O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Implikativ universaliya - 
Amerikalik olim Jozef Grinberg tomonidan 
implikatsiyalar (mantiqiy shartli hukmlar) asosida aniqlangan universaliyalar. Olim 
45 ta implikatv universaliyani aniqlagan. Masalan:
1. Agar til uzluksiz affikslarga ega bo’lsa, unda yo prefiksatsiya yoki 
suffiksatsiya yaxshi rivojlangan bo’ladi. 
2. Agar til istisnoli tarzda suffiksal bo’lsa, u holda u til posleloglarga
kelishiklarga boy bo’ladi. 
3. Agar til istisnoli tarzda prefiksal bo’lsa, u holda u til predloglarga boy 
bo’ladi. 
4. Agar til VSO modelida bo’lsa, u tilda predloglar dominantlik qiladi. 
Informatsion qidiruv tizimlari
- formal belgilarga ko’ra informatsiyani 
qidirishga mo’ljallangan avtomatik tizim. IQTlar quyidagi bosqichlar asosida 


146 
ishlaydi: informatsiyani jamlash, informatsiyani klassifikatsiya qilish, hujjatning 
qidiruv obrazi (HQO)ni yaratish, hujjatning qidiruv obrazi va hujjatlarni saqlash, 
qidirish va natijani chiqarish. 
“Informatsion qidiruv”
(inglizcha 
“information retrieval”
) termini 1948 
yilda Kelvin Mur tomonidan fanga kiritilgan. Informatsion qidiruv tizimi bu 
ma’lumotlarni qisqa vaqt birligi ichida qidirib topish, kerakli hujjatlarni 
ma’lumotlar bazasidan topishni optimallashtirish tizimidir. Bu yo’nalish ilmiy-
texnikaviy axborotlarning ko’payib ketishiga javoban 1960 yilning oxirlarida 
yuzaga keldi. Axborot ko’paygan sari uni saralash, keraklisini qidirib topish 
muammosi yuzaga keldi. Mazkur muammoni bartaraf etish uchun olimlar 
information qidiruv tizimlari g’oyasini taklif etdilar. Bu yo’nalish internet tarmog’i 
yuzaga kelgandan so’ng yanada rivojlandi. Masalan, bugun hammaga ma’lumki, 
internetda 
Google, Yandex, Rambler, Yahoo
kabi qidiruv tizimlari mavjud.

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə