldiruvchi bo'lib keladi. Masalan, odamzodning bisotida bu dardni yengillatadigan gap bormi? (S.A.) Tushum kelishigi ma "no va shakl jihatidan ikki xil: belgili tushum kelishigi, belgisiz tushum kelishigidan iborat. -ni keilshik qo'shimchasini olib kelgan shakli belgili tushum kelishigidir. Mashina keng maydonni bir aylanib, klub yoniga o'ng qo'lga burildi. (O.Yo.) Tushum kelishigi qo'shimchasi -ni mavjud bo'lmagan shakl belgisiz tushum kelishigidir. Belgisiz tushum kelishigitiagi ot fe'l kesimga bog'lanib keladi.

Ular ma'no va grammatik jihatdan zich bog'langanligi uchun ularning orasiga boshqa so'z kiritib bo'lmaydi.

Tushum kelishigi quyidagi holatlarda belgili shaklda keladi:




  1. Shu kelishikdagi so'z atoqli ot bo'lsa: Otaqo'zi Fazilatiniham, o'g'li Qodirjonni ham. qizi Latofatni ham odam qatoridako'rmaydi. (O.Yo.)


  2. Shu kelishikdagi so'z kishilik, o'zlik ko'rsatish olmoshlaribilan ifodalansa. Fazilat o'zini qo'yarga joy topolmay qoldi.(O.Yo.) Qizlarning ota-onasi bizni bu yerda olib qolmoqchi emas.(T. Mai.)


  3. Shu kelishikdagi so'z otlashgan bo'lsa. U o'zidan boshqanio'ylamaydigan bir xudbin ekan. (O.Yo.)


4. Shu kelishikdagi so'z harakat nomi bilan ifodalansa.Manzura o'g'lidagi o'zgarishni sezib. xatosini tuzatmoqchi bo'ldi.(T. Mai.)




Yüklə 30,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə