Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

3. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli 
hujjatlar Markaziy davlat arxivining faoliyati. 
Mustaqillik yillarida O‘R KSOX 
MDAda bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, ushbu arxiv Koreya 
hukumati tomonidan KOICA granti asosida yangi texnologiyalar bilan ta’minlandi. 
Shu grant asosida o‘rnatilgan arxiv hujjatlarini kiritish uchun mo‘ljallangan yangi 
sistema asosida ish olib bormoqda. Bu sistema asosida barcha hujjatlar kompyuterga 
kiritilmoqda. Kelgusida bu sistema asosida barcha hujjatlar elektron shaklga 


110 
o‘tkazilgandan so‘ng, arxivga tashrif buyurgan tadqiqotchilar hujjatlarni elektron 
shaklda ko‘rib tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik davri kino, surat va ovozli hujjatlari 
saqlovida mustaqillikning e’lon qilinishi, demokratik jamiyat qurilishi, davlat 
boshqaruvining yangi tizimini vujudga kelishi, markaziy organlari faoliyatining 
maqsad va vazifalaring o‘zgarishi, bank tizimining qayta tashkil etilishi, dunyo 
davlatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining tan olinishi, chet 
el mamlakatlari bilan diplomatik aloqalarning o‘rnatilishi, ko‘p partiyaviylikning va 
jamoat harakatining vujudga kelishi, bozor iqtisodiyoti, tadbirkorlikning 
rivojlanishi, yangi manaviy dunyoqarashning vujudga kelishini o‘zida aks ettirgan.
O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi 
quyidagi xizmatlarni bajaradi:
- arxivda saqlanayotgan kino, surat va ovozli hujjatlar haqida malumot berish;
- tadqiqotchilar o‘rganishi va ishi uchun kino, surat va ovozli hujjatlarni taqdim 
etish;
- kinohujjatlarni video tasmaga ko‘chirib berish;
- surat va ovozli hujjatlar nusxalarini tayyorlash;
- fotoko‘rgazma va stendlarni tashkil etish;
- mavzuli so‘rovlarni ijro etish;
- fotoalbomlar tayyorlash;
- arxiv bo‘yicha umumiy va mavzuli ekskursiyalarni tashkil etish. 
Ko‘rsatilgan xizmatlar yuridik va jismoniy shaxslarning yozma so‘rovnomalari 
asosida amalga oshiriladi. Arxivning kino, surat va ovozli hujjatlari faqat arxiv 
rahbari ruxsati orqali taqdim etiladi. Ruxsat beriladigan muddat ish mavzusi 
bo‘yicha belgilanadi. Tadqiqotchilarni kino, surat va ovozli hujjatlar bilan ishlashi 
arxivning kino zali, katalog va ovozli hujjatlar eshitish xonalarida amalga oshiriladi. 
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy 
davlat arxivida jamlash manbalaridan hujjatlarinn qabul qilish ishlari olib 
borilmoqda. Asosiy jamlash manbalaridan O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-
ommabop va hujjatli fil’mlar kinostudiyasi dan 2013-yilda 126 saqlov birligida, 


111 
2014-yil 9 oy davomida 95 soqlov birligida kino hujjatlar, O‘zbekiston Milliy 
axborot agentltgining Bosh suratli axborotlar taxririyatidan 2013-yili 5044 saqlov 
birligida hamda O‘zbekteatr ijodiy ishlab chiqarish birlashmasidan 261 saqlov 
birligida foto hujjatlar qabul qilingan. 
Shular bilan bir katorda “O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va 
hujjatli fil’mlar kinostudiyasi”dagi 4 saqlov birligida fotoplastinkalar xamda 200 
saqlov birligida "'O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasidan 259 saqlov 
birligidagi foto hujjatlarning qimmatdorligi aniqlandi hamda davlat saqloviga qabul 
qilindi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə