O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

“Informatsion qidiruv”
(inglizcha 
“information retrieval”
) termini 1948 
yilda Kelvin Mur tomonidan fanga kiritilgan.
81
Informatsion qidiruv tizimi bu 
ma’lumotlarni qisqa vaqt birligi ichida qidirib topish, kerakli hujjatlarni 
ma’lumotlar bazasidan topishni optimallashtirish tizimidir. Bu yo’nalish ilmiy-
texnikaviy axborotlarning ko’payib ketishiga javoban 1960 yilning oxirlarida 
yuzaga keldi. Axborot ko’paygan sari uni saralash, keraklisini qidirib topish 
muammosi yuzaga keldi. Mazkur muammoni bartaraf etish uchun olimlar 
information qidiruv tizimlari g’oyasini taklif etdilar. Bu yo’nalish internet tarmog’i 
yuzaga kelgandan so’ng yanada rivojlandi. Masalan, bugun hammaga ma’lumki, 
internetda 
Google, Yandex, Rambler, Yahoo
kabi qidiruv tizimlari mavjud.
Informatsiyani qidirish quyidagi 4 bosqichni o’z ichiga oladi: 

Informatsiyaga bo’lgan talabni aniqlashtirish hamda informatsion 
so’rovni shakllantirish; 

So’ralgan 
informatsiya 
saqlangan 
manbalarni 
(informatsion 
massivlarni) aniqlash; 

Information massivlardan zaruriy informatsiyani ajratib olish; 

Informatsiya bilan tanishish va qidiruv natijalarini baholash. 
Qidiruvning quyidagi turlari mavjud:
1. To’liq matnli qidiruv – hujjatning to’liq mazmun-mundarijasi asosida 
amalga oshiriladigan qidiruv. Masalan, internetdagi qidiruv tizimlari: 
www.yandex.ru, www.google.com. 
2. Metama’lumotlar bo’yicha qidiruv – hujjatning muayyan atributlari 
(hujjat nomi, yaratilgan vaqti, hajmi, muallifi) asosida amalga oshiriladigan 
qidiruv. Qidiruvning bu turiga MS Windows tizimida fayllar bilan ishlashda 
foydalaniladigan qidiruv dialogi misol bo’la oladi.
3. Tasvir qidiruvi – tasvirning mazmuni asosida amalga oshiriladigan 
qidiruv. Bunda qidiruv tizimi rasmning mazmunini taniydi va natijada shunga 
o’xshash rasm topiladi. 

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə