Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Hududiy arxivlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixi



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

1. Hududiy arxivlarning shakllanishi va rivojlanishi tarixi. 
Arxiv tadqiqot 
ma’lumotlaridan ma’lumki, arxiv ishlarini tashkil qilish va rivojlantirish bo‘yicha 
o‘lka hukumatiga topshiriq 1918-yilning iyun oyida kelib tushgan. Bu ishni 
Turkiston ASSR byudjet moliya komisiyasi raisi (MIK huzuridagi) V.N. 
Kucherbaev boshqardi. U 1919-yilning oktyabrida Turkiston ASSR sovetining XIII 
s’ezdida arxiv ishlarini tashkil qilish, boshqaruvi, topshiriq va vazifalari to‘g‘risida 
ma’ruza qildi. Prezedium taklifiga ko‘ra (s’ezd prezidiumi) ma’ruza MIK ga ko‘rib 
chiqish uchun topshirildi. Natijada Turkistonda mahalliy viloyat arxiv bo‘limlarini 
tashkil qilinishiga katta e’tibor berila boshlandi. Masalan, 1920-yil martida 
Farg‘onada va Kaspiy orti viloyatida, 1920-yil iyunda – Samarqanda, o‘sha yil 
noyabrda Ettisuvda ana shunday arxiv bo‘limlari tashkil qilindi. 


123 
Milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilgandan so‘ng 1924-yil 28-dekabrda 
maxsus qaror bilan O‘zbekiston SSR MIK huzirida O‘zbekiston SSR Arxiv ishi 
markaziy boshqarmasi tashkil qilindi. O‘zbekiston hududida tashkil bo‘lgan barcha 
arxivlar, masalan, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqa 
viloyatlar arxiv idoralari vujudga kelgan arxiv jamg‘armalari O‘zSSR Arxiv ishi 
markaziy boshqarmasiga topshirildi. 
1931-yil 20-mayda O‘zbekiston SSR MIK O‘zbekiston SSR Arxiv ishi 
markaziy boshqarmasi va uning mahalliy idoralari to‘g‘risidagi nizom haqida qaror 
qabul qildi. O‘zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi huzurida O‘z SSR Oktyabr 
inqilobi markaziy davlat arxivi va markaziy davlat tarix arxivi tashkil qilindi.
Farg‘ona va Samarqand shaharlarida ularning bo‘limlari tashkil etildi. SHahar
va tumanlarda zarur hollarda tuman va shahar davlat arxivlari tashkil qilishga 
qaror qilindi. 
1938-yil 15- yanvardagi sobiq SSSR Oliy Kengashi sessiyasida O‘zbekistonda
Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro viloyatlarini tashkil etish to‘g‘risida qaror 
qabul qilingan edi. Bular o‘z-o‘zidan Markaziy arxiv ishini yaxshiladi va tartibli 
tuzilma vujudga kelishi uchun zamin yaratdi. 50-yillarning boshlarida ham 
arxivlarga yangi arxiv hujjatlarini saqlaydigan binolar etishmas edi. Ushbu vaziyatni 
hisobga olib O‘zbekiston hukumati 1954- yilning 13- yanvarida “Respublikada arxiv 
ishini yaxshilash to‘g‘risida” qaror qabul qildi va Toshkent shahrida markaziy arxiv 
uchun bino qurilishi nazoratini O‘zSSR IIV ga yukladi. Bu vazifa 1964-yilga kelib, 
amalda bajarildi. 1955-yilning 1-yanvarida O‘zbekiston shahar va tumanlarida 8 ta 
shahar va 138 ta tuman arxivlari mavjud edi.
1960-yillar boshida arxivlar taraqqiyotida yangi davr boshlandi. Arxiv 
tashkilotlarini bevosita O‘zbekiston Ministrlar Sovetiga bo‘ysundirilishi 
respublikada arxiv ishini rivojlanishiga yordam qilgan muhim omil bo‘ldi. 
Ministrlar Sovetining 1961-yil 9-maydagi qarori bilan O‘zbekiston SSR Ichki Ishlar 
Vazirligining arxiv boshqarmasi O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi 
arxiv boshqarmasi qilib qayta tashkil qilindi. SHu qaror asosida mahalliy arxiv 
tashkilotlari Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar soveti va viloyatlar ijroiya 


124 
qo‘mitalari ixtiyoriga o‘tkazilishi ularni davlat apparati tuzumidagi rolini orttirdi 
hamda arxiv ishi taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. 
Bu yillarda davlat arxivlari arxiv ishini tartibga solishni nazorat qilishni 
kuchaytirdilar. SHu bilan birga ularga yordam berishga katta etibor qaratdilar. Bu 
ishlar natijasida respublikada 1964- yili1809 tashkilotda, 1965-yili 1759 tashkilotda 
arxiv hujjatlari tartibga solindi. 1968-yilning boshida Namangan viloyati tashkil 
topishi munosabati bilan Namangan viloyati davlat arxivi tashkil qilindi. 
Keyinchalik Namangan viloyatida Tuychi shahar posyolkasi arxivi (1969) va CHust 
(1962) bo‘limlari ochildi. 
1970-yillarda davlat arxivlari nazorat qilayotgan tashkilotlarning idoraviy 
arxivlari va ish yuritish xizmati bir muncha yaxshilandi. O‘zbekiston SSR Ministrlar 
Sovetining 1973-yil 16-fevraldagi “Respublikada arxiv ishini ahvoli va yanada 
yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida ijrokomlar qoshida shaxsiy tarkib 
hujjatlarini idoralararo xo‘jalik hisobidagi arxivlarni tashkil qilish keng avj oldi. 
Yana bir qarorga ko‘ra arxiv boshqarmasi O‘zSSR Ministrlar Soveti huzuridagi 
Bosh arxiv boshqarmasiga aylantirildi. 
Mustaqillik yillarida hududiy arxiv muassasalari arxiv hujjatlari saqlovini 
ta’minlash, ish yuritishni tashkil qilish borasida samarali ishlar amalga oshirildi. 
Ular o‘z faoliyatini 1990-yil 28-iyunda“O‘zbosharxiv” qarori bilan tasdiqlangan 
“DAF hujjatlari idoraviy saqlovining ta’minlashi, asosiy yo‘nalishlari (1990-1995 
yillar) va amalga oshirilishi tashkiliy-metodik tadbirlari rejasi” asosida tashkil 
qilindi. Unda arxiv tashkilotlari Respublika vazirliklari va idoralari bilan birgalikda 
DAF hujjatlari idoraviy saqlovini takomillashtirish, ular tarkibini yaxshilash, 
moddiy texnika bazasini yaxshilash, ularni kadrlar bilan ta’minlash, idoraviy 
arxivlar bilan ishlash bo‘yicha me’yoriy-metodik qo‘llanmalar tayyorlash va boshqa 
tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan edi. Bu tadbirlarning bajarilishi 
muassasa, tashkilot va korxonalar idoraviy arxiv hujjatlari saqlovini yanada 
yaxshilashga imkon berdi.
Shahar va tuman hokimiyatlari qoshidagi shaxsiy tarkib bo‘yicha idoralararo 
arxivlar tarmog‘i birmuncha kengaydi. 1995-yilda 1990-yilga nisbatan bunday 


125 
arxivlarning soni 13 taga ko‘paydi va 1995-yilda ularning soni 91 tani tashkil qildi. 
Bu arxivlar shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlari saqlovini va fuqorolarga ijtimoiy–
huquqiy ma’lumotnoma berishni yaxshiladi.
Mustaqillik sharoitida arxiv ishini boshqaruv davlat organi O‘zbekiston 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi hisoblanadi. Uning tizimiga 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy 
boshqarmalari, ularning qaramog‘idagi davlat arxivlari (ularning filiallari) hamda 
markaziy davlat arxivlari kiradi. 
Yuqorida qayd etilgan arxiv tashkilotlariga arxivlarni butlash, O‘zbekiston 
Respublikasi Milliy arxiv fondi hisoblangan respublika xalqlarining o‘tmish tarixi 
to‘g‘risidagi hujjatli yodgorliklarni jamiyat va fuqarolar manfaati uchun saqlash 
hamda foydalanish kabi davlat majburiyatlari yuklangan. 
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 100 dan ortiq davlat arxivlari 
bo‘lib, ularda 8 miln. yig‘majildlardan ziyod hujjatlar asrab - avaylab saqlanmoqda. 
Bu hujjatlardan tarixchilar, tadqiqotchilar, talabalar va boshqa mutaxassislar ilmiy, 
madaniy-ma’rifiy ishlarda keng foydalanmoqda.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə