O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Natural Language Processing
)dir. 
Kompyuterli modellashtirish - 
bugungi kunda barcha fanlarda, xususan, 
kompyuter lingvistikasida ham samarali metod hisoblanadi. Kompyuter 
modellashtirish quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:

Masalaning qo’yilishi, modellashtirish obyektining aniqlashtirilishi 

Konseptual (tushunhaviy, fikriy) modelning ishlab chiqilishi, tizim 
asosiy unsurlarining ajratib olinishi


148 

Formalizatsiya, ya’ni matematik model bosqichi; algoritm yaratilishi 
hamda dastur ishlanishi 

Kompyuter eksperimentlarini o’tkazish 

Natijalarning tahlili va talqini. 
Sun’iy intellekt tizimi doirsidagi tabiiy tilli interfeys, ekspert tizimlari
neyron tarmoqlar, lingvoanalizatorlar, gapiruvchi avtomatlar – barchasi kompyuter 
modellashtirish natijasi hisoblanadi. 
Kontekstga bog’liq bo’lmagan grammatika
(Context-free grammar) – 
matndan xoli bo’lgan grammatika, chunki undagi qoidalar universal hisoblanib
ma’lum matnga tayanib tahlil etilshga asoslanmaydi, balki u avvaldan empirik 
tarzda belgilab olinadi. Hozirda ushbu grammatika sun’iy programmalash tillariga 
(Pascal, C++, Delphi, HTML) faol tatbiq etilgan, shuningdek, tabiiy tillarni 
formallashtirish jarayonida ham grammatikani bayon qilishning eng optimal usuli 
hisoblanadi. 
Lemmatizatsiya
– so’zning dastlabki, boshlang’ich formasini (lug’atdagi 
shaklini – lemmasini) tashkillashtirish texnikasi bo’lib, bu jarayon o’sha so’zning 
boshqa so’z-shakllaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Lemmatizatsiya 
morfologik tahlil metodi tarkibiga kiradi, u ikki bosqichni o’z ichiga oladi: 1) 
deklarativ bosqich – bunda muayyan so’zning bo’lishi mumkin bo’lgan barcha 
shakllari (so’z-shakllar) belgilanadi; 2) protsedura bosqichi – bunda so’z asos va 
qo’shimchalarga, ya’ni leksemalarga yoki morfemalarga bo’linadi. Lemmatizatsiya 
so’zlarning grammatik valentligi, qaysi affikslar bilan birika olish imkoniyatini 
ham belgilab beradi. Masalan, o’zbek tilida so’zlarning lug’atdagi shakli – 
lemmasi quyidagicha: 

Ot so’z turkumi uchun – bosh kelishik, birlik shakli. 

Fe’l so’z turkumi uchun – harakat nomi shakli 

Sifat so’z turkumi uchun – oddiy daraja shakli
Daftarlarni, daftarlarga, daftarlarning, daftarlardan, daftarlarda 

daftar
Yugurdi, yugurgan, yuguryapti, yugurmoqchi 

yugurmoq
Ko’kimtir, ko’kish, ko’kroq 

ko’k

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə