O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Microsoft Word, Excel, Wordpad, 
Lexicon
) rivojlanishi bilan bog’liqdir. Bilamizki, avtomatik tahrir deganda 
matndagi mexanik xatolarning avtomatik tarzda to’g’rilanishi va xato ekanligi 
haqidagi signallarning userga taklif etilishi kabilar bilan bog’liq. Buni aniq 
misollar bilan tushuntiriladigan bo’lsa, Microsoft Word dasturi bilan ishlar 
ekanmiz, unda so’zlarning yozilishi bilan bog’liq xatolar bo’lsa, ularning ostiga 
qizil yoki ko’k rangda ostiga chizilishi, katta harf bilan yozilishi kerak bo’lgan 
so’zlarning avtomatik bosh harfga o’tkazilishi, hujjatga avtomatik numeratsiya 
qo’yilishi kabilar avtomatik tahrir erishgan yutuqlar hisoblanadi. 


92 
Avtomatik tahrir yo’nalishi XX asrning o’rtalariga kelib rivojlandi. U matn 
muharrir dasturlari bilan birgalikda yangicha imkoniyatlar bilan, qo’shimcha 
effektlar bilan rivojlanmoqda. U oddiy muharrirlardan farqi shundaki, unda tahrir 
avtomatik tarzda qisqa vaqt birligi ichida hajman katta bo’lgan matnni tez 
tekshirish va xatolarni to’g’rilash imkoniyati bo’ladi. Avtomatik tahrirning 
pragmatik ahamiyati shundaki, u kelajakda taraqqiy etsa, yetarli ma’lumotlar 
bazasi yaratilsa va maxsus dasturlar ishlab chiqilsa, muharrir kasbi uchun ehtiyoj 
qolmaydi. Bu esa matn bilan ishlashni osonlashtiradi.
Ma’lumki, kompyuter yaratilmasidan ilgari matnlar yozuv mashinkalarida 
terilgan, bu jarayonda orfografik, punktuatsion, stilistik va grammatik xatolarga 
yo’l qo’yilsa, matnni boshdan oxirigacha qayta yozib chiqishga to’g’ri kelgan, bu 
esa foydalanuvchiga noqulaylik tug’dirgan. Kompyuterda esa matnni tahrirlash bir 
muncha qulay bo’lib, unda foydalanuvchi dialogli rejimda ishlaydi va o’z o’rnida 
xatolarni to’g’rilash imkoniyatiga ega bo’ladi. Hatto matn bilan ishlash jarayonida 
biz yuqorida ta’kidlab o’tgan avtomatik tahrirlash, xatolarni to’g’rilash imkoniyati 
ham mavjud. Shu o’rinda alohida ta’kidlash zarurki, avtomatik tahrirlash tizimi 
faqat matn muharrirlari dasturlari bazasiga qo’shilgan tillarda amal qiladi, masalan, 
ingliz, rus, nemis, fransuz tillarida. Agar bazada mavjud bo’lmagan tilda matn 
kiritilsa, uni avtomatik tahrirlay olmaydi, ayrim internatsional so’zlar bundan 
mustasno. Avtomatik tahrirlash jarayonida MS Word lug’atida mavjud bo’lmagan 
so’z uchrasa, ostiga qizil chiziq bilan ajratib ko’rsatiladi. Mazkur holat quyidagi 
sababga ko’ra bo’lishi mumkin, bunda o’sha so’z imlosi haqida dastur variant 
taklif eta olmaydi, chunki Ms Word lug’atida bu so’z mavjud emas. Ehtimol u so’z 
tog’ri yozilgan bo’lishi mumkin, bunda insonning ishtiroki zarur bo’ladi. Agar bu 
so’zning imlosi to’g’ri bo’lsa, u matnda yana tez-tez qayta ishlatilsa, uni 
avtokorreksiyada to’g’ri deb sanalishi uchun Ms Word lug’atiga “kiritib qo’yish” 
(kontekst menyudagi “add” yoki “
добавить
” komandasi yordamida) mumkin. 
Matn kiritish davomida so’z yoki so’zlar birikmasi ko’k chiziq bilan ajratib 
qo’yiladi, bunda so’zning imlosida xato mavjud. Bu holda foydalanuvchi xatoni 
o’zi tog’rilab qo’yishi zarur yoki ostiga chizilgan so’zda sichqonchaning o’ng 
tomoni bosilsa, kontekst menyusida so’zning to’g’ri varianti taklif etiladi va uni 
tanlashi zarur bo’ladi. 
Avtomatik tahrirlash tizimi juda ko’p amaliy vazifalarni o’z ichiga oladi. 
Bu vazifalarning eng asosiylarini umumlashtirib sanab o’tmoqchimiz:
-
orfografiyani tekshirish; 
-
grammatika va stilistikani tekshirish; 
-
kontekstli qidiruv; 
-
formatlash; 


93 
-
avtomatik referatlash – matndagi kalit so’zlar asosida uning umumiy 
mundarijasini yaratish; 
-
matn ichiga jadval, rasm, turli figuralar, klip-artlar, grafik sxemalar
diagrammalar qo’shish, giperhavolalar bilan ta’minlash; 
-
matndagi abzatslar, belgilar, so’zlarning aniq miqdorini aniqlash 
(statistikasini ko’rsatish); 
-
tezaurus xizmati – matndagi muayyan so’zning sinonimik variantlarini 
aniqlash; 
-
transliteratsiyalash – bir alifbodan boshqa alifboga o’tkazish (masalan, 
kirill alifbosidan lotin alifbosidagi harfga almashtirish). 
Avtomatik tahrirda uch tarkibli asosiy vazifa e’tiborga olinishi lozim: 
1.
Orfografiyani tekshirish – bu vazifa morfologik tahlil yordamida amalga 
oshiriladi, bunda etalon lug’atdagi baza asosida tekshiriladi.
2.
Sintaksisni tekshirish orfografiyani tekshirishdan ko’ra murakkabroq. 
Chunki orfografiyani tekshiruvchi dasturlar yaratilgan, lekin norasmiy matnlarning 
sintaktik jihatdan avtomatik tahriri masalasi haligacha hal etilgani yo’q. Rasmiy 
matnlarning avtomatik tahriri bo’yicha muhim natijalarga erishilgan. 
3.
Semantik tahrirlash inson tafakkurini modellashtirishga asoslangan 
sun’iy intellekt tizimi bilan bog’liq ravishda o’rganilmoqda. Bunda mazkur ko’p 
aspektli muammoni semantik maydon, freym yondashuv, tezauruslar tizimini 
boyitish, so’z va so’z birikmalari o’rtasidagi paradigmatik munosabatlar 
(sinonimiya, gipo-giperonimik-tur-jins munosabati)ni modellashtirishga tatbiq 
etish asosida hal etish mumkin. Chunki inson bunday assotsiativ munosabatlarni 
o’z intellektiga tayanib o’rnata oladi, biroq bu jarayon kompyuter uchun 
murakkabdir.
Ms Word dasturida orfografiyani tekshirish imkoniyati cheklanganligi bois 
hozirgi kunda maxsus Spell Checker dasturlar yaratilmoqda. Bunday dasturlar 
sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: SpellLink Multilingual Pro (ingliz, ispan, 
italyan, nemis, fransuz, portugal, ukrain tillaridagi so’zlarning to’g’ri yozilishini 
tekshiradi), Orfo SpellLink English, SpellLink French, SpellLink Italian, SpellLink 
Spanish, Ruta 1.0 (rus va ukrain tillaridagi so’zlarning imlosini tekshirishga 
yordam beradi), Asutype, Spellex, Spell Catcher kabi. Mazkur dasturlar Word 
dasturi ustiga qo’shimcha o’rnatiladi. Masalan, aniqroq tasavvur hosil qilish uchun 
bu dasturlarning orfografiya tekshirish jarayonini ko’rsatib o’tmoqchimiz.


94 


95 


96 


97 
Kompyuter lingvistikasining muhim yo’nalishlaridan yana biri information 
qidiruv tizimlari (IQT) hisoblanadi. Ular formal belgilarga ko’ra informatsiyani 
qidirishga mo’ljallangan. IQTlar quyidagi bosqichlar asosida ishlaydi: 

informatsiyani jamlash

informatsiyani klassifikatsiya qilish 

hujjatning qidiruv obrazi (HQO)ni yaratish 

hujjatning qidiruv obrazi va hujjatlarni saqlash

qidirish va natijani chiqarish. 


98 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə