O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Polar Rose, Picollator
qidiruv tizimlari mana shu tamoyil 
asosida ishlaydi. 
4. Multimediali informatsiya qidiruvi – bunda audio va videofayllar 
bo’yicha qidiruv tushuniladi.
Qidirish jarayoni turli metodlar asosida yuz beradi: manzilli qidiruv, 
semantik qidiruv, hujjatli qidiruv, faktografik qidiruv. Manzilli qidiruv so’rovda 
ko’rsatiladigan sof formal belgilar bo’yicha hujjatlarni qidirish jarayoni bo’lib, 
bunda hujjatning aniq manzili ko’rsatilishi lozim. Hujjatning manzili web-server 
va web-sahifa manzili yoki bibliografik qayd elementlari va hujjat saqlangan joy 
81
Manning C., Raghavan P., Schütze H.
Introduction to Information Retrieval. -Cambridge University 
Press, 2008. – P. 5.


99 
sanaladi. Semantik qidiruv hujjatlarlarning mazmuni asosida qidirish usuli bo’lib, 
bunda hujjatning umumlashma mazmuni, sarlavhasi deskriptor ko’rinishida 
shakllantirilishi lozim. Hujjatli qidiruv matnli ma’lumotlar hamda ular haqidagi 
bibliografik qaydlarni qidirish jarayonidir. Faktografik qidiruv so’rovda nazarda 
tutilgan ma’lumotga mos keluvchi faktlarni (matnli hujjatlar tarkibidan ajratilgan 
ma’lumotlar) qidirish jarayonidir. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, 
qidiruv tizimi relyatsion ma’lumotlar bazasida hamda gipertekstli ma’lumotlar 
bazasida mavjud bo’lgan hujjatlar, hujjatlar haqidagi metama’lumotlar, matnlar, 
rasmlar, video va audiofayllarni qidirishni o’z ichiga oladi. 
Informatsiyaning eksponensial tarzda ko’payib ketayotganligi, shuningdek, 
internet tizimida ham kundan-kunga ma’lumotlar hajmining o’sib borayotganligi 
kompyuter lingvistikasi oldiga bir qator vazifalarni ko’ndalang qo’ymoqda:
qidiruv tizimining optimal modellarini yaratish
 
hujjatlarni tasniflash (klassifikatorlar tizimini yaratish); 
 
hujjatlarni klasterlash;
Foydalanuvchi interfeyslari va qidiruv tizimlari arxitekturasini 
loyihalash; 
Zaruriy informatsiyani ajratib olish, hujjatlarni avtomatik referatlash va 
annotatsiyalsh; 
deskriptorli tillar va tezauruslarni mukammallashtirish, boyitish. 
Saqlangan ma’lumotning hamda qidirish xususiyatiga ko’ra information 
qidiruv tizimlari 2 katta guruhga bo’linadi: hujjatli va faktografik IQT. Hujjatli 
IQTlarda matn, tavsif va ta’riflar saqlanadi, faktografik IQTlar esa jadvallar, 
formulalar, grafik ko’rinishidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Shuningdek
aralash tabiatli IQTlar ham mavjud bo’lib, unda ham hujjatli, ham faktografik 
ma’lumotlar saqlanadi. IQTda qidiruvni ta’minlash uchun maxsus information 
qidiruv tillari mavjud. Informatsion qidiruv tillari bu formal til bo’lib, u IQTda 
saqlangan hujjatlarning mazmunini tavsiflash va so’rov uchun mo’ljallangan. 
Informatsion qidiruv tilida hujjatlarga ishlov berish protsedurasi 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə