O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Example Based Translation 
(“Namunalarga asoslanadigan tarjima”) -1984 
yilda Yaponiyaning Kioto universiteti professori, mashina tarjimasi bo’yicha 
yapon davlat dasturi rahbari Makoto Nagao tomonidan yaratilgan yangi 


141 
konsepsiya. Ushbu konsepsiyaga ko’ra matnlar ilgari inson qo’li bilan tarjima 
qilingan matnlarga tayanib analogiya tamoyili asosida tarjima qilinishi lozim. 
Buning uchun kompyuterga kiritilgan katta hajmdagi 
bilingv bazasi 
(matn va 
uning tarjimalari) shakllantirilishi zarur. Yangi matnlar tarjimasida bilingv 
massividan o’xshash matn fragmentlari tanlanadi va tarjimaning muvaffaqiyatli 
chiqishida foydalaniladi. M.Nagao mashina tarjimasiga bunday yondashuvni 
“Example Based Translation”
(“Namunalarga asoslanadigan tarjima”) deb 
nomladi, ilgarigi an’anaviy yondashuv 
“Rule Based Translation” 
(“Qoidalarga 
asoslanadigan tarjima”) deb ataladi. 
Formallashtirish
bilimlar majmuasini, mazmunini muayyan shakllar 
yordamida sun’iy til belgilari orqali ifodalashdir. Grammatikani formallashtirish 
tendensiyasi XX asrning o’rtalarida kuchaydi. Bu bevosita tilning strukturasini 
yanada aniq parametrlarda ifodalashga intilish, uni kompyuterga moslashtirishga 
urinish bilan bog’liqdir. Formal grammatika nazariyasi matematik mantiq
matematik linvistikaning rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan. Grammatikani 
formallashtirish (lotincha forma – “shakl”, “tashqi ko’rinish”) konsepsiyasining 
asoschisi amerikalik tilshunos Noam Chomskydir. Formal grammatika abstrakt 
simvollar orqali bayon etiladigan grammatika hisoblanib, unda til qoidalari, so’z 
yasalishi, birikma va gap qurilishi turli xil lingvistik modellar, struktur sxemalar 
yordamida tavsiflanadi. Formal grammatika 3 ta birlik asosida ish ko’radi: 
1. Word-classes – so’z turkumlari (tub va yasama so’zlar). 
2. Phrases – gap bo’laklari.
3. Sentences – gap konstruksiyalari sxemalari, modellari. 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə