Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

 


140 
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxiv ishi boshqarmasi faoliyati yildan-
yilga rivojlanib bormoqda.Bularni Qoraqolpog‘iston Respublikasi davlat arxivlarida 
arxiv ishini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlar rejasini bajarilishi bo‘yicha 
2017-yilgi hisobotida ko‘rishimiz mumkin. 2017-yilda 800 ta arxiv hujjatini 
tamirlash rejalashtirilgan bo‘lsa, 1182ta bilan ortig‘i bilan bajarildi.Bu 2016-yilga 
nisbatan 148% ni tashkil qildi. Muqovalash va tikishda 620ta arxiv 
hujjatirejalashtirilgan bo‘lsa, bu 1316 ta muqovalash bilan bajarildi. Bu o‘tgan 
yilgiga nisbatan 212%ni tashkil qilishi bu arxiv ishi xizmatining yuqori darajada 
rivojlanayotganini ko‘rsatadi. 
Shunday qilib, bugungi kunda, Qoraqolpog‘iston Respublikasi arxiv 
boshqarmasi o‘ziga yuklatilgan ishlarni bajarib kelmoqda va bu borada ko‘plab 
yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda. Ammo shu bilan birga boshqarmani qiynayotgan 
ko‘plab muammolar mavjud ekanligi ko‘zga tashlanadi. Bunga birinchidan,
boshqarma bilan Qoraqolpog‘iston Respublikasi MDAni bir binoda joylashgani 
va binoda etarli qulayliklar yo‘qligi. SHu bilan birgalikda arxiv binosining tamir
talab emasligi, binoda etarlicha xonalar mavjud emasligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. 
Bino masalasi nafaqat boshqarma va MDAgabalki, qolgan tuman davlat arxivlarida 
ham asosiy muammo edi. Buni har yili o‘z joyini almashtirishida ko‘rish mumkin.
Ikkinchidan, bu bino ijarasi masalasida uzoq vaqt O‘zbekiston 
Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi Qoraqolpog‘iston Respublikasi bo‘limi 
binosi bo‘yicha tortishuv mavjud. Buni “O‘zarxiv” agentligining o‘sha davrdagi 
direktori A.X.Abdullaev tomonidan 2006-yil 5-iyulda N02-09/144 sonli 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi raisi L.Y.G‘ulomovga 
yo‘llagan “Shartnoma majburiyatlarini bajarish haqidagi” xatida ko‘rish mumkin. 
Shuningdek, Qoraqolpog‘iston Respublikasi arxiv boshqarma boshlig‘i 
I.O.Seytkamolov ijara yuzasidan agentlikka murojaat qilgan. Murojaatida 
boshqarma 2006-yil 2-sonli ijara shartnomasida ko‘rsatilgan 657,07 m
2
maydonga
1182726 so‘m miqdorida bir yilga ijara haqini to‘lashi va shu yilning birinchi
yarmi uchun to‘lov to‘langanini keltiradi.Ammo, Qoraqolpog‘iston Respublikasi
Xalq Demokratik partiyasi tomonidan shu vaqtgacha kelishilgan 83.2m
2
bo‘shatib 


141 
berilmagani, boshqarma esa bu hududdan maxfiy arxiv hujjatlari saqlovxonasi, 
hujjatlarni ta’mirlash ustaxonasi, foydalanuvchilarga mo‘ljallangan o‘quv zali 
uchun ko‘zda tutilganini keltirgan. Shu munosabat bilan A.Asanovning shartonoma 
majburiyatlarini bajarishiga amaliy yordam berishni so‘ragan. 
Uchinchidan, Qoraqolpog‘iston Respublikasi arxiv tizimida kadrlar 
masalasi ham dolzarb hisoblanadi. Qoraqolpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat 
arxividan tortib tuman davlat arxivlarida ham hal qilinish kerak bo‘lgan muhim 
muammolar saqlanib qolmoqda. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2006-yilga qadar Markaziy Davlat arxivi 
(QR MDA) va uning Qorao‘zak, Kegayli, Beruniy, Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot tuman 
filiallari faoliyat yuritgan.
Keyinchalik bir qancha tumanlarda Markaziy davlat 
arxivining filiallari tashkil etildi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qori
Kengesining 2006-yil 27-fevraldagi 83-son qarori va tuman hokimlarining qaroriga 
muvofiq bir qator tuman arxivlari tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5-apreldagi 
“O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 101-son 
qarori talabiga muvofiq ushbu 10 ta tuman arxivi tuman davlat arxivlariga 
aylantirildi. Qoraqolpog‘iston Respublikasida mavjud o‘nta tuman arxivlarida, 
bugungi kunda 1900 ta fond mavjud bo‘lib, bularda 320286 ta yig‘majild 
saqlanmoqda va o‘tgan 2017-yilning o‘zida 9006 ta yig‘majild qabul qilingan.
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Arxiv ishi boshqarmasi tizimidagi davlat 
arxivlarida 2017-yilda Milliy arxiv fondi hujjatlari va faoliayti tugatilgan 
tashkilotlardan qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha ma’lumot.
T/r 
Arxiv
2017-yil 
15-dekabr 
holatida 
Jami: 
2017-yil 
davomida 
qabul qilingan hujjatlar 
soni (saqlov birligida) 
fondlar soni saq.birl. 

QR MDA 
575 
156707 
2872 


142 

Amudaryo tuman DA 166 
29624 
1040 

Beruniy tuman DA 
139 
26581 


Kegeyli tuman DA 
119 
23249 
460 

Qanliko‘l tuman DA 166 
18661 
590 

Qorao‘zak tuman DA 193 
21462 
507 

Qung‘irot tuman DA 309 
51183 
2237 

To‘rtko‘l tuman DA 
180 
32588 
510 

Xo‘jayli tuman DA 
349 
55589 
1477 
10 
Chimboy tuman DA 
198 
40760 
1718 
11 
Ellikqal’a tuman DA 81 
20589 
467 
Jami: 
2475 
476993 
11878 
Boshqa tuman arxivilarida saqlanayotgan hujjatlar orqali, qoraqalpoq 
xalqining madaniy-ma’naviy hayotih aqida, uning xo‘jaligi haqida qimmatli 
ma’lumotlar olishimiz mumkin. Bu yig‘majildlar orqali biz Orol dengizi muammosi 
bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.
Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi boshqa tuman arxivlaridagi, fondlarda 
mavjud yig‘majildlar orqalibiz respublika hayotini, uning turmush tarzini bilib 
olishimiz mumkin. Qo‘ng‘irot tumani davlat arxividagi fondler bizga mamlakat 
uchun eng katta ekalogik muammo bo‘lgan Orol dengizi, uning qurishi sabablari,
uni atrofidagi hududlarga bo‘lgan zararini hamda bugungi kundagi holatini bilishga 
yordam beradi.


143 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə