Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Arxiv hujjati tushunchasi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

Arxiv hujjati tushunchasi.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli 
ekspertiza asosida arxiv ahamiyatiga molik deb topilgan matnli, qo‘lyozma va 
mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, vidioyozuvlar, kinolentalar, 
fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek, 
boshqa moddiy ashyolardagi yozuvlar – arxiv hujjatlari deyiladi. 
Mustaqillik yillarida qabul qilingan bir qator huquqiy-me’yoriy hujjatlarda 
arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan faydalanish tizimi 
xususida keltirilib o‘tiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 15-
iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-bobi, 20-26 
moddalarida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5- 
apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan “Arxiv hujjatlarini jamlash, davlat 
hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda o‘z 
ifodasini topgan. 
Davlat arxivlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari, 
muassasalari va tashkilotlarning faoliyati natijasida yaratilgan arxiv hujjatlari
shuningdek ular tomonidan olingan yoki ularga nodavlat korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar topshirgan arxiv hujjatlari bilan jamlanadi. 
2. Fanning ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalari. 
O‘zbekiston hududida 
istiqomad qilayotgan xalqlarning tarixi qadim o‘tmishga borib taqaladi. Yashab 
turgan hududimiz umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini 
aniqlashda arxeologik qazishmalardan topilgan eksponatlar bilan bir qatorda arxiv 
hujjatlarining o‘rni ham beqiyosdir.
 
Fanning dolzarbligi
shundan iboratki, talaba yoshlarning O‘zbekistonda 
arxiv ishi tarixi fani bo‘yicha bilim va dunyoqarashni boyitish, ularda noyob 
hujjatlarga nisbatan qiziqishni uyg‘otish, fanning tarixiy va nazariy xususiyatlarini 
jamiyatimizda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilganligi bilan 
belgilanadi. 




Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə