Mavzu: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ''O'zArxiv'' agentligi faoliyati. Bajardi: Saginbayev Alibek reja



Yüklə 85,29 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü85,29 Kb.
#133181
  1   2   3
Muzeyshunoslik


Mavzu:O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ''O'zArxiv'' agentligi faoliyati.
Bajardi:Saginbayev Alibek
REJA:
1.O'zArxiv tashkil etililishi va uning tarkibi
2.O'zArxiv vazifasi va funksiyalari
3.O'zArxivni elektronlashtirish jarayonlari
2004-yil 3-fevralda „OʻzArxiv“ agentlig sifatida tashkil etilgan boʻlib u Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish maqsad qilgan. Bu tizimiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari, ularning qaramogʻidagi davlat arxivlari (ularning filiallari) hamda Markaziy davlat arxivlari kiradi. Agentlik arxiv ishini rivojlantirishni va ushbu sohadagi ilmiy-texnika taraqqiyotining davlat tomonidan boshqarilishini taʼminlaydi, davlat va idoraviy arxivlarning faoliyatini tarmoqlararo muvofiqlashtiradi, arxiv ishi boʻyicha Respublika qonun hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qiladi. Rasman bundan yuz yil oldin asos solingan Oʻzbekiston arxiv tuzilmasi hozircha Markaziy Osiyodagi yagona arxiv agentligi hisoblanadi. Ushbu muassasalarda 12 millionga yaqin hujjat saqlanadi.
"Oʻzarxiv" agentligi tarkibida 3 ta Milliy arxiv, 14 ta Arxiv ishi hududiy boshqarmasi, 101 ta Davlat arxivi, 123 ta Shaxsiy tarkib xujjatlari davlat arxividan tashkil topga.
Oʻzbekiston Milliy arxivi
Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi
Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiy hujjatlar milliy arxivi
12 ta viloyat,Qoraqalpog'iston Respublikasi va Toshkent shahri bilan 14 ta arxiv ishi hududiy boshqarmasi mavjud.
O'zbekiston Milliy arxivi. 1958-yil 20-nayabrda tashkil etilgan.Bu yerda IX-asrdan — 1917-yillardagi tarixiy davrga oid arxiv hujjatlari saqlanadi. Shuningdek, Turkiston ASSR, Oʻzbekiston SSRning yuqori organlari va davlat boshqaruvi hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillik davridan hozirgi kungacha boʻlgan hujjatlar ham mujassamdir. Arxivda milliy tarixning turli davrlaridagi davlat arboblari, siyosiy partiyalar, madaniyat, fan, jamoat tashkilotlarining shaxsiy fondlari ham mavjud. Arxiv fond hujjatlarining qariyb 1,8 million yigʻmajildlari MAF hujjatlarini tashkil etadi, ulardan 0,5 mln. yigʻmajildlar alohida qimmatli hujjatlardir.

Yüklə 85,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə