O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Elektron ensiklopediya
– kuchli qidiruv tizimiga ega bo’lgan ma’lum 
yo’nalishdagi illyustrasiyali maqolalar, elektron xaritalar, fotosuratlar, 
giperhavola(gipermurojaat)lar, audio va videoizohlar, xronologik ro’yxat, 
foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati va hokazolardan iborat 
bo’lgan katta hajmdagi elektron dastur.
Elektron lug’atlar
- leksikografiya sohasiga kompyuter texnologiyalarining 
tatbiq etilishi natijasida yaratilgan lug’atlar, ular odatdagi lug’atlar asosida 
tuzilgan, multimedia vositalari bilan boyitilgan dastur. Eng mashhur elektron 
lug’atlar 
sirasiga 
CONTEXT, 
ABBY 
LINGVO, 
М
ULTITRAN, 
POLYGLOSSUM, MULTILEKS kabilar kiradi.
Elektron lug’atlarning tayyorlanishi quyidagicha: a) lug’atning so’zligi 
shakllantiriladi; b) misollar korpusi (elektron kartotekalari) tuziladi; c) lug’at 
maqolalari yoziladi; d) lug’at maqolalarini ma’lumotlar bazasiga ko’chiriladi; e) 
bevosita ma’lumotlar bazasida lug’at matni tahrir etiladi, korrektirovka qilinadi; f) 
lingvistik ta’minot dasturiy ta’minot bilan uyg’unlashtiriladi; g) elektron lug’at.
Elektron lug’atlar an’anaviy kitobiy lug’atlarga qaraganda bir muncha 
afzalliklarga ega. Elektron lug’atlarning hajm jihatidan ixchamligi, kompaktligi, 
boshqa manbalarga (internet tarmog’i orqali, gipermurojaatlar yordamida) ulanish 
imkoniyati, mavjud matnlar korpuslari yordamida illustrativ misollar tuza olish 
imkoniyati, multimediali misollar bilan boyitilganligi, so’zlarning sinonimik 
variantlari, 
omonimlik 
xususiyatlari, 
grammatik 
ma’lumotlar 
bilan 
ta’minlanganligi va ularni tezlik bilan foydalanuvchiga havola etilishi kabi jihatlari 
elektron lug’atlarning optimalligini ta’minlaydi. 
Elektron multimedia darsligi 
– aynan kompyuter vositasida o’quv kursini 
yoki uning bitta katta bo’limini o’qituvchi yordamida yoki mustaqil o’zlashtirishni 
ta’minlovchi dasturiy-metodik kompleks bo’lib, bunda tizim matnli fayllar, turli xil 
animatsiyalar, audio va videoeffektlar bilan boyitilgan bo’ladi.

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə