O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Formal grammatika turlari
- N.Chomsky qoidalarning ifodalanish turiga 
qarab formal grammatikani 4 tipga ajratgan va bu 
Chomsky ierarxiyasi
deb 
nomlanadi:
1.
0 grammatika (unrestricted phrase-structure grammar)
– juda 
murakkab generativ grammatika, bunda 
G=(N,

, P, S) 
belgilari yordamida ish 
ko’riladi. N, 

- alifbo (N – noterminal simvollar, u grammatikadagi simvollarni 
o’z ichiga oladi; 

- metatilning terminal simvollari, u tildagi so’zlarni qamrab 
oladi); S – noterminal to’plamning boshlang’ich simvoli, 
Р
– qayta ishlab chiqilgan 
qoidalar. Bunda terminal va noterninal simvollarni birlashtiruvchi 
V
 
belgisi qabul 
qilingan, u inglizcha Vocabulary (lug’at) so’zidan olingan 
(
V=T

N)
. Bu 
grammatika o’ta abstraktlashgan matematik modellarga, informatika nazariyasiga 
tatbiq etilgan. 


142 
2.
1 grammatika (context-sensitive grammar)
– kontekstga bog’liq 
grammatika bo’lib, bunda simvollar zanjiri kontekst bilan aniqlanishi mumkin. Bu 
grammatika tabiiy tillar unsurlarining generatsiyasida faol qo’llaniladi. 
3.
2 grammatika (context-free grammar) 
– kontekstga bog’lanmagan 
grammatika bo’lib, u programmalashtirish tillari unsurlarining generatsiyasida 
(ifodalar, buyruqlar tizimida) ishlatiladi. 
4. 
 3 grammatika (regular grammar) 
– regulyar grammatika deb ataladi, 
u juda sodda va cheklangan grammatika bo’lib, tilning sodda unsurlari uchun 
ishlatiladi (miqdor, konstantalar, o’zgaruvchilar uchun). 
Frazeologik mashina tarjimasi
– avtomatik tarjimaning sifatini oshirish 
uchun Rossiyada professor G.G.Belonogov tomonidan ishlab chiqilgan 
konsepsiya. Bunga ko’ra matndagi tushunchalar ko’pincha alohida so’zlar 
yordamida emas, balki so’z birikmalari yordamida ifodalanadi. O’z-o’zidan kelib 
chiqadiki, matnni bir tildan boshqasiga tarjima qilish jarayonida ham mazmunni 
yuzaga chiqaruvchi asosiy til birliklari ham alohida so’zlar emas, balki tipik 
vaziyatlarni ifodalovchi frazeologik birikmalar (bu yerda frazeologik birlik keng 
ma’noda tushuniladi) hisoblanadi. Mazkur yondashuvga muvofiq matnda tez-tez 
uchraydigan so’zlar, iboralar, so’z birikmalari, nutqiy etiket namunalarining 
tarjima ekvivalentlari bilan boyitilgan ma’lumotlar bazasi frazeologik mashina 
tarjimasi tizimining asosini tashkil etadi. Bunda so’zlarning distributsiyasiga eng 
ko’p e’tibor beriladi. Bu metod polisemantik so’zlarning tarjimada mos keluvchi 
to’g’ri ekvivalentini tanlashga, omonim so’zlarning kontekstagi holatini 
aniqlashga, iboralarning ham idiomatik xususiyatini belgilashga imkon beradi.

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə