O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


YEUROTRA sitemasi  barcha Yevropa tillari bo’yicha avtomatik tarjimani amalga oshira oladi.  SOKRAT



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

YEUROTRA
sitemasi 
barcha Yevropa tillari bo’yicha avtomatik tarjimani amalga oshira oladi. 
SOKRAT 
sistemasi ham 40 mln. ta so’z xotira kuchiga ega bo’lib, dunyodagi 40 
ta tilda avtomatik tarjimani amalga oshiradi.
Internet tizimining rivojlanishi natijasida avtomatik tarjima global 
tarmoqda ham tashkil etildi, ya’ni hozirgi kunda 
online-tarjima tizimi
ham faol 
yo’lga qo’yilgan.
 
Avtomatik tahrir
- kompyuter lingvistikasining asosiy yo’nalishlaridan 
biri bo’lib, u kompyuterdagi matn muharrirlari (
Microsoft Word, Excel, 
Wordpad, Lexicon
) rivojlanishi bilan bog’liqdir. Avtomatik tahrir matndagi 
mexanik xatolarni avtomatik tarzda to’g’rilanishi va xato ekanligi haqidagi 
signallarning userga taklif etilishi kabilar bilan bog’liq. Buni aniq misollar bilan 
tushuntiriladigan bo’lsa, Microsoft Word dasturi bilan ishlar ekanmiz, unda 
so’zlarning yozilishi bilan bog’liq xatolar bo’lsa, ularning ostiga qizil yoki ko’k 
rangda ostiga chizilishi, katta harf bilan yozilishi kerak bo’lgan so’zlarning 
avtomatik bosh harfga o’tkazilishi, hujjatga avtomatik numeratsiya qo’yilishi 
kabilar avtomatik tahrir erishgan yutuqlar hisoblanadi. 
Avtomatik tahrir yo’nalishi XX asrning o’rtalariga kelib rivojlandi. U matn 
muharrir dasturlari bilan birgalikda yangicha imkoniyatlar bilan, qo’shimcha 


138 
effektlar bilan rivojlanmoqda. Shu o’rinda alohida ta’kidlash zarurki, avtomatik 
tahrirlash tizimi faqat matn muharrirlari dasturlari bazasiga qo’shilgan tillarda 
amal qiladi, masalan, ingliz, rus, nemis, fransuz tillarida.
Avtomatik tahrirlash tizimi juda ko’p amaliy vazifalarni o’z ichiga oladi. 
Bu vazifalarning eng asosiylarini umumlashtirib sanab o’tmoqchimiz:
-
orfografiyani tekshirish; 
-
grammatika va stilistikani tekshirish; 
-
kontekstli qidiruv; 
-
formatlash; 
-
avtomatik referatlash – matndagi kalit so’zlar asosida uning umumiy 
mundarijasini yaratish; 
-
matn ichiga jadval, rasm, turli figuralar, klip-artlar, grafik sxemalar
diagrammalar qo’shish, giperhavolalar bilan ta’minlash; 
-
matndagi abzatslar, belgilar, so’zlarning aniq miqdorini aniqlash 
(statistikasini ko’rsatish); 
-
tezaurus xizmati – matndagi muayyan so’zning sinonimik variantlarini 
aniqlash; 
-
transliteratsiyalash – bir alifbodan boshqa alifboga o’tkazish (masalan, 
kirill alifbosidan lotin alifbosidagi harfga almashtirish). 
Ms Word dasturida orfografiyani tekshirish imkoniyati cheklanganligi bois 
hozirgi kunda maxsus Spell Checker dasturlar yaratilmoqda. Bunday dasturlar 
sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: SpellLink Multilingual Pro (ingliz, ispan, 
italyan, nemis, fransuz, portugal, ukrain tillaridagi so’zlarning to’g’ri yozilishini 
tekshiradi), Orfo SpellLink English, SpellLink French, SpellLink Italian, SpellLink 
Spanish, Ruta 1.0 (rus va ukrain tillaridagi so’zlarning imlosini tekshirishga 
yordam beradi), Asutype, Spellex, Spell Catcher kabi.

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə