Mavzu: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ''O'zArxiv'' agentligi faoliyati. Bajardi: Saginbayev Alibek reja


Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi



Yüklə 85,29 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü85,29 Kb.
#133181
1   2   3
Muzeyshunoslik

Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi .1943-yilda tashkil topgan va 1959-yilda u Oʻzbekiston SSR Markaziy davlat arxivining kinofotofono hujjatlar boʻlimi sifatida qayta tashkil etilgan. 1974-yildan — kinofotofono hujjatlari Markaziy davlat arxivi deb nomlandi. Arxivda XIX-asrning 60-yillaridan boshlab foto, fono va kinohujjatlar saqlanadi. Bu yerda taxminan 0,3 millionga yaqin yigʻmajildlar MAF hujjatlarini tashkil etadi, ulardan 44,0 ming yigʻmajildlar alohida qimmatli hujjatlardir
Oʻzbekiston Ilmiy-texnika va tibbiy hujjatlar milliy arxivi 1962-yilda tibbiyot fanlari va amaliyotining toʻplangan tajribasidan toʻliq foydalanish uchun Oʻzbekiston SSR Markaziy davlat tibbiy arxivi sifatida tashkil etilgan va 1965-yilda ilmiy-texnikaviy va tibbiy hujjatlari MDA deb nomlangan. Arxiv ilmiy-texnikaviy, tibbiy, loyihalash, muhandislik, ilmiy-tadqiqot, boshqaruv hujjatlarini, xamda respublika va mahalliy ahamiyatga ega shaxsiy fondlarni saqlaydi. Bu yerda taxminan 0,3 millionga yaqin yigʻmajildlar MAF hujjatlarini tashkil etadi, ulardan 21,0 ming yigʻma jildlar alohida qimmatli hujjatlardir.
"Oʻzarxiv" agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari.
Vazifalari:
Agentlikning Arxiv ishini va ish yuritish sohasidagi yagona davlat siyosatini yuritish va nazorat qilishi va milliy arxivning fondi hujjatlarini bir turga yigʻish, ularning saqlash va davlat hisobiga olinishini mustahkamlash va ulardan keng foydalanish uchun qulaylashtirish vazifalarini bajaradi. Shu bilan birgalikda Hududiy boshqarmalarni, milliy arxivlar va davlat arxivlarini boshqarish va ularning samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashi zarur. Arxiv xizmatlarini koʻrsatishda nodavlat sektorni yanada rivojlantirish, arxiv ishi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni oʻziga ustuvor vazifa qilib olgan. Arxivshunoslik, arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxivlari amaliyotiga joriy etish ham uning vazifasiga kiradi. Zamonaviy texnologik imkoniyatlardan foydalangan holda muntazam ravishda arxiv ishi va ish yuritish boʻyicha xizmat koʻrsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish tizimini shakllantirish va meʼyorlashtirish. Arxiv ishi va ish yuritishning mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilgʻor ish tajribasini oʻrganish va ommalashtirish, xorijiy arxivlarda saqlanayotgan Oʻzbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish.

Yüklə 85,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə