99
sanaladi. Semantik qidiruv hujjatlarlarning mazmuni asosida qidirish usuli bo’lib,
bunda
hujjatning umumlashma mazmuni, sarlavhasi deskriptor ko’rinishida
shakllantirilishi lozim. Hujjatli qidiruv matnli ma’lumotlar hamda ular haqidagi
bibliografik qaydlarni qidirish jarayonidir. Faktografik qidiruv so’rovda nazarda
tutilgan ma’lumotga mos keluvchi faktlarni (matnli hujjatlar
tarkibidan ajratilgan
ma’lumotlar) qidirish jarayonidir. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki,
qidiruv tizimi relyatsion ma’lumotlar bazasida hamda gipertekstli ma’lumotlar
bazasida mavjud bo’lgan hujjatlar, hujjatlar haqidagi metama’lumotlar, matnlar,
rasmlar, video va audiofayllarni qidirishni o’z ichiga oladi.
Informatsiyaning eksponensial tarzda ko’payib ketayotganligi, shuningdek,
internet tizimida ham kundan-kunga ma’lumotlar hajmining o’sib borayotganligi
kompyuter lingvistikasi oldiga bir qator vazifalarni ko’ndalang qo’ymoqda:
qidiruv tizimining optimal modellarini
yaratish;
hujjatlarni tasniflash (klassifikatorlar tizimini yaratish);
hujjatlarni klasterlash;
Foydalanuvchi interfeyslari va qidiruv tizimlari arxitekturasini
loyihalash;
Zaruriy informatsiyani ajratib olish, hujjatlarni avtomatik referatlash va
annotatsiyalsh;
deskriptorli tillar va tezauruslarni mukammallashtirish, boyitish.
Saqlangan ma’lumotning hamda qidirish xususiyatiga ko’ra information
qidiruv tizimlari 2 katta guruhga bo’linadi: hujjatli va faktografik IQT.
Hujjatli
IQTlarda matn, tavsif va ta’riflar saqlanadi, faktografik IQTlar esa jadvallar,
formulalar, grafik ko’rinishidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Shuningdek,
aralash tabiatli IQTlar ham mavjud bo’lib, unda ham hujjatli, ham faktografik
ma’lumotlar saqlanadi. IQTda qidiruvni ta’minlash
uchun maxsus information
qidiruv tillari mavjud. Informatsion qidiruv tillari bu formal til bo’lib, u IQTda
saqlangan hujjatlarning mazmunini tavsiflash va so’rov uchun mo’ljallangan.
Informatsion qidiruv tilida hujjatlarga ishlov berish protsedurasi
Dostları ilə paylaş: