O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

Po'latov A., Muhamedova S. 
Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2007. – B. 66-67. 


89 
o’tkazish, ya’ni faqat matnni o’zgartirib, dasturni har xil mavzularda qo’llash 
mumkin.
7. 
Elektron virtual kutubxona
– multimedia xonasining keng 
imkoniyatlaridan yana biri, elektron nusxa yoki elektron multimedia darsliklari 
mujassamlangan, tarmoqqa ulangan kutubxona.
8. 
Masofaviy ta’lim
– bu masofadan Internet tarmog’i orqali o’qitish usuli 
bo’lib, uning asosida respublikamizda ma’lum sohalar bo’yicha test-tajribalar 
o’tkazilmoqda.
Tillarni 
avtomatik 
o’qitish 
tizimi 
hisoblangan 
kompyuter 
lingvodidaktikasida quyidagi turdagi topshiriqlardan foydalaniladi:
a) 
Close the gap
– Bo’sh kataklarni to’ldiring topshirig’i. Bunda semantika 
+ grammatika sohalarini o’rganish ko’zda tutiladi; 
b) krossvordlar va leksik o’yinlar; 
c)
elektron pochtadan foydalanib bajariladigan mashq (turli xatlar yoki 
elektron hikoyalar tuzish asosida - 
maze

word-hunting

d) matnlarning avtomatik tarjimasi va tahriri bo’yicha mashqlar; 
e) grammatikaning turli bo’limlari bo’yicha diagnostik testlar o’tkazish; 
f) CD-ROMda standart o’qitish kurslaridan foydalanish.
Ingliz tilini o’rgatishga mo’ljallangan quyidagi oquv dastrulari mavjud: 
TOEFL tizimi – ingliz tilini avtomatik o’qitishga mo’ljallangan eng 
rivojlangan xalqaro dastur. U dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida amal 
qiladi, u inglizcha Test Of English as a Foreign Language so’zlarining qisqartmasi 
bo’lib, ingliz tilidan xorijiy til sifatida sinov standarti hisoblanadi. Bu tizim ingliz 
tilini o’rgatish bilan birgalikda o’zlashtirilgan bilimlarni diagnostika qila olish 
imkoniyatiga ham ega.
IELTS – TOEFL tizimiga o’xshaydigan avtomatik til o’rgatish va 
bilimlarni diagnostika qilish tizimi. U grammatika, lug’at, o’qib va eshitib 
tushunish, to’gri jumla qurish kabilar yuzasidan bilimlarni baholaydi.
ENGLISH FOR ALL (Hamma uchun ingliz tili) – O’zbekistonda 
yaratilgan avtomatik o’qitishga asoslangan o’quv dasturi. Unda o’quvchiga ingliz 
tilidagi tovushlar va ularning talaffuzi audio effektlar yordamida tushuntiriladi, 
qisqacha ingliz tili grammatikasi bayon etiladi, mashqlar va testlar yordamida 
bilimni tekshiradi. Ushbu o’quv dasturining afzal tomoni shundaki, unda o’qitish 
tizimi video effektlar bilan ham boyitilgan, ingliz tilida multfilmlar kiritilgan va 
inglizcha qo’shiqlar karaoke bilan ta’minlangan.
WAY TO PERFECTNESS (Mukammallik uchun yo’l) – ingliz tilini 
avtomatik tarzda o’qitishga mo’ljallangan o’quv dasturi bo’lib, bunda ham 
multimedia bilan ta’minlangan. Ushbu dasturning yuqoridagilardan farqli tomoni 
shundaki, unda dastur “elektron” (“virtual”) o’qituvchi bilan ta’minlangan. 


90 
REWARD – bir necha yil davomida o’qitishga mo’ljallangan til o’rgatish 
tizimi. 
PROFESSOR HIGGINS - 
АНГЛИЙСКИЙ
БЕЗ
АКЦЕНТА
- fonetik 
trenirovka, ingliz tilida aksentsiz talaffuz me’yorlarini o’rgatuvchi tizim.
REPETITOR ENGLISH - Moskvadagi ingliz tilini o’rgatuvchi xalqaro 
markaz tashabbusi bilan yaratilgan. Mazkur tizim ingliz tilini turli xil zamonaviy 
metodlar va elektron metodik ishlanmalar paketi yordamida avtomatik tarzda 
o’rgatishga mo’ljallangan.
EURO PLUS – uch yil davomida ingliz tilini bosqichma-bosqich 
(Elementary, Intermediate, Upper intermediate, Advanced English) tizimli tarzda 
o’rgatishga asoslangan avtomatik o’qitish tizimi.
Bugungi kunda o’qitishni kompyuterlashtirish nazariyasini ishlab chiqish, 
haqiqatan ham, o’quv faoliyatining samaradorligini oshiradigan, o’rganilayotgan 
mavzuga nisbatan ijobiy munosabat va qiziqishni shakllantiradigan ta’limiy-
elektron ishlanmalarni yaratishning umumiy va xususiy mezonlarini belgilash 
zarurati paydo bo’ldi. Hozirgi paytda Rossiya, Fransiya, Yaponiya, Kanada va 
boshqa mamlakatlarda ta’limiy-elektron ishlanmalarni yaratish konsepsiyasini 
ishlab chiqish bo’yicha ilmiy-metodik tadqiqotlar olib borilmoqda. Konsepsiyada 
ishlanmalarning mohiyati, ularni yaratish, tekshirish va qo’llash tartibi belgilanadi. 
Mutaxassislarning fikricha, ta’limiy-elektron ishlanmalar asosan texnik, 
pedagogik, metodik talablarga javob berishi zarur. Ular shunday talablarga mos 
kelsagina, ta’lim jarayonida qo’llanilishi mumkin.
80
Til o’qitishning avtomatik tizimi yildan yilga rivojlanib yangi effektlar bilan 
boyib bormoqda. Bu tizimni yanada rivojlantirish, kompyuter lingvodidaktikasini 
yangi dastruriy ta’minotlar va pedagogik texnologiya, bilimlar diagnostikasi bilan 
boyitish kompyuter lingvistikasi fanining dolzarb vazifalaridan sanaladi.

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə