Psixologiya” kafedrasi “oiladagi inqirozli vaziyatlarning bola shaxsini rivojlanishiga taʼsiri” mavzusidagi kurs ishi bajardi


Muammoning o'rganilganlik darajasi



Yüklə 121,56 Kb.
səhifə2/7
tarix24.12.2023
ölçüsü121,56 Kb.
#160831
1   2   3   4   5   6   7
kurs ishi (3)munisa.

Muammoning o'rganilganlik darajasi: O`zbekiston sharoitida ham endi keng ko`lam yozayotgan xususiy va davlat muassasalari taklif etayotgan “Oila saboqlari”, “Ijtimoiy psixologik treninglar” aynan er-xotinlarni ota-onalikka va o`zaro munosabatlarning turli jihatlariga qaratilgandir. Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi tomonidan mahallalarda tashkil etilayotgan “Ota-onalar universitetlari”ning asosiy maqsadi va yo`nalishi ham aynan shu kabi muammolarni joyida, oila muhitida yechishga kattalarni va yoshlarni o`rgatish, ularda sohlom munosabatlar psixologiyasini shakllantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Taniqli tadqiqotchi olimlar U.Jems, CH.Kuli, U.Tomas, F.Znanetskiy, J.Piaje, Z.Freyd kabila oilaning davrasida ro`y beradigan shaxslararo munosabatlarning xarakteriga alohida e’tibor berishib, bir shaxsning boshqa bir shaxs ta’sirida qanday qilib, o`z sifatlarini takomillashtirishi, o`zgartirishi, tarbiyalanishi kabi qator masalalarni o`rgandilar. Natijada, bu borada olib borilajak ilmiy izlanishlarning naqadar muhimligi o`z navbatida jamoatchilikning diqqat-e’tiborini tortdi. Olimlar oila borasida o`tkaziladigan tadqiqotlar va unda qo`llaniladigan usullarning noyobligini ta’kidlashib, oila tadqiqotlarida rioya etilishi zarur bo`lgan odob normalari haqida ham fikr yuritganlar. Masalan, amerikalik sotsiolog R.Xill va boshqalar oila va nikoh muammosini o`rganishning sermashaqqat ish ekanligini ta’kidlab, usullarni tanlash va respondentlar bilan ishlaganda quyidagi omillarni hisobga olish maqsadga muvofiq ekanligi to`g’risida yozgan:


Yüklə 121,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə