Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Jizzax viloyati davlat arxivi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

Jizzax viloyati davlat arxivi.
Jizzax viloyat davlat arxivi O‘zbekiston 
Respublikasidagi arxiv muassasalari o‘rtasida o‘z o‘rniga ega arxiv hisoblanadi. 
Garchi Jizzax viloyati 1974-yilda tuzilgan bo‘lsada viloyatdagi arxivlarda Rossiya 
imperiyasi, Oktyabr inqilobi, ikkinchi jahon urushi, sovet davri, mustaqillik 


127 
davridagi noyob va nodir moddiy-madaniy boylikka ega bo‘lgan hujjatlar saqlanib 
kelinmoqda. 
Viloyat arxiv xizmati 1974-yildan Jizzax viloyati arxiv bo‘limi tuzilganligi 
bilan bog‘liq. Lekin bu sanadan avval ham viloyatda arxivlar faoliyat yuritgan. 
Mazkur arxiv Sirdaryo viloyati davlat arxivining Jizzax filiali sifatida 1954-
yilda qayta nomlangan. Ushbu arxiv hujjatlari viloyat va uezd tarixini yoritadi. 
Tarixga oid hujjatlar Jizzax uezdi ishchi va qizil armiya deputatlari
jamg‘armasida mujassamlashgan. 1963-yilda Sirdaryo viloyati kengashi ijroiya 
komiteti hududiy tuzilishi bilan hozirgi viloyat hududining bo‘linishi sodir bo‘ldi. 
Misol uchun G‘allaorol tuman hududlari Samarqand viloyati hududida qoldi. 
Qolgan hududlar Sirdaryo viloyatiga qo‘shib olindi. Shu davrdagi viloyat 
hududidagi tashkilotlarning hujjatlari Samarqand va Sirdaryo viloyatlari arxiv 
muassalarida saqlanmoqda. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, mamlakatimizdagi boshqa muassasalar 
kabi arxivlarga ham e’tibor kuchaydi, arxiv hujjatlari boshqa qulay binolarga 
o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 
“O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish 
to‘g‘risida” 49-sonli qaroriga asosan “O‘zbosharxiv” boshqarmasi, Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga aylantirildi va shu bilan birgalikda 
viloyatlardagi kabi Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va Jizzax viloyat 
davlat arxivi alohida davlat muassasasi sifatida qaytadan tuzildi. 
Bugungi kunda Jizzax viloyat davlat arxivi viloyat arxiv ishi hududiy 
boshqarmasi bilan birgalikda Jizzax shahri Narimanov ko‘chasi 78-uyda maxsus 
arxiv uchun qurilgan binoda faoliyat yuritadi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə