Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Qashqadaryo viloyati davlat arxivi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

Qashqadaryo viloyati davlat arxivi. 
Qashqadaryodagi arxiv xizmati 1926 
yilda arxiv byurosi tuzilishi bilan bog‘liq. 1928-yilda Qashqadaryo ogrugi tugatilib, 
Buxoro viloyati tarkibiga kiritilishi munosabati bilan Qashqadaryo ogrug arxiv 
byurosi ham o‘z faoliyatini to‘xtatadi. 1943-yil 23-mayda O‘zbekiston SSR Oliy 
Kengashi, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha tashkiliy qo‘mitasining qarori bilan 
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining arxiv bo‘limi, viloyat davlat 
arxivi va tuman arxivlari tashkil etildi. 
1960-1964 yillarda Qashqadaryo viloyati Surxandaryoga qo‘shilishi 
munosabati bilan shahar, tuman arxivlaridan tashqari viloyat arxiv bo‘limi va viloyat 
davlat arxivlari tugatildi.1964-yilda Qashqadaryo viloyati yangidan tashkil etildi
shu bilan birga uning arxiv bo‘limi, viloyat davlat arxivi va uning bo‘linmalari qayta 
tiklandi. Shu yili viloyat davlat arxivining Qarshi va Shahrisabz, 1979-yilda G‘uzor, 
1995-yilda Muborak bo‘linmalari tuzildi. Hozirda viloyat davlat arxivi Qarshi 
shahri, O’zbekiston ko‘chasi, 6 m/t-uyda faoliyat yuritmoqda. 


132 
Farg‘ona viloyati davlat arxivi. 
Farg‘onada arxiv ishi 1925-yilda Farg‘ona 
viloyati arxiv byurosi sifatida faoliyat boshladi. Bu arxiv muassasasi 1927-yili 
Farg‘ona va Andijon okruglararo arxivi sifatida faoliyat yuritgan. 1938-yili Farg‘ona 
viloyati tashkil etilgach, Farg‘ona viloyati arxiv boshqarmasi tuzildi. Farg‘ona 
viloyati arxiv boshqarmasi 1940-yildan boshlab, Farg‘ona viloyati davlat arxivi deb 
qayta nomlandi. 
Farg‘ona viloyati tarixi jamg‘armasida Farg‘ona shahri, Namangan va Andijon 
viloyatlari tarixiga oid hujjatlar mavjud. Shuningdek, Farg‘ona viloyati ishchi-sovet, 
soldat va dehqonlari xo‘jaliklari jamg‘armasida shu viloyatlardagi sovet 
hukumatining o‘rnatilishi, Farg‘ona viloyati boshqaruv tizimi, madaniy qurilish
ocharchilikka, ishsizlikka, xotin-qizlarni jamoat ishlariga jalb qilishga oid hujjatlar 
saqlanadi. Bugungi kunda Farg‘ona viloyat davlat arxivi Farg‘ona shahar, A.Navoiy 
ko’chasi 17 a-uyda faoliyat yuritadi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə