O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

“Tyuring testi”
- “Mashina fikrlay oladimi” (1950) sarlavhali maqolaning 
muallifi ingliz olimi Alan Tyuring tomonidan ishlab chiqilgan empirik test. Olim
mashina imkoniyatini insonning aqllilik darajasi bilan qiyoslash protsedurasini 
ishlab chiqdi. Ushbu g’oya 1950 yilda “Mind” falsafiy jurnalida 
“Hisoblash 
mashinalari va tafakkur”
(
Computing Machinery and Intelligence)
nomli 
maqolasida e’lon qilindi. Bu testdan ko’zlangan maqsad sun’iy tafakkurning inson 
tafakkuriga yaqin kelishi mumkinligini aniqlash hisoblanadi. Bunga ko’ra inson bir 
kompyuter va bir inson bilan o’zaro munosabatga kirishadi. Savollarga javob 
berish asosida u kim bilan (inson bilanmi yoki kompyuter dasturi bilanmi) 
gaplashayotganini aniqlashi lozim bo’ladi
.
Kompyuter dasturining vazifasi esa 
insonni xatoga yo’l qo’yishiga, noto’g’ri tanlov qabul qilishiga majbur qildirish 
sanaladi. 
Zif qonuni
- matnning statistik tahlilida keng foydalaniladi, ayniqsa, katta 
hajmdagi matnlarda har bir so’zning qanchalik tez takrorlanishini (chastotasini) va 
ularning takrorlanish tezligini hisoblashda 
Zif qonuni
amal qiladi. Bunda so’zning 
chastotasi 
(f)
, uning ro’yxatdagi holati qatori 
(r)
deb belgilanadi. Zif qonuniga 
ko’ra matnda eng ko’p ishlatilgan so’z r=1, undan pastroq chastotada kuzatilgan 
soz r=2, undan keyingisi r=3 kabi tarzida belgilanadi. Bundan kelib chiqadiki, 
matndagi ixtiyoriy so’z uchun (f) chastotaga (r) ning ko’paytmasi natijasi 
o’zgarmas miqdor - konstanta (C) ga teng bo’ladi (r×f=C), bu yerda C matn 
hajmiga bog’liq. 
Chastotali lug’atlar
- matnda so’zlarning ishlatilish chastotasi (qay darajada 
ishlatilishi, tez-tez ishlatilishi)dan kelib chiqqan holda tayyorlanadigan so’zliklar. 
Chastotali lug’atlar statistik leksikografiyaning rivoji natijasida yuzaga kelgan. 
Bunday lug’atlar ayniqsa, til o’qitish jarayonida leksik minimumlarni aniqlashda 
muhim ahamiyatga ega. So’zlarning chastotasini aniqlash linvostatistik tahlillar 
yordamida amalga oshiriladi. Chastotali lug’atlar kompyuterning lingvistik 
informatsion bazasi hisoblanadi.

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə