Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi va unda



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi va unda 
saqlanayotgan fondlar tasnifi. 
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat 
arxivi tarixida 1991-yildan boshlab yangi sahifa ochildi.Mustaqillikka 
erishganimizdan so‘ng Qoraqolpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida 
fondlarni saqlash, qayta ishlash ishlari jadal suratlarda rivojlanmoqda va zamonaviy 
texnika vositalari joriy qilinib, aholiga xizmat ko‘rsatish yaxshilandi. O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-son qarori bilan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxiv ishi boshqarmasi bo‘lib qayta tuzildi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2010-yil 12-yanvardagi 9-b 
son qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Arxiv ishi boshqarmasi 
balansiga sobiq partiya arxivining binosi o‘tkazib beriladi. Ushbu bino 200 ming 
saqlash birligi hujjatlarini saqlash uchun maxsus bo‘lib qurilgan va hozirgi kunda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi joylashtirilgan.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
“O‘zbekiston 
Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida” 26.08.08 yil 194-son qarori talablarini bajarish yuzasidan QR MDA va 
tuman davlat arxivlari zamonaviy konditsionerlar, yong‘in xavfsizligi uskunalari, 
qo‘riqlash signalizatsiyalari, video kuzatish tizimi, kompyuter vositalari va 
litsenziyali dasturiy ta’minat, korporativ tarmoqqa ulash uchun tegishli qurilmalar, 
metall stellajlar, arxiv hujjatlaridan nusxa olish bo‘yicha yuqori texnologik asbob 
uskunalar bilan ta’minlandi. “Hujjatlarning elektron sug‘urta fondini yaratish 
qurilmasi” yordamida hujjatlarning elektron nusxasini yaratish ishlari 4-5 
barobariga tezlashtirishga va bu ko‘rsatkish bo‘yicha bir kunda 300-400 kadr 
yaratish o‘rniga 2000 gacha kadr yaratish imkaniga erishildi. 2013-yilda o‘ta 
qimmatli hujjatlarning elektron nusxalarini yaratish bo‘yicha QR MDAda 1000 
saqlov birligidan 25346 kadr yaratildi. Ushbu yaratilgan elektron nusxalardan 
tadqiqotchilar va arxiv xodimlari tomonidan foydalanish imkoni yaratildi.
Vazirliklar, idoralar, shahar va tuman hokimliklari idoraviy arxivlari 
faoliyatini rivojlantirish, idoraviy saqlashdagi MAF hujjatlarining saqlanishini va 
ilmiy-texnik jihatdan ishlanishini ta’minlash, arxiv ishi va ish yuritish xodimlari 


144 
malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Davlat arxivlari 40ta 
kompyuter, 10ta notebook, 32ta printer, 8ta skaner, 12ta faks apparatlari, 10ta 
ksersks, 
3ta 
raqamli 
fotoapparatlar 
bilan 
ta’minlangan.
Fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini 
ta’minlash nazoratga olingan. Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha ish olib boruvchi 
xodimlarning ish o‘rinlari va ichki hujjatlarini (murojaatlarni qayd etish jurnallari), 
shu bilan birga ularning muomala madaniyatini har bir arxiv muassasasi rahbari
tomonidan e’tibor qaratilmoqda.
Arxiv hujjatlari MAF tarkibiga kiritilgan arxiv fondlarining tarkibi va hajmi 
ularning o‘zgarishi shuningdek, ularni saqlash joylari bo‘yicha yagona ma’lumotlar 
bazasi tizimli shakllantirildi. Davlat arxiv fondlari, shuningdek idoraviy arxivlarning 
arxiv fondlari va ularning jamlash manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har 
kalendar yilning 1-yanvar holati bo‘yicha 5-yanvardan kechikmay taqdim etilishi 
yo‘lga qo‘yildi.
Qoraqalpog‘iston MDAga 1992-2016-yillarda Shamshetov Murat 
Perdebaevich direktor lavozimida ishlagan. Ushbu arxivga 2016-yildan hozirgacha
Bekmuratov Aymurza Mirzamuratovich direktor lavozimida ishlamoqda. Hozirda 
Qoraqolpog‘iston Respublikasi MDA da 24 kishidan iborat xodim faoliyat yuriitadi. 
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi fondlarida 
respublika hokimiyatining yuqori organlari, respublika va shahar ahamiyatiga 
molik hujjatlar, sud va prokuratura organlari, jamoat, kooperativ muassasalar, o‘quv, 
madaniy-ma’rifiy muassasalar, kasaba uyushmalari va boshq tashkilotlarning ish 
jarayonida hosil bo‘lgan arxiv materiallari saqlanadi. Arxiv fondlarida o‘zbek, 
qoraqalpoq, turkman, rus, arab va lotin alifbosida yozilgan asl nusxa va ko‘chirilgan 
nusxalardan iborat hujjatlarni uchratish mumkin.
 
2017-yil 15-dekabrdagi holat bo‘yicha Qoraqolpog‘iston Respublikasi
Markaziy Davlat arxivida 575 fond va 156707 yig‘majild saqlanmoqda. 
Shulardan 36 ta shaxsiy tarkib hujjatlari hisoblanadi. Qoraqolpog‘iston
Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan 575 fondning dastlabki
9 tasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxiviga yuborilgan. Bu


145 
fondlarda “Petro –Aleksandrovskiy shahar maktablari”, “Amudaryo boshqaruv 
kanselariyasi” hujjatlari bo‘lib, ular O‘rta Osiyo tarixi uchun muhim ahamiyatga 
ega. SHuning uchun ham hozirda, bu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
Davlat Arxivining 275 fondida saqlanmoqda.
 
Qoraqolpog‘iston ASSR arxividagi davlat boshqaruvi va tuzilishi
jamg‘armasida, Qoraqolpog‘iston ASSR va Nukus shahri tarixi shuningdek, 
Turkiston ASSR Amudaryo bo‘limi tarixi va Qoraqolpog‘iston ASSR ning
1924-yilda O‘z SSR tarkibidagi tarixiga doir ma’lumotlar, Qoraqolpog‘iston
viloyati va qishloqlari to‘g‘risidagi ma’lumtlar, ocharchilik, vayrongarchilikka 
qarshi kurash to‘g‘risidagi hujjatlar jamlangan. Shuningdek, O‘rta Osiyo 
xalqlarining ko‘payishi va aholining soni, Qoraqalpog‘iston Avtonom 
Respublikasining birinchi Konsititutsiyasini qabul qilinishi haqidagi ma’lumotlar 
mavjud. Markaziy va mahalliy sovet tashkilotlari jamg‘armasida avtonom 
respublika xo‘jaligi va madaniy qurilishiga oid hujjatlar jamlangan. O‘lkadagi ishlab 
chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar, paxta tozalash zavodlari jamg‘armasida 
jamlangan bo‘lib, unda shuningdek, Xo‘jayli, To‘rtko‘l, Chimboy, Beruniy va 
boshqa shaharlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. Bu jamg‘armada Mo‘ynoq 
baliqchilik konserva zavodiga, shuningdek, Nukusdagi turli zavodlarga oid arxiv 
hujjatlari jamlangan. Yer boshqaruvi jamg‘armasida qishloq xo‘jaligi tarixiga doir, 
ishchi dehqon deputatlar faoliyatiga oid, sovet hukumati davrida Qoraqolpog‘iston 
tarixiga doirma’lumotlar saqlanadi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə