Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


O‘zbekiston arxivchilarning xalqaro aloqalari



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

2. O‘zbekiston arxivchilarning xalqaro aloqalari. 
Bugungi kunda 
«Arxivlar to‘g‘risida»gi Qonunning «Arxiv ishi sohasida xalqaro hamkorlik» deb 
nomlangan 18-moddasini amalga oshirish, chet el ilg‘or ish tajribasini yoyish va 
respublikamizda arxiv ishini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish yo‘lida 
jahon miqyosida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Arxiv ishi sohasida 
tuzilayotgan davlatlararo bitimlarning ham o‘ziga xos ijobiy jihatlari mavjud. 
Jumladan, 2003-yil 21- mayda «O‘zbosharxiv» («O‘zarxiv» agentligi) bilan Rossiya 
Federal arxiv xizmati o‘rtasida tuzilgan bitimda har ikki mamlakatning arxiv ishini 
rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish nazarda tutilgan. Mazkur bitimning 2-
moddasiga muvofiq, tomonlar Rossiya va O‘zbekiston arxiv fondlarini davlat 
tarixiga doir hujjatlar nusxasi bilan to‘ldirishda o‘zaro yordam ko‘rsatish masalasi 
yoritilgan. Bitim davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistonda 
arxiv ishining boshqaruv vakolatli davlat organi, shuningdek, arxivlari oldida turgan 
ba’zi muammolarni hal etishda o‘z samarasini bermoqda. 
2003-yil 6-iyunda Amerika Yodgorlik Kengashi «Xolokost» va uning 
Vashingtondagi muzeyi bilan tuzilgan bitim ham ikkiyoqlama hamkorlikni 
kengaytirish, o‘zaro ilmiy-tadqiqot loyiha va dasturlarni amalga oshirishga 


152 
mo‘ljallangan. Bitimning asosiy maqsadi – «Xolokost» mavzuiga doir ma’lumotlar
bilan almashish, «Xolokost» tarixini yorituvchi arxiv fondlaridagi hujjatlarni 
aniqlash, ta’riflash, o‘rganish va ro‘yxatini tuzishdir. Bunga javoban Amerika 
Yodgorlik Kengashi «Xolokost» ish jarayonidagi moliyaviy ta’minotni o‘z 
zimmasiga olish bilan bir qatorda AQSH arxivlarida saqlanuvchi O‘zbekiston 
tarixiga doir hujjatlar haqida ma’lumot berishi belgilab olingan. 
2004-yil 24–26-may kunlari Toshkent shahriga Polsha Respublikasi
Prezidentining xalqaro masalalar bo‘yicha maslahatchisi A.Maykovski 
rahbarligidagi delegatsiya vakillari tashrif buyurgan edi. Shu yilning 25-mayida 
qabullar uyida (Tashqi ishlar vazirligi) arxiv materiallarini o‘rganish bo‘yicha 
O‘zbekiston – Polsha qo‘shma komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 
O‘zbekiston va Polshadagi ikkala shtatda mahalliy aholi tarixini o‘rganish borasida 
amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan «O‘zarxiv» agentligi va Polsha davlat 
arxivlari bosh direktorlari axboroti tinglandi. Majlis davomida O‘zbekistondagi 
polyaklarning tarixiga oid 70% arxiv materiallari nusxalari Polsha vakillariga 
topshirildi. Majlis yakunida Bayonnoma qabul qilindi. Kelishuvga asosan arxiv 
sohasida davlatlararo bitim tuzishga kelishib olindi. 
Yuqorida qayd etilgan bitimlar 5 yil muddatga tuzilgan bo‘lib, ular 
imzolangan kundan kuchga kiritildi. Mazkur bitimlar respublika arxiv ishini 
rivojlantirishda o‘z samarasini bermoqda. Davlatlararo hamkorlikni
mustahkamlash doirasida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy so‘rovnomalarini
bajarish keng yo‘lga qo‘yilgan. Soha ilmiy-uslubiy tajribalari bilan almashinishda 
arxivchilarning xalqaro anjumanlarda ishtirok etishini aytib o‘tish mumkin. 
2005-yil mayida axborot asoslari Polsha davlat arxivlari bosh direksiyasi va 
N. Kopernik nomli universitetning tarix fakulteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan 
«Arxivlar va noan’anaviy axborot asoslari» mavzuidagi Markaziy va Sharqiy 
Yevropa mamlakatlari arxivchilarining 11-xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi. Varshava 
shahridagi Skovronekovsk o‘qishlarida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi 
KSON MDA direktori D. T. Zokirova va bo‘lim boshlig‘i Z. Suleymanovalar kino, 
surat, ovozli hujjatlar xorijiy arxivshunosligi bilan tanishish va tajriba almashish 


153 
imkoniga ega bo‘ldi. Anjuman davomida kino, surat, ovozli hujjatlarni saqlash va 
ulardan foydalanish kabi masalalarga oid amaliy maslahatlar ishlab chiqildi. 
Mazkur tashabbus natijasida tashkil etilgan maxsus komissiya faoliyatining 
dastlabki bosqichi respublikamiz xalqi tarixi, madaniyati va ma’naviyati uchun 
qimmatli bo‘lgan hujjatlar, manbalar, san’at asarlari, madaniy ashyolarning qaysi 
mamlakatlarda saqlanayotganligini aniqlashga bag‘ishlandi. 2002-yildan boshlab 
ularning ayrimlarini mamlakatimizga qaytarib olib kelishga kirishildi. Buning 
uchun Rossiya, Angliya, Misr, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa 
davlatlarga mutaxassislar yuborildi. Ulardagi ilmiy-ma’rifiy, madaniy-ma’naviy 
muassasalar hamda arxivlarda, jumladan, ixtisoslashgan harbiy, kino, foto va boshqa 
arxivlarda izlanishlar natijasida komissiya ishini tashkil etishga asos bo‘ladigan 
ma’lumotlar jamlandi. 
Yurtimiz tarixiga oid noyob turli fond va hujjatlar Rossiya Federatsiyasida 
saqlanishini hisobga olib, komissiya dastlab ushbu yo‘nalishga e’tibor qaratdi. 2003-
yil yanvar oyida komissiya a’zolari «O‘zbosharxiv» boshlig‘i, Maxsus 
komissiyaning kotibi N. N. Nigmatov va O‘zbekiston Respublikasi KSOH MDA 
bo‘lim mudiri Z. Suleymanovalar tomonidan Moskva shahridagi Rossiya kino foto 
va alohida fono hujjatlar davlat arxivlarida bo‘lib, Vatanimiz tarixiga doir 204 
saqlov birligida kino, 1306 ta foto surat, 2687 ta fono (ovozli) hujjatlar borligini 
aniqlashdi. Ayni paytda ana shu manbalarning nusxalarini olib kelishning amaliy
yo‘llari izlanmoqda. 
2005-yil 27-29-sentyabrda Minsk shahrida o‘tkazilgan yana bir xalqaro
ilmiy-amaliy seminarda MDH (Rossiya, Belarus, Ukraina, Moldova, Ozarbayjon, 
Armaniston) va Boltiqbo‘yi (Latviya, Litva), Polsha davlatlari arxiv idoralari 
rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdilar. Tadbir asosan, arxivshunoslik va ish 
yuritish sohasida axborot texnologiyalarini keng joriy etish, elektron hujjatlar 
arxivlarini yaratish hamda elektron hujjat almashuvini tadbiq etish bo‘yicha muhim 
masalalarni hal etishga bag‘ishlandi. 
Muhokama etilgan mavzular va namoyish etilgan texnologiyalardan
arxivshunoslik va ish yuritish sohasida avtomatlashtirilgan ish o‘rinlarini tashkil 


154 
etish, ish yuritishni takomillashtirishga qaratilgan axborot tizimlarini yaratish va 
joriy etish borasida MDH davlatlari orasida Belarus Respublikasining bir qator 
yutuqlari aytib o‘tildi. Tadbir so‘nggida uyushtirilgan davra suhbatida katta 
munozaralarga sabab bo‘lgan masala arxiv hujjatlarining kataloglarini yoki ularning 
elektron nusxalarini yaratish masalasi muhokama qilindi. 
Belarus Respublikasi Ministrlar Kengashi huzuridagi Arxiv- shunoslik va ish 
yuritish qo‘mitasida uyushtirilgan tashrif mobaynida ko‘mita raisi V. I. Amadushko 
va «O‘zarxiv» agentligi Bosh direktori A. X. Abdullaevlarning uchrashuvi bo‘lib 
o‘tdi. Uchrashuv chog‘ida arxivshunoslik va ish yuritish sohasida O‘zbekiston va 
Belarus davlatlari hamkorligini rivojlantirish masalalari, ushbu soha bo‘yicha
xalqaro tashkilotlar va ularga O‘zbekistonning a’zo bo‘lishi qanday o‘zgarishlarga 
olib kelishi tahlil qilindi. Hamkorlik belgisi sifatida «O‘zarxiv» agentligiga Belarus 
arxivshunosligi va ish yuritish sohasidagi mavjud me’yoriy hujjatlarning elektron 
nusxalari taqdim etildi. 
2009-yilning 28-oktyabr – 1-noyabr kunlari Armanistonning Erevan shahrida 
Xalqaro Arxivlar Kengashi “EVRAZIKA” bo‘limining 10-konferensiyasi va MDH 
davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiyaning kun tartibiga “EVRAZIKA” bo‘limiga a’zolar kvorumini 
aniqlash, muhokamaga kiritilgan masalalarni ma’qullash, yangi a’zolarni qabul 
qilish, bo‘limning ish rejasini borishi, 2009-yil 13-16 oktyabr kunlari Moskvada 
o‘tkazilgan “Elektron hujjatlarni saqlash muammolari” seminar-trening yakunlari, 
“Evro-Osiyo hududidagi davlatlarning arxivlarga oid qonunchiligi” ma’lumotlar 
bazasining yaratilishi borasida olib borilayotgan ishlar holati, bo‘lim rahbariyati 
tarkibidagi o‘zgarishlar va bo‘limning navbatdagi yig‘ilishi bo‘yicha ma’lumotlar 
kiritilib umumiy ma’qullangandan so‘ng o‘z ishini boshladi. 
Konferensiya “EVRAZIKA” bo‘limiga “O‘zarxiv” agentligining a’zolikka 
qabuli marosimi bilan boshlandi. Bunda O‘zbekistondagi arxiv ishi sohasida olib 
borliayotgan islohotlar, mamlakat va hukumat rahbariyati tomonidan arxiv sohasiga 
berilayotgan e’tibor alohida ko‘rsatib o‘tildi. 


155 
Konferensiya tadbirlari doirasida “Arxiv hujjatlarining saqlovini ta’minlash 
sohasida yangi texnologiyalar” mavzusida davra suhbati (diskussiyalar) uyushtirildi. 
Davra suhbatida asosiy munozaralar elektron hujjatlarni saqlashdagi muammolar, 
ayniqsa axborot tashuvchi vositalarga oid masalalar keng muhokamadan o‘tkazildi. 
Bu yo‘nalishda qator tajribalarga ega sifatida Belorussiya elektron hujjatlar arxivi 
rahbarining ish tajribalari, shu jumladan O‘zbekistonda arxiv idoralarini 
axborotlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar va jalb etilayotgan grantlar va 
boshqa moliyaviy vositalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Maslahat 
yig‘ilishi yakunida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
“O‘zarxiv” agentligi bilan Ukraina davlat arxivlar qo‘mitasi o‘rtasida arxiv ishi 
sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolanishi marosimi o‘tkazildi. Bitimni 
O‘zbekiston tomonidan “O‘zarxiv” agentligi bosh direktori A.X.Abdullaev, Ukraina 
tomonidan qo‘mita raisi O.P.Ginzburg imzoladilar. 
Xalqaro Arxivlar Kengashi “EVRAZIKA” bo‘limining 2008-2012-yillar 
rejasiga muvofiq navbatdagi 11-konferensiya va MDH davlatlari arxiv xizmatlari 
rahbarlarining Maslahat yig‘ilishi 2010-yilda Odessa (Ukraina)da o‘tkazilishi 
belgilab qo‘yilgan. 
2018-yil 18-20-aprel kunlari Tatariston shahrida arxivchilarga bag’ishlangan 
konfrensiya bo’lib o’tdi. U yerda Markaziy davlat arxivi xodimlari ham 
qatnashdilar. Konfrensiyaning maqsadi arxivlarni elektonlashtirish va u yerdagi 
qimmatli ma’lumotlarni ayriboshlash edi. Zamonaviy texnogen muhitda ananviy 
axborot vositalariga hujjatlarni saqlashni taminlash masalasiga etibor qaratildi. Shu 
yilning 16-may kuni “O’zArxiv” agentligi Bosh direktori va Rossiya 
Federasiyasining Sverdlovsk viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i bilan
uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv doirasida o’zaro hamkorlikni kengaytirish va 
hujjatlarni almashlab foydalanish bo’yicha kelishib olindi.
2018-yil 11-13-mart kunlari “O’zArxiv” agentligi va O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy arxiv hodimlari Turkiya Respublikasining Istanbul shahriga 
rasmiy tashrif bilan bordilar. Mazkur tashrif 2018-yilda ikki davlat o’rtasida 
imzolangan arxiv sohasidagi hamkorlik Bayonnomasi doirasida uyushtirildi. 


156 
Turkiya arxivlari faolyati bilan tanishish va tajriba almashish amalga oshirildi. Bu 
arxivchilarimizning malakasini oshirishga juda katta yordam beradi. Buning natijasi 
o’laroq shu yilning 30-aprel kuni O’zbekiston va Turkiya o’rtasida arxiv sohasidagi 
hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida davlat arxivlari bosh direksiyasi 
direktori professor U.O’nal bilan O”zArxiv agentligi bosh direktori U.A’lamov 
bilan arrxivlar o’rtasidagi bayyonnoma imzolandi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston arxiv ishini rivojlantirishda jahon 
tajribalaridan foydalanish, malakaviy kadrlar bilan almashinish muhim ahamiyat 
kasb etadi. «Arxivlar to‘g‘risida»gi Qonun loyihasining muhokamasi paytida 
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. A. Karimov turli davr va tarixiy 
sharoitlarda vatanimizdan chetga olib ketilgan hujjatlar, moddiy-madaniy
boyliklarning mamlakatimizga qaytarib olib kelish ahamiyatini alohida ta’kidlab, 
«O‘zbekiston tarixiga aloqasi bo‘lgan, yurtimizda yashayotgan insonlarning
kechagi o‘tmishini izohlaydigan hujjatlarni aniqlab, ularni Vatanimizga keltirish 
uchun alohida komissiya tuzish lozim. Bu komissiya, zarur bo‘lsa, parlamentga yoki 
hukumatga taklif kiritishi, bir so‘z bilan aytganda, ushbu masalani biz davlat siyosati 
darajasiga ko‘targan holda hal qilishimiz kerak», – degan edi. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə