Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


-Mavzu: O‘zbekistonda arxiv ta’limi va arxiv ishi sohasidagi xalqaro



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

15-Mavzu: O‘zbekistonda arxiv ta’limi va arxiv ishi sohasidagi xalqaro 
hamkorlik 
Reja: 
1. O‘zbekistonda arxiv ta’limi va arxivshunos kadrlar tayyorlashning dolzarbligi. 
2. O‘zbekiston arxivchilarning xalqaro aloqalari. 
1. O‘zbekistonda arxiv ta’limi va arxivshunos kadrlar tayyorlashning 
dolzarbligi. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida arxiv sohasidagi yangi usullar va 
texnologiyalarni joriy etish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va ilmiy-uslubiy ishlanmalar 
yaratish, xamda arxiv xizmatini takomillashtirish ishlari borasida sezilarli 
kamchiliklar aniqlandi. Sohada malakali kadrlarni etishmasligi, arxiv hujjatlarini 
sifatli shakllantirish, komplektlash, hisobga olish, saqlash va undan foydalanish 
ishlarini tashkil etish dolzarb masalaga aylangan edi. 
Bugungi kunda respublikamiz arxiv muassasalarida yuqori malakali kadrlarga 
bo‘lgan talab juda yuqori. Mamlakatimizning yuzdan ortiq davlat arxivlarida 1500 
ta shtat o‘rinlari mavjud bo‘lib, ularning 945 tasi uchun kvalifikatsiya talablari 
bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxasislarni ishga qabul qilish lozim. Lekin 2009 yilgi 
statistik ma’lumotlarga ko‘ra respublika davlat arxivlarida faqat 280 ta oliy 
ma’lumotli mutaxasis ishlamoqda. 
2007-2009-yillarda 122 ta idoralararo shaxsiy tarkib arxivlar va davlat 
arxivlarining asosiy komplektlash manbasi bo‘lgan 7000 tadan ko‘proq idoraviy 
arxivlarni ish yuritish va arxiv ishi holati o‘rganildi va ushbu arxivlarda mutaxasis 
kadrlarga bo‘lgan talab juda katta ekanligi aniqlandi. Shu bilan birga ushbu 
arxivlarda va ish yuritish soxasida ishlayotgan xodimlarni ma’lumot darajasidagi 
kamchiliklar aniqlandi. 
Xususan, ko‘pgina vazirlik va idoralardagi ish yuritish tizimiga javobgar 
bo‘lganlar hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha yetarli darajada bilim va ko‘nikmalarga 
ega emasligi aniqlandi. Ular ish yuritishning o‘ziga xos tomonlarini shu vazifani 


149 
bajarish jarayonida shaxsiy kuzatish jarayonida o‘zlashtirib olishlari ma’lum bo‘ldi. 
Natijada ushbu bo‘lim xodimlarida ish yuritish madaniyati va uning asosiy 
tushunchalari haqidagi bilimlar bir necha yil ishlagandan so‘ng paydo bo‘lar ekan. 
Hozirgi vaqtda respublikamizdagi yigirmadan ortiq kasb-hunar kollejlarida 
“Arxivshunoslik va ishyuritish mutaxassisi” kasbi bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. 
Ushbu kasb bo‘yicha ta’lim olgan o‘quvchilar quyidagi ixtisosliklarni egallaydilar: 
arxivarius, hodimlar inspektori, ish yurituvchi-kotiba. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha 
ta’lim olayotgan o‘quvchilar umumta’lim fanlari bilan bir qatorda umumkasbiy 
fanlarni ham o‘rganadilar. 
Kasb-hunar kollejlarida “Arxivshunoslik va ishyuritish mutaxasisi” bo‘yicha 
ishchi o‘quv rejasi bilan tanishish natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, umumkasbiy 
va maxsus fanlar asosan 2-3 kurslarda o‘tiladi. Shu bilan birga ushbu fanlar bo‘yicha 
nazariy darslar kamroq, asosan amaliy darslar o‘tish rejalashtirilgan. Bu esa ushbu 
yo‘nalish bo‘yicha kasb-hunar egallayotgan yoshlarni bevosita amaliyotda ish olib 
borishga tayyorlash ko‘zda tutilgan. Shuning uchun ham o‘quv va ishlab chiqarish 
amaliyotlari maxsus fanlarni chuqur o‘zlashtirishlari va ixtisoslik fanlari bo‘yicha 
malaka va ko‘nikmalarni egallashga qaratilgan. 
Shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida Davlat ta’lim 
standartlari, o‘quv reja va dasturlari hamda darsliklarini takomillashtirish, 
mazmunan uzviylashtirish bilan ta’lim uzluksizligini ta’minlash; o‘quv rejalaridagi 
turdosh fanlarni integratsiyalash orqali o‘quv yuklamalari ko‘lami va hajmini 
optimallashtirish; kasb-hunar kollejlarida vertual o‘quv-laboratoriya zamonaviy 
axborot kommunikatsiya, elektron-texnik va masofadan o‘qitish imkonoyatlarini 
kengaytirish, darslik, qo‘llanma va o‘quv filmlarining elektron turlarini yaratish va 
ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish; uzluksiz ta’limning barcha 
bo‘g‘inlari uchun chop etiladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalarning mazmuni, 
dizayni, matbaa sifatini yanada yaxshilash kabi vazifalar ham turibdi. 
Yuqori malakali arxiv mutaxassis kadrlarini tayyorlash masalalari 
O‘zbekiston ta’lim tizimidagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. 
Bugungi kunda respublikada arxiv kadrlari tayyorlash tizimi yaratilgan. 


150 
“Arxivshunoslik” (5220300) bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar 
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida, Buxoro Davlat 
universitetida, Namangan Davlat universitetida tayyorlanmoqda. “Hujjatshunoslik 
va arxivshunoslik” (5A220301) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha esa 
O‘zbekiston Milliy Universitetda mutaxassislar tayyorlanmoqda. Shu bilan bir 
qatorda ushbu boradagi muommolarni hal etishda hozirda arxivda ish olib 
borayotgan xodimlarda ham zamonaviy bilimlarni shakllantirish, bu borada ularning 
keng ko‘lamda, ayniqsa qisqa muddatlarda malaka oshirishlarini tashkil etish 
masalasi dolzarb tus olib bormoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-son 
“O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish 
to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda boshqaruv siyosatini 
takomillashtirish va kadrlarning malakasini oshirish maqsadida Toshkent axborot 
texnologiyalari universiteti qoshidagi Javaharlal Neru nomli O‘zbek-Hind axborot 
Texnologiyalari markazining qisqa muddatli o‘quv qursi tashkil etildi. Bu o‘quv 
kursida turli arxivlardan kelgan arxivchi xodimlar malakalarini oshirdilar. 
Bu haqida xorijlik tadqiqotchi Antonina Burton quyidagi fikrlarni keltiradi: 
“mustaqillik yillarida xorijdgi tadqiqotchilar ham O‘zbekistondagi nodir hujjatlarni 
o‘rganish va tadqiq etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Jumladan, O‘zbekistonda 
ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan, ilk chet ellik tarixchilarga, sovet davridan keyingi 
davrni ko‘zdan kechirish, o‘sha paytdagi ruhiyatni o‘rganish vazifasi qo‘yilgan. 
Mustamlaka davrdan keyingi yangicha nazariyalar bilan tanishib chiqqan g‘arb 
tarixchilari Markaziy Osiyoga dunyo miqyosidagi imperial tizim sifatida qaray 
boshlashdi va mustamlakachilik siyosati mahalliy madaniyat hamda jamiyat 
hayotida kuchli bosim ostida kiritilganini ochib tashlashdi. Bir necha o‘n yillar 
davomida berkitib qo‘yilgan arxivlarda ishlash juda quvonchli edi. Ammo, shu bilan 
birgalikda ularni qayta yopib qo‘yishdan qo‘rquv hissi bo‘lgan tarixchilar uchun u 
yerda ishlash ko‘plab imtiyozlarni yaratdi. Shuningdek, arxiv hujjatlari ustida olib 
borilayotgan tadqiqotlar dolzarb o‘zgarishlar sharoitida mamlakatning mavjut 
holatini yoritishdan ko‘ra oldingi tuzum ruhiyatini ochishni nazarda tutardi” 


151 
(Antonina Burton. Archive Stories (facts, fictions and the writing of history). - 
London.2005.-P.54.). 
“O‘zbekistonda arxivlarning ochilishi bir tomondan g‘arb tarixshunosligi va 
sobiq Ittifoq arxivi orasida, boshqa tomondan esa xorijiy tarixchilar hamda ularning 
o‘zbek hamkasblari orasida “aloqa ko‘prigi” ning yaratilishiga imkon yaratdi. O‘z 
tajribalarimni ilmiy izlanishlar olib borayotgan 9 nafar olimning natijalari bilan 
uyg‘unlashtirganimda shu narsaga amin bo‘ldimki, odamlar bilan kutilmagan 
uchrashuvlar, rasmiy marosimlar arxiv hujjatlarining ijtimoiy-siyosiy, hattoki 
intelektual ahamiyatini ochib berishda ba’zan yordam bergan bo‘lsa, ba’zan esa 
to‘sqinlik qildi. Chunki, o‘sha davrning tarixnavislari tuzum siyosatini tarix 
zarvaraqlariga yozayotgan paytda uni balandparvoz gaplar bilan buzganida 
O‘zbekistonning bugungi nufuzi haqida o‘ylashmagan albatta” (Antonina Burton. 
Archive Stories (facts, fictions and the writing of history). - London.2005.-P.54.). 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə