Ov. Bkkiston kkspl blikasi



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə15/53
tarix22.12.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#153984
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53
Dinshunoslik. Maxkamov Q (2) (3)

JAYNIZM


A . A
V> 1/
/ П V—ч ^
I Л ^ л I
v v 3 )


TT ? f rT54 ТЛ Jl 1*1 M


Jaynizm - bu dinning asoschisi sifatida e’tiqod qili-nadigan yarim afsonaviy payg’ambar-jin nomi bilan atalgan bo’lib, bu milliy din Hindistonda eramizdan oldingi VI asrda paydo bo’lgan. Jaynizm braxmanizmdagi (braxmanizm dini Hindistonda er. av. X-XI asrlarda kelib chiqqan edi) kishilami tabaqalarga ajratish va tabaqalar asosida odam-laming ijtimoiy tengsizligini ilohiylashtirish sistemasiga qarshi paydo bo’lgan. Jaynizm ta’limotida 24 ta payg’ambarga, ayniqsa, ulardan oxirgisi bo’lgan payg’ambar - Vardhamana Maxaviraga sig’inish talab etilgan. Jaynizmda jonning o’lmasligiga, uning bir moddiy shakldan ikkinchisiga ko’chib yurishiga ishonish g’oyasi markaziy o’rinni egallaydi.
Insonning Er yuzasida qiladigan har qanday harakati va ishi ana shu jon bilan tana birligida sodir bo’ladi. Jonni gunohdan saqlash uchun hayotda to’g’ri yo’lni tutmoq, ya’ni din targ’ib qiladigan barcha

38
haqaqatlarga, talablarga so’zsiz itoat etish va e’tiqod qilish zarur. Jaynizmda axinsa haqidagi qoida mavjud bo’lib, unga ko’ra dunyodagi barcha tirik mavjudotlarga nisbatan zo’rlik ishlatish qattiq ta’qiqlanadi. Jaynistlar go’sht emaydilar, eng mutaassib dindorlar esa faqat to’rdan o’tkazilgan suvnigina iste’mol qilib, parda orqali nafas oladilar.


Jaynizm dindorlarga nisbatan qattiq cheklashlar o’matganligi sababli hozirgi kunda bu din tugab bormoqda. Shu sababli jaynizmni isloh qilinib zamonga moslashga uri-nishlar bo’lmoqda. Jaynizm tabaqalanishni qoralab, insonlar tengligini ilohiy asosda o’matish to’g’risidagi din bo’lganligi uning ijobiy xususiyatidir.

YAXUDIYLIK

Yaxudiylik (iduaizm) dinining asoschisi Allohning payg’ambari xazrat Muso alayhissalomdir (miloddan aw algi 1666-1546 yillar.).


Iuda “shukur” degan ma’noni beradi. Yahudiylik (iduaizm)
dinining nomi esa qabilaning ilk boshlig’i bo’lgan Yahudo fluda) nomidan kelib chiqqan degan qarash bor. Yaxudiylikning ta’lim berishicha, Xudo Yah va Isroil xalqi bilan ikki tomonlama shartnoma “ahd” - orqali bog’langan bo’lib, shunga ko’ra yahudiylar o ’zlarini “Xudo” tomonidan tanlab olingan mumtoz xalqmiz, bu ahd bo’yicha Xudo falastin va uning atrofidagi barcha erlami bizga berishga va’da
39
qilgan, bu erlar bizga “ va’da qilingan erd ir” degan e’tiqodda yashab kelganlar va hozir ham ana shu aqidani mahkam tutib, tinmay kurash olib boradi.
Yahudiylik dini Muso alayhissalomga 80 yosh paytlarida ( tahminan m aw . 1586 yilda) xudo Yahve tomonidan vahy etilgan (Besh kitobi-tavrot)dir. Yahudiylikning barcha qonun-qoidalari Musoga nozil qilingan Tavrotda mufassal bayon qilingan. Bundan tashqari, Tavrotning tafsiri va yahudiylik dinining aqida va marosimlari yozilgan Talmud kitobi va Muqarras zabur (Pslatir) kitobi ham bu dinning muqaddas kitoblari hisoblanadi.
Yahudiylik son-sanoqsiz marosimlarga, buyruqlarga, bayramlarga ega bo’lgan din. Bu dinning talabiga ko’ra har bir dindor 365 taqiq, 248 buyruq jami 613 ta taqiq va buyruqni bilishi kerak.
Yahudiylar tuya, cho’chqa, quyon, ot, eshak go’shtlarini emaydilar. Ular eydigan hayvonot go’shtida qon dog’i bo’lishi mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun ham yahudiylarda mollar faqat o’z ishiga usta qassoblar tomonidan so’yiladi.
Yahudiy erkaklarining kiyimlari uzun, bir xil matodan tikilgan bo’lishi, boshi hatto uyquda ham biror narsa bilan berkitilgan bo’lmog’i lozim. Diniy marosim bajarilayotganda, kiyimning ustidan albatta yopinchiq tashlanishi shart.
Haftaning shanba kuni dam olish qat’iy talab etiladi. Bu kunda hech qanday yumush, ish bilan shug’ullanilmaydi, ovqat pishirilmaydi, olov yoqilmaydi, qo’lda biror narsa ko’tarib yurilmaydi, pulga qo’l tekkizilmaydi.
Bolalarga diniy ta’lim 5-6 yoshidanoq beriladi. Tavrot va Talmudning asosiy aqidalari majburiy tarzda yodlattiriladi.
Yahudiylikda ayol kishiga erining itoatkor qulidek qaraladi. Har bir yahudiy erkak har kuni Xudodan uni ayol qilib yaratmaganiga shukronalar aytib duo qiladi. Ayol kishi esa o’z duosida o’zini eriga itoat etuvchi qilib yaratganligi uchun Xudoga minnatdorchilik bildirib yuradi. Yahudiylikning talablari, marosimlari juda ko’p va og’ir bo’lganligi, yaxudiylaming boshqa millat vakillari bilan nikohga kirishi man etilganligi, o’zlarini barcha xalqlardan afzal-mumtoz bilib, o ’jar,

40
millatchi, irqchi va xudbin bo’lganliklari uchun shunday qadimiy tarixga ega bo’lgan bu din jahon diniga aylana olmagan.


“ Sionizm” atamasi Isrusalim (Quddus) yaqinidagi Sion (sinyay) tog’-tepaligi nomidan olingan. Bu tog’ tcpalikda Musogi Tavrot ilohiy kitobi nozil bo’lgan va unda Dovud a.s. ning qarorgohi joylashgan. Shuning uchun bu tog’ muqaddas sanalgan.
Sionizm dastlab yahudiylarning antisemitizm, ya’ni ulami jahon miqyosida ta’qib etilishlariga qarshi tuzilgan harakat bo’lib, 1897-yilda Shveytsariyaning Bazel shahrida siyosiy oqim-ta’limot sifatida tashkil topgan.
Milodan aw algi 63-yilda Rim imperiyasi yahudiy davlatlarini bosib olgandan keyin, yahudiylarning dunyo mamlakatlariga tarqalishlari faol davom etgan. Ular Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Janubiy Evropa mamlakatlariga, o ’rta asrlarga kelib, Evropa va Osiyoning ko’pgina mamlakatlari bo’ylab tarqalib ketishgan. Ular borgan joylarda mahalliy aholining tili va madaniyatini o’zlashtirib olganlar, ammo o ’zlarining dini, madaniyati va urf-odatlarini saqlab qoldilar. Bu siyosiy oqimning maqsadi dastlab butun dunyodagi yahudiylami bir erga to’plab, qadimgi yagona yahudiylar davlatini qayta tiklash bo’lgan. Keyinchalik u yahudiylarning reaktsion-millatchilik, shovinistik mafkurasiga aylanib ketgan.
Yahudiylar o’zlarini “Oliy millat” deb, ular yashaydigan erlardagi hamma xalqlar, millatlar yahudiylarga dushmandirlar degan irqchilik g ’oyalarini e’lon qilganlar.
Nihoyat, asrlar bo’yi jabrlangan xalqqa ikkinchi jahon tugagandan so’ng Murruvvat ko’rsatildi. BMT Bosh Assambiliyasining 1947-yil Qaroriga binoan falastinda Isroil davlatini tuzilishiga ruxsat berildi. Shunday qilib, 1948 yil 14-maydan boshlab Buyuk Britaniya mandatidagi falastin mustaqil deb e’lon qilinib, Isroil davlati tashkil topdi va iudaizm, ya’ni yahudiylik bu davlatning rasmiy dini deb e’lon qilindi. Sionizm esa davlat mafkurasiga aylandi.
41
Sionizmning keyingi asosiy maqsadi. Butun dunyo yahudiylarini Isroilga to’plab, ularni sionistik ruhda qayta tarbiyalash, bu davlat xududini yanada kengaytirib qadimgi davlatlarini qayta tiklash bo’ldi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə