O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Freym - 
bilimlar strukturasiga oid tayanch tushunchalardan biri hisoblanadi. 
Freym – (inglizcha frame – “karkas”, “ramka”, “skelet” ma’nolarini anglatadi) 
sun’iy intellekt tizimida bilimlarni, stereotip (juda ko’p kuzatiladigan, tipik) 
vaziyatlarni 
gavdalantirishning 
bir 
usuli 
sanaladi. 
Ya’ni 
freymga 
modellshtirilayotgan hodisa, vaziyat va jarayonlarni umumlashtirilgan holda 
joylashtirish mumkin. Freym — mavhum obraz modeli bo’lib, muayyan obyekt
voqea-hodisa, vaziyat va jarayonlarning formal tavsifi demakdir (masalan, 
restoranga borish, shifokor qabulida bo’lish, ma’ruzlarga qatnashish, tug’ilgan kun, 
futbol o’yini kabi tipik vaziyatlar). Dastlab “freym” termini XX asrning 70-
yillarida Marvin Minskiy tomonidan olamning kompyuter modelini o’z ichiga 
oluvchi bilimlar strukturasiga nisbatan ishlatilgan. Shundan so’ng freym 
semantikasi konsepsiyasi 
(frame semantics) 
amerikalik tilshunos Charlz Fillmor 
tomonidan rivojlantirildi. Mazkur konsepsiyaga ko’ra so’zlar, so’z birikmalari, 


143 
gaplar, matn ma’nosi 
sahnalar
bilan uyg’unlashtrilgan, shartlangan bo’ladi. Bir 
freym boshqa bir freymning davomi yoki tarkibiy qismi bo’lishi mumkin. 
Freymlar sun’iy intellekt tarkibiga kiruvchi ekspert tizimlarida faol ishlatiladi. 
Freymning quyidagi turlari mavjud: freym-namunalar, freym-strukturalar, freym-
rollar, freym-senariylar, freym-vaziyatlar. Freymlar tizimi birlashib 
semantik 
tarmoq
ni hosil qiladi. Freym kompyuter xotirasida bilimlar xazinasi va faktlar 
omboriga tayanib olamni maxsus shakllantiruvchi model vazifasini bajaradi. 
Freym 
slot 
deb
 
atalgan
 
bir yoki bir necha elementlarning majmui hisoblanadi. 
Slotlarda obyektlarga xos belgilar ma’nosi qayd etilgan bo’ladi.
Freym-senariy
- ba’zi harakat, voqea-hodisalarning harakterli unsurlarini o’z 
ichiga olgan tipik strukturalar hamda vaziyatlarning rivojlanishi, ketma-ketligi 
(algoritm bosqichlari) demakdir. Senariy bu oddiy voqea-hodisalar zanjiri emas, 
balki ushbu harakatlar ketma-ketligida kauzal bog’liqlik tamoyili ishlaydi, ya’ni 
har bir harakat natijasi shartli sanaladi, uning ta’siri va oqibatida navbatdagi ish-
harakat sodir bo’lishi mumkin. Har bir senariyda rol bajaruvchilar mavjud. 
Senariylar real hayotda uchraydigan vaziyatlarni aks ettiruvchi holatlar asosida 
yuzaga keladi. Masalan, restoranga tashrif buyurish senariysi. 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə