O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


semantik tarmoq, freym, senariy, Word-net



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

semantik tarmoq, freym, senariy, Word-net
kabi 
tushunchalar va ularning tatbiqi muhim hisoblanadi.
С
ALL
(Computer Assisted Language Learning) – til o’qitishni 
avtomatlashtirish - xorijiy tillarning kompyuter yordamida o’qitilish tizimini 
ta’minlovchi amaliy dasturlar hamda bilimlarni avtomatik baholash mexanizmlari. 
Til o’rgatishda kompyuterdan foydalanish bo’yicha dastlabki tajribalar XX asrning 
60-yillarida Stenford (Russian-Program) va Nyu York universistetlarida (Das 
Deutche Program) o’tkazildi. XX asrning 70-80-yillarida til o’qitishda 
kompyuterdan foydalanishga bo’lgan qiziqish kuchaydi va hatto alohida yo’nalish 

Computer Assisted Language Learning (CALL)
ning yuzaga kelishiga olib 
keldi. CALL bo’yicha 1-xalqaro konferensiya 1985 yil 12-13 noyabrda Budapesht 
shahrida o’tkazildi.
O’qituvchi lingvistik avtomatlardan foydalanishda 2 xil yondashuv mavjud:
1) bixevioristik yondashuv – mavjud an’anaviy o’qitish tizimining barcha 
jabhalarini e’tiborga oluvchi o’qitish mexanizmlari, bunda grammatikaning 
ma’lum bo’limi tugagandan so’ng, uni topshiriqlar asosida baholash, shuningdek, 
leksik minimumlar bo’yicha bilimni nazorat qilishga yo’naltirilgan dasturiy 
ta’minotga asoslangan o’qitish tizimi. Bunda bixeviorizmning 
“stimul-reaksiya-
mustahkamlash”
formulasiga asoslaniladi. O’qitish usullari “stimul” (turtki) 
vazifasini bajaradi, o’rganuvchi bundan ta’sirlanadi va bilimni mustahkamlaydi.
2) kognitiv-intellektual yondashuv – CALL (CALL Software) uchun 
universal dasturiy ta’minotlar yaratish, o’qitish tizimini lug’at bazasi, grammatika 
bo’yicha qo’llanmalar, tizimni 
avtomatik korrektorlar

speller
bilan ta’minlash, 
audio
va 
vizual effektlar
bilan boyitish kabi amaliy ishlar majmuidir. 
Ekspert tizimi
– muayyan sohadagi ekspertlik yoki mavjud bilimlarning 
immitatsiyasi tarzida yaratilgan kompyuter dasturi. Boshqacharoq aytganda ekspert 
tizimi maxsus sohaga oid barcha bilimlar jamlangan qomus yoki o’ta professional 
ekspertlarning kompyuter modelidir. Ekspert tizimlarining asosiy ikkita tarkibiy 


140 
qismi mavjud: ma’lumotlar ombori va mantiqiy mashina. Ekspert tizimlari 
konsepsiyasi Stenford universiteti professori Eduard Feygenbaum nomi bilan 
bog’liq bo’lib, u 1977 yilda murakkab mantiqiy masalalarni yechishda kompyuter 
dasturlarining samaradorligi formallashtirish va dasturlash texnikasidan ko’ra 
muammoli sohaga doir bilimlar bazasiga bog’liq ekanligini asoslab berdi. 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə