Psixologiya” kafedrasi “oiladagi inqirozli vaziyatlarning bola shaxsini rivojlanishiga taʼsiri” mavzusidagi kurs ishi bajardi



Yüklə 121,56 Kb.
səhifə1/7
tarix24.12.2023
ölçüsü121,56 Kb.
#160831
  1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi (3)munisa.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI


OILADAGI INQIROZLI VAZIYATLARNING BOLA SHAXSINI RIVOJLANISHIGA TAʼSIRI”
mavzusidagi


KURS ISHI
Bajardi: PS 303-guruh talabasi
_________ Xasanova M
Rahbar: “Psixologiya” kafedrasi
Dotsenti, ps.f.n. ____________Tursunov L

TOSHKENT-2023
MUNDARIJA:
KIRISH.....................................................................................................................3
I.BOB.ZAMONAVIY OILALARDA INQIROZLI VAZIYATLAR VA ULARNING NAMOYON BO'LISHI.
1.1 Oiladagi inqirozlar va ularning oqibatlari.............................................................7
1.2 Oilaviy ziddiyatlarning er-xotin va farzandlar taqdiriga ta'siri...........................14
II.BOB.OILA A’ZOLAR O’RTASIDAGI O’ZARO MUNOSABATLAR VA ULARNING HAR BIRINI OILADA TUTGAN O’RNI
2.1 Ijtimoiy institut sifatida zamonaviy oilaning inqiroz sabablari.........................21
2.2 Inqirozli oilani ijtimoiy-psixologik jihatdan qo`llab-quvvatlash va unga yordam ko`rsatish…………………...…………………………..........................................29
XULOSA................................................................................................................36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR...............................................................38


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlagandek, “Oila bu muqqaddasdir, bunga biz befarq emasmiz, chunki O‘zbekistondagi har bir oila uchun biz g‘amxo‘rdirmiz” deb ta’kidlagan edilar. Hozirgi kunda “Oila ilmiy-tadqiqot inistituti” faoliyati ishimizning dolzarbligini oshiradi. Kirish sozi o'rnida Mamlakatimizda barcha aholining 97 foizi oilalarga birlashib yashaydi, qolgan uch foizi – ya’ni, yolg’iz qolgan keksalar, ota-onadan yetim bolib qolgan va Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotganlar, boshqa yurtdan kelib vaqtinchalik Ozbekistonda istiqomat qilayotganlar ham oila a’zolari, yaqinlari, yurtdoshlari, turli davlat va nodavlat tashkilotlaridagi insonparvar odamlarning mehridan darig’ emas. Shu ma’noda oila – inson oz baxti va saodati, orzu-havaslari, maqsadmuddaolarini mushtarak qilgan, ozini inson sifatida idrok etib hayot nashidasini suradigan muqaddas makondir. Oila – ijtimoiy institutlarning eng qadimgisidir. Insoniyat boshidan kechirgan tarixiy davrlarning qanchalik turfa va murakkab bolishiga qaramay, ayniqsa, XIX va XX asrlarda roy bergan buyuk ozgarishlar va islohotlarga dosh bera olgan ushbu maskan oz tizimi, tarkibi va jamiyat oldida turgan majburiyatlarini bajarishi nuqtai nazaridan sog’ omon saqlanib qolgan tuzilmadir. Oilani insonlar tashkil etgani va undagi hayot-mamotni ular ortasidagi ozaro munosabatlar tashkil qilishini hisobga oladigan bolsak, uni sof psixologik jarayonlar maskani ham deb atash mumkin. Oila – jamiyatning ajralmas bolagi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yoqki, u ozining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan bolsa. Har qanday istiqbol oilaning manfaatlaridan ayro tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson uchun oila – bu umrning boshlanishi, barcha narsalarning muqaddimasidir. Qolaversa, har bir inson oz baxti va saodatini eng avvalo oilasi bilan bog’laydi, ya’ni, oz uyi, oilasida baxtli bolgan insongina ozini tolaqonli bahtiyor his etadi. Hozirgi kunda oilani saqlab qolish va mustahkamlash uchun moddiy va huquqiy sharoitlarni yaratishdan ko'ra muhimroq davlat vazifasi yo'q. Oilaning qulashi jamiyatning, demak davlatning qulashiga olib keladi. Va bu nafaqat o'z rivojlanishining eng qiyin davrlaridan birini boshdan kechirayotgan Rossiyaga, balki boshqa har qanday mamlakatga ham tegishli. Shu sababli, bir necha yil oldin Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Rossiya ham ishtirok etgan Xalqaro oila yili doirasida bir qator tadbirlarni o'tkazgani ajablanarli emas. Bu xalqaro hamjamiyat zamonaviy dunyoda oilaning roliga katta ahamiyat berishidan dalolat beradi. Tarixning jiddiy o’zgarishlariyu, evrilishlar va islohotlarning turlicha ko’rinishlariga dosh bera olgan, dosh berish bilan birgalikda o’zida asriy udumlar, ajralmas bo’lagi hisoblanadi. Biror bir xalq, millat yoki jamiyat yo’qki, u o’zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlrni inobatga olmagan bo’lsa. Jamiyatdagi har qanday rivojlanish, taraqqiyot va farovonlik oilaning manfaatlarini inobatga olinmasdan ro’y bermaydi. Mamlakat taraqqiyoti hamda madaniyat darajasini o’lchash uchun uning xotin-qizlarga, demakki, oilalarga bo’lgan munosabatini aniqlash o’rinlidir. Ya’ni, oila farovonligi – jamiyat farovonligidir. Shu bilan birga har bir shaxsning taraqqiyoti va hayotdan roziligi darajasi ham oilaning faravonligiga, uning biqiyligiga bog’liq ekanligi ham barchamizga ayon. Lev Tolstoy yozganidek, “o’z uyida baxtli bo’lgan kishigina baxtlidir”. Shunday insonlardan iborat jamiyatda esa xotirjamlik, to’kin-sochinlik, farovonlik bo’lishi muqarrar. Oilaning muqaddasligi uning umuman inson jamiyati, undagi o’lmas qadriyatlarning saqlanib qolishida uning ayrim alohida olingan shaxs bilan yahlit jamiyat o’rtasida o’ziga xos bog’lovchi mexanizm-ko’proq rolni o’ynashida xam yaqqol namoyon bo’ladi. Zero madaniy ma’naviy qadriyatlarni saqlab, avloddan avlodga yetkazishda shu jamiyatdagi oilalardan tashqari davlat va jamoatchilik tashkilotlari, ta’lim muassasalari , madaniyat o’choqlarining ham muayyan ro’li bor, lekin ulardan farqli konsepvatiproq hisoblanmish oila mana ko’p asrlar davomida avlodlararo muqaddas sanalib kelinayotgan qadriyatlarni asrab avaylab kelmoqda. Shuning uchun davlat oilaning mustahkam va farovon bo’lishi, odamlarning unda tinchlik, xotirjamlikda yashashlaridan hamisha manfaatdor ekanligi sababli ham muayyan qonunlar va yuridik tizimni ushlab turadiki, ular orqali nafaqat nikohning o’zini, balki ota-ona va farzandlar o’rtasidagi munosabatlarni ham muvofiqlashtirib beradi.
O’zbekistonda har bir oilaga ko’rsatilayotgan be’nazir e’tibor, bola tug’ilishi va katta bo’lishi uchun suyunchi pullarning berilishi, muayyan turli nafaqalarning belgilanishi, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofaza qilinayotganligi, ota yoki ona farzand oldida o’z burchini bajarmagan taqdirda moddiy, ma’naviy, hatto, jinoiy sanksiyalar orqali jazolanishi ushbu noyob maskanni mustahkamlash, u orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlarni keyingi avlodlar uchun saqlash vazifasini bardavom etishdan iboratdir. Yosh oilaning ijtimoiy-siyosiy muhofazasi, undagi munosabatlarning muvoqlashuvi o’zbekiston respublikasi konstitusiyasining 14-bobidan o’rin olgan qator moddalarda o’z ifodasini topgan. Ushbu bobning 63-moddasida “oila jamiyatning asosiy negizi hisoblanadi va jamiyat hamda davlat himoyasi huquqiga ega” ekanligi e’tirof etilgan. Shuningdek, 1998-yil 30-aprelda Oliy Majlis tomonidan O’zbekiston Respublikasining oila Kodeksi qabul qilingan bo’lib, unda oilaviy munosabatlarning barcha qirralari, ularning yechimlari o’zining to’la aksini topgan. Kodeksda jamiyatning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy yuksalishida oilaning o’rni, uning ulg’ayib kelayotgan yosh avlodning madaniy-ma’rifiy, ma’naviy hamda tibbiy madaniyati yuksalishidagi roli va ahamiyati ko’rsatib o’tilgan.
Xususan, ushbu qonun xujjatida oilaning muhim vazifasi sifatida o’zaro mehrmuhabbat, ishonch, hurmat,hamkorlik,o’zaro yordam hamda ma’suliyat hislari asosida oilaviy munosabatlarni shakllantirish va mustahkamlash zarur ekanligi qayd etilgan.

Yüklə 121,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə