Oybek rashidov o‘zbekistonda arxiv ishi tarixi toshkent – 2019


Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va



Yüklə 1,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/71
tarix13.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#105381
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71
ozbekistonda arxiv ishi tarixi

3. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va 
tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi O‘R (ITTX MDA)ning faoliyati. 
Mustaqillik yillarida O‘R ITTX MDA faoliyatini yanada rivojlantirish, arxivni 
texnik va texnologik jixatdan zamon talablariga mos ravishda jihozlash, moddiy-
texnik bazani rivojlantirish ishlari davom ettirildi. SHuningdek, arxivda pullik 
xizmatlar spektrini yanada kengaytirish, arxiv tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar 
sifatini oshirish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bu borada arxiv 
tomonidan asosan turli tashkilotlar faoliyati davomida vujudga kelgan hujjatlarga 
o‘rnatilgan tartibda ilmiy-texnik ishlov berish, yangi jamlash manbalari bo‘lgan 
tashkilotlarni hisobga olish ishlariga alohida e’tibor qaratildi. 
Hozirda arxivning asosiy ish faoliyati ilmiy-texnikaviy hujjatlar bilan ishlash 
masalalarini kengaytirish, ilmiy ma’lumotnoma aparatini tuzish, hujjatlardan xalq 
xo‘jaligida, ijtimoiy-huquqiy maqsadlarda foydalanishni tashkil etishdan iborat. 
O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy 
davlat arxivida respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan, Toshkent shahar va viloyatida 
joylashgan ilmiy-tekshirish, loyiha qidiruv institutlari, loyihaviy-texnikaviy 
buyurolar, trestlar, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy-texnikaviy jamiyatlar, 
Sog‘liqni saqlash vazirligi, sog‘liqni saqlash birlashmalari, klinik kasalxonalar, 
dispanserlar, yirik korxonalarning tibbiy-sanitariya qismlari, tibbiyot oliygohlari 
hujjatlari saqlanadi. Bundan tashqari arxiv saqlovxonasida paxtachilik, ipakchilik 
ilmiy tekshirish institutlari to‘qimachilik mashinasozligi bo‘yicha etakchi 
konstruktorlik byurolari, qurilish bo‘yicha loyihaviy institutlar, irrigatsiya 
qurilmalari, gidroelektrostansiyalar, suv omborlari qurilishi bo‘yicha juda ko‘p 
ilmiy-texnikaviy, g‘oyaviy ishlanmalar to‘plangan. 
O‘zbekiston Respublikasi ITTH MDA o‘z yo‘nalidagi hujjatlar bilan 
ishlovchi respublika ilmiy-uslubiy markaz sifatida unga yuklatilgan vazifalarga 


118 
asosan quyidagi ishlarni bajaradi: 
1) idoraviy arxivlarda vaqtinchalik saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi 
Milliy arxiv fondi tarkibiga kiruvchi hujjatlar ro‘yxatini tuzish; 
2) hujjatlarni davlat saqloviga qabul qilish; 
3) davlat hisobini olib borish; 
4) hujjatlar qimmatdorlik ekspertizasini o‘tkazish: 
5) ilmiy ma’lumotnoma aparati tizimini yaratish; 
6) hujjatlardan foydalanishni tashkil etish; 
7) ilmiy-uslubiy ishlarni olib borish. 
Umuman olganda, bugungi kunda arxiv saqlovxonasida 146 ta turli tashkilot 
hujjatlari yig‘ilgan bo‘lib, 54 tasi tibbiyot muassasalariga tegishli. Hujjatlarning 
umumiy soni 2002-yilga kelib 212 497 taga etgan, ulardan ma’muriy hujjatlar soni 
79 963 ta, ilmiy-texnikaviy hujjatlar 34 425 ta, kasallik tarixiga doir hujjatlar 94 647 
ta, shaxsiy fondlar 3457 tani tashkil etadi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ITTH MDA Toshkent shahridagi 150 
dan ortiq va Toshkent viloyatidagi 10 dan ortiq tashkilotlarda O‘zbekiston 
Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini butlash, saqlovini ta’minlashda, ularga 
ilmiy-texnikaviy ishlov berishda amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi. Arxiv ilm-
fan, texnika, sanoat, qurilish, transport, aloqa, konstruktorlik, ratsionalizatorlik va 
tibbiyot sohalari bo‘yicha faoliyai ko‘rsatayotgan davlat va nodavlat tashkilotlarini 
ro‘yxatga olish ishlarini amalga oshiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi 
“Iqtisodiyotni real sektori korxonalarni qo‘llab quvvatlash, ularning barqaror 
ishlashini ta’minlash va eksport saloxiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi 
to‘g‘risida”gi PF-4058-sonli Farmonini bajarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi 
ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur reja asosida ishlar muntazam ravishda olib 
borilmoqda. Shu bilan birgalikda arxiv faoliyatini yanada rivojlantirish, arxivni 
texnik va texnologik jixatdan zamon talablariga mos ravishda jixozlash, moddiy-
texnik bazani rivojlantirish ishlari davom ettirildi. Shuningdek, arxivda pullik 
xizmatlar spektrini yanada kengaytirish, arxiv tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar 


119 
sifatini oshirish yuzasidan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bu borada arxiv 
tomonidan asosan turli tashkilotlar faoliyati davomida vujudga kelgan xujjatlarga 
o‘rnatilgan tartibda ilmiy-texnik ishlov berish, yangi jamlash manbalari bo‘lgan 
tashkilotlarni hisobga olish ishlariga alohida e’tibor qaratildi. 
O‘R MAF hujjatlari saqlovini ta’minlash jarayonida hisobot davrida 1637 
varaq arxiv hujjatlari ta’mirlandi, 1442 saqlov birligidagi hujjatlar muqovalandi va 
tikish ishlari amalga oshirildi, 418 saqlov birligidagi hujjatlar karton qutilarga 
joylashtirildi. SHuningdek, 405 saqlov birligidagi o‘ta qimmatli arxiv hujjatlari 
ko‘rib chiqildi va 125 saqlash birligidagi hujjatlar o‘ta qimmatli hujjatlar qatoriga 
kiritildi. Hujjatlarni nashr etish va ulardan foydalanish ishlari bo‘yicha 20 ta 
tashabbusli axborot, 22 mavzuli so‘rov, 17 ta arxiv hujjatlari asosida ko‘rgazma, 20 
ta radioeshittirish, 10 ta teleko‘rsatuv, 10 ta maqolalar, 25 ta arxiv bo‘ylab qiziqarli 
ekskursiya, 3ta maktab darslari va suxbatlar tashkil etildi. 
2013-yil davomida hujjatlarni jamlash va idoraviy arxivlarda ish yuritish 
bo‘limi xodimlari tomonidan arxivning jamlash manbaiga kirgan korxona, tashkilot, 
muassasalarda ish yuritish va arxiv ishini belgilangan tartib bo‘yicha yo‘lga quyish 
maqsadida 32 ta yalpi va 30 ta nazorat va mavzuli tekshiruvlar o‘tkazilib, aniklangan 
kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Idoraviy 
arxivlarning 106 ta me’yoriy-huquqiy hujjatlari (ish yuritish yo‘riqnomalari, 
nizomlar, hujjatlar nomenklaturalar) qayta ishlanib takomillashtirildi. Joylarda ish 
yuritish va hujjatlar saqlanishi ta’minlash yuzasidan bir kunlik seminarlar o‘tkazildi. 
Bugungi rivojlangan texnika asrida hayotimizni texnika va zamonaviy 
texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Jamiyatimizning har bir jabhasiga 
zamonaviy texnika-texnologiyalari keng qo‘llanilmoqda, shuningdek, respublika 
arxiv tizimida ham. 2008 – yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ – 949 
sonli qaroriga asosan Koreya davlatining KOICA loyihasini jalb qilish bo‘yicha 
ishlar amalga oshirildi va arxiv zamanaviy texnologiyalar bilan jihozlandi.Arxivning 
hozirgi paytdagi asosiy ish faoliyati Koreya davlatining KOICA granti asosida olib 
keltirilgan zamonaviy texnologiyalar yordamida hujjatlarni elektronlashtirishdir. 
Hujjatlarni elektronlashtirish ishida maxsus dastur yaratilgan. Hujjat dastlab 


120 
elektron katalog yaratiladi.Bunda hujjatni nomi,katalog raqami,hujjat varog‘i 
soni,hujjat tili,hujjat joyi va hujjat haqida umumiy ma’lumot kiritiladi.Elektron 
katalog yaratilganidan so‘ng bu hujjatlar birma bir suratga tushiriladi va hujjatni asl 
nusxasi surati hujjat haqidagi umumiy ma’lumot bilan birgalikda dasturga 
joylashtiriladi.Elektron 
hujjatlarni qulayligi shundaki 
arxiv hujjatlaridan 
foydalanishni xoxlagan har bir fuqaro hujjat titib vaqtini o‘tkazmaydi kompyuterdan 
o‘zi qidirayotgan hujjatni “qidiruv”buyrug‘ini bersa kifoya hujjat paydo bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-avgustdagi “Koreya 
Respublikasi Hukumatining grant mablag‘larini jalb etgan holda O‘zbekiston 
Respublikasi markaziy davlat arxivlarini rekonstruksiya qilish hamda ularni texnik 
modernizatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PP-949-sonli qarori qabul 
qilindi. Bugungi kunda qaror ijrosi yuzasidan arxivlar faoliyatini yaxshilashga oid 
ulkan ishlar amalga oshirildi. Ya’ni grantning dastlabki bosqichi respublikaning 3 ta 
markaziy davlat arxivlari Koreya davlatining zamonaviy texnologiyalari bilan 
ta’minlandi. Markaziy davlat arxivlari xodimlaridan bir necha nafar arxivchi 
mutaxassislar Koreya Respublikasida bo‘lib malaka oshirib qaytishdi. 
Hozirgi kunda arxivning asosiy ish faoliyatlaridan biri arxivda mavjud qog‘oz 
hujjatlarini mazkur zamonaviy texnologiyalar yordamida elektron ko‘rinishga 
keltirishdir. Elektron arxivlarning bir qator qulayliklari bo‘lib eng avvalo hujjatni 
qidirib topish va undan foydalanishda vaqt samaradorligiga erishiladi. Bundan 
tashqari eng asosiysi, hujjatning moddiy asosiga kamroq zarar etadi.
Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi 2004-yili 
Toshkent shahri Olmazor tumani, Nozimaxonim ko‘chasi, 86 uyda joylashgan yangi 
binoga ko‘chirildi. Arxivda quyidagi sohadagi korxona, tashkilot va muassasalardan 
hujjatlar qabul qilinadi va saqlanadi. Bular sanoat, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, 
o‘rmon xo‘jaligi, transport, qurilish, turar joy komunal xo‘jaligi va maishiy xizmat 
ko‘rsatish. Bundan tashqari arxivda ilmiy texnikaviy hujjatlar, konstruktorlik 
loyihalari va bir qancha tarixiy ahamiyatga ega hujjatlar saqlanadi.
Arxivda qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi 
viloyatlari, tumanlarida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish to‘g‘risidagi loyihalar va 


121 
smetalar mavjud. Suv xo‘jaligi sohasida Respublika bo‘yicha xo‘jaliklarni, xalqni 
ichimlik suvi bilan ta’minlash va erlarni sug‘orish ishlari haqidagi, o‘rmon xo‘jaligi 
sohasi bo‘yicha cho‘l erlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari haqida, 
transport sohasi bo‘yicha ko‘priklar qurish, yo‘llarni ta’mirlash to‘g‘risidagi, 
qurilish sohasida esa shahardagi turar joylar, binolar qurish, rekonstruksiya qilish 
haqidagi, sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha ilmiy-tekshirish institutlarida olib 
borilayotgan ilmiy ishlar, tibbiyot sohasini rivojlantirishga oid doimiy saqlanadigan 
hujjatlar mavjud. 
Bundan tashqari arxivda respublikada ilm-fan sohasini rivojlantirishga o‘z 
hissalarini qo‘shgan professor va olimlarning shaxsiy jamg‘armalari tashkil qilingan 
bo‘lib, ularning shaxsiy hujjatlari, suratlari, ilmiy ishlari qabul qilinadi va saqlanadi. 
Masalan, me’mor A.B. Boboxonov, kardiolog M.X. Hamidova, ximik T.M. 
Mirkomilov, stomotolog T.X. Safarov, onkologlar S. Navro‘zov, Y.T. Tadjiboeva, 
genikolog N.M. Maxmudova, A.A. Choroxova, xizmat ko‘rsatgan agranom M.M. 
Mirzaev, irrigator N.A. Aliev va boshqalarning shaxsiy jamg‘armalari saqlanadi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə