O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

(
Машинный
 
фонд
 
русского
 
языка
)
hamda 
Rus tilining Milliy Korpusi
(
Национальный
 
корпус
 
русского
 
языка
)
loyihalari ishlab chiqildi. Masalan, Rus tilining Milliy Korpusi hajmi hozirgi kunda 
149 million so’zdan iborat. Keyingi yillarda internet tizimining rivojlanishi 
virtual 
matnlar korpusi
ning yuzaga kelishiga olib keldi. Ya’ni internetdagi qidiriv 
saytlari, elektron kutubxonalar, virtual ensiklopedialar korpus vazifasini 
bajarmoqda. Korpusning janri va tematik rang-barangligi internetdan 
foydalanuvchining qiziqishlariga bog’liq. Masalan, ilm-fan doirasida 
Wikipedia 
katta hajmdagi matnlar korpusi sifatida foydalanilmoqda.
Matnning statistik tahlili
– tilni ehtimollik belgilariga tahlil qilish, til 
hodisalarini statistik xarakteristikalari asosida baholash demakdir. Til birligining 
gapda yoki matnda qo’llanish chastotasi (sur’ati) ehtimollik deyiladi. Til hodisalari 
haqidagi haqiqatlar lingvostatistik tadqiqotlar yordamida aniqlanadi. Masalan, 
o’zbek tili uchun qaysi bo’g’in strukturasi tipik ekanligini, gap modellaridan qaysi 
biri eng asosiy konstruksiya ekanligini, bosh kelishikdagi otlarning asosan qaysi 
gap bo’lagi vazifasida kelishini, tanlangan matnda so’z turkumlarining qay 
darajada ishlatilishini aniqlash uchun lingvostatistik tahlillarga ehtiyoj seziladi. 
Matnning statistik tahlili matn atributsiyasi muammosiga ham oydinlik 
kiritishda muhim tadqiqot usuli hisoblanadi. Ayniqsa, badiiy matnlarni ng statistik 
tahlili natijasida o’sha matn muallifi ham aniqlanmoqda. Bunda matnda tez-tez 
ishlatiluvchi til birliklari (otlar, sifatlar, kalit so’zlar, fe’llar, grammatik shakllar
jumla qurilishi, bir so’z bilan aytganda, yozuvchining idiostilini – o’ziga xos 
uslubini ko’rsatuvchi vositalar) lingvostatistik tahlil yordamida aniqlanadi. Turli 
matnlardan olingan dalillarning qiyosiy tahlili bizga o’sha matnning mazmun-
mundarijasini, matn tuzilgan davrni, dalillarni argumentlash xarakterini va hatto 
mualliflikni aniqlashga imkon beradi. Badiiy asarlarning syujet qurilishiga, matn 
strukturasiga kvantitativ metodlarning tatbiq etilishi natijasida F.Dostoyevskiy, 
L.Tolstoy, M.Sholoxov kabi yozuvchilarning matnlari atributsiyasi amalga 
oshirilgan. Keyingi paytlarda anonim (muallifi noma’lum) va psevdonim (soxta 
muallifli) matnlarning aniqlanishi yuzasidan ham tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.


151 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə