Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Samarqand viloyati davlat arxivi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

Samarqand viloyati davlat arxivi.
Samarqandda arxiv ishining tashkil 
etilishi 1921-yilda Turkiston ASSR Samarqand viloyati arxiv bo‘limining tashkil 
topishi bilan bog‘liq. Ushbu arxiv muassasasi 1925-yilda Samarqand viloyati arxiv 
byurosi, 1927-yilda Samarqand viloyati arxiv boshqarmasi deb nomlangan. 1940- 


129 
yilda shu arxivlar bazasi asosida Samarqand viloyati davlat arxivi tashkil topgan. 
Samarqand viloyati inqilob jamg‘armasida 1917-yilgi inqilobga oid, mustabid 
tuzumning faoliyati, fuqarolar urushi, shuningdek, mahalliy xalqning sho‘rolar 
hokimiyatining o‘rnatilishiga qarshilik qiluvchi milliy ozodlik harakatlariga oid 
hamda Turkistonda sovet hokimiyatining o‘rnatilishiga doir hujjatlar mavjud. O‘rta 
Osiyoning milliy-hududiy chegaralanishiga oid jamg‘armada O‘zbekiston SSR 
1924-1930-yillar oralig‘idagi ijtimoiy-iqtisodiy holati, uning poytaxti bo‘lmish 
Samarqand va keyinchalik viloyatdagi sotsialistik qurilish haqidagi hujjatlar 
jamlangan. Shuningdek, iqtisodiy va sanoat ishlab chiqarish jamg‘armasida paxta 
yetishtirish, vinochilik, ipakchilik va boshqa sohalarga oid hujjatlar saqlanmoqda. 
Arxivning suratli hujjatlari ichida Bibixonim, Shohi Zinda, Xo‘ja Ahror masjidi, 
Ulug‘bek madrasasi, Temuriylar saroy arxiv hujjatlari saqlanmoqda. Bugungi kunda 
Samarqand viloyat davlat arxivi Samarqand shahri Ko’ksaroy maydonii 7-uyda 
faoliyat yuritadi. 
Sirdaryo viloyati davlat arxivi.
Sirdaryoda arxiv ishining tashkil etilishi 
1941-yili Toshkent viloyati davlat arxivining Mirzacho‘l bazasidagi faoliyati bilan 
bog‘liq. 1963-yili Sirdaryo viloyati tashkil etilgach, Sirdaryo viloyati davlat arxivi 
deb qayta nomlangan. Bu arxiv muassasasida saqlanayotgan qimmatli arxiv 
hujjatlari Mirzacho‘l tumani va shu yerning o‘zlashtirilishi tarixi, Sirdaryo viloyati 
hamda Guliston tarixiga oiddir.
2013-yil 14-iyun kuni Sirdaryo shahrida Sirdaryo davlat arxivi yangi binosi 
ochilishi marosimi hamda “Yosh arxivchilar assotsiatsiyasi”ning an’anaviy IV 
Forumi o‘tkazildi. Forumda respublikamizning barcha viloyatlaridan 41 nafar 
ishtirokchilari tashrif buyurishdi. Forum yakunida barcha ishtirokchilarga esdalik 
sovg‘alari berildi. Arxiv muassasalarida xodimlar salomatligini asrash borasida 
jismoniy chiniqtirish va ularni sport o‘yinlariga jalb etish ishlari amalga oshirildi. 
Buning uchun davlat arxivlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan sport 
anjomlarini sotib olish va ulardan xodimlar extiyoji bo‘yicha foydalanish nazarda 
tutildi. Jumladan, Qashqadaryo viloyatida arxiv xodimlarining salomatligini 
mustahkamlash maqsadida xodimlar o‘rtasida may oyida boshqarmada Spartakiada 


130 
o‘tkazildi. Navoiy viloyatida “Navro‘z” umumxalq bayrami doirasida arxiv 
muassasasi xodimlarining qiziqishiga qarab “Kurash”, “Shashka va shaxmat” kabi 
milliy sport o‘yinlari o‘tkazildi va sport musobaqalariga jalb qilindi. Hozirda viloyat 
davlat arxivi Guliston shahri, Guliston ko‘chasida faoliyat yuritmoqda. 

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə