Mavzu: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ''O'zArxiv'' agentligi faoliyati. Bajardi: Saginbayev Alibek reja



Yüklə 85,29 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü85,29 Kb.
#133181
1   2   3
Muzeyshunoslik

Funksiyalari:
Arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va nazorat qilish sohasida Arxivlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda arxiv ishini rivojlantirishga doir davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi va arxiv hujjatlarini arxivlarda, muzeylarda, kutubxonalarda, ilmiy muassasalar va boshqa joylarda jamlash, hisobga olish, saqlash va foydalanish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi hamda uning amalga oshirilishini taʼminlaydi. Saqlash muddati koʻrsatilgan namunaviy boshqaruv hujjatlarining roʻyxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, respublika boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqilgan saqlash muddati koʻrsatilgan sohaviy hujjatlarning roʻyxatlarini kelishadi shu bilan birgalikda arxiv hujjatlarini alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlar sirasiga kiritish tartibini, shuningdek, sugʻurta nusxalarini yaratish va saqlash tartibini belgilaydi. Arxiv hujjatlarini kirib koʻrish tartibi va shartlarini belgilash bilan birgalikda arxiv hujjatlarini Milliy arxiv fondi (keyingi oʻrinlarda MAF deb ataladi) tarkibiga kiritadi va uning tarkibidan chiqarish funkisiyasini bajaradi. Oʻzbekiston Respublikasining arxiv ishi va uni yuritish sohasidagi xalqaro faoliyatini amalga oshiruvchi vakolatli maʼmuriy organi sifatida ish koʻradi. Xalqaro tashkilotlarning arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi kongresslarida, s’ezdlarida, konferensiyalarida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etadi, arxiv ishi va ish yuritish sohasida bitimlar va shartnomalarni belgilangan tartibda tuzadi. Arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi xalqaro, hukumatlararo bitimlar va shartnomalar loyihalarini tayyorlaydi. Arxiv ishi va ish yuritish holatini tahlil qiladi, arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi qonunchilikka rioya qilish va huquqiy munosabatlar boʻyicha ommaviy axborot vositalari orqali axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi
O'zArxivni elektronlashtirish
ish yuritish sohasining raqamlashtirish elektronlashtirish jarayonlari ham sezilarli oʻsish kuzatildi. Tahlillarga qarab chiqadigan boʻlsak 2021-yilda Agentlik tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 26,8 milliardni tashkil etgan. Yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 830 ta, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 690 ta,yozma tarzda 132 ta murojaat kelib tushgan. Respublika davlat arxivlariga esa jami 4 ming 128 ta murojaat yoʻllanib, ular oʻrnatilgan tartibda oʻrganilgan.2021-yil davomida davlat arxivlariga 129 ming 409 ta mavzuli, 633 ming 293 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar yuborilgan. Shundan 72 foiz ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushganligi maʼlum qilingan. Arxiv hujjatlari asosida koʻrib chiqilgan soʻrovlarning 94 foizi ijobiy hal etilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
  • www.Lex.uz
  • www.archive.uz

Yüklə 85,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə