O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

iyerarxik (pog’onali)
yoki 
tarmoqli
bo’lishi 
mumkin. Daraxt ko’rinishiidgi iyerarxik gipertekstlar foydalanuvchining 
navigatsiya (uzellar bo’ylab bir qismdan ikkinchi qismga o’tish) imkoniyatini 
cheklaydi, gipertekst texnologiyasining barcha imkoniyatlarini yuzaga 
chiqarmaydi. Bunday gipertekstda komponentlar o’rtasidagi aloqalar jins-tur 
munosabatiga asoslangan tezaurus strukturasini eslatadi. Tarmoqli gipertekst esa 
bir muncha keng tarqalgan va imkoniyati kengroq tizim hisoblanadi, u jins-tur 
munosabatidan tashqari boshqa assotsiativ munosabatlarni ham o’z ichiga oladi. 
Shuning uchun tarmoqli gipertekstlar internet tizimida faol ishlatiladi.
Gipertekst ikki xil holatda bo’lishi mumkin: statik va dinamik gipertekstlar. 
Statik gipertekstlar oldindan tayyorlangan va saqlangan bo’lib, ular turg’un holatda 
bo’ladi. Masalan, gipertekst texnologiyasi asosida CD ga yozilgan kitoblar statik 
gipertekstga misol bo’la oladi. Dinamik gipertekstlar murakkab va tizimli 
bog’lanishlarga tayangan bo’lib, u ko’proq tarmoq tizimida ishlaydi. Ayniqsa, 
84
http: // www.iw3c2.org


104 
internet tizimida dinamik gipertekstlar faol qo’llaniladi. Masalan, Arizona axborot 
tizimi (AAIS) dinamik gipertekst sanaladi, uning bazasiga har oyda 300-500 
referat ko’rinishida ma’lumotlar kiritib turiladi. 
Demak, gipertekst texnologiyasi bizga informatsion massivni tezkor ko’rib 
chiqish (
brauzing
), muayyan informatsiya yoki matn fragmentlariga tezkor havola 
qilish, gipertekst bo’yicha erkin 
navigatsiya 
qilish, gipertekstni yangi 
informatsiyalar bilan boyitib borish kabi optimal imkoniyatlar yaratib beradi.
Ko’pgina tadqiqotchilar gipertekst tizimini yangi informatsion eraning 
boshlanishi, virtual olamga dastlabki qadam sifatida baholadilar. Haqiqatan ham 
gipertekst tizimi kompyuter lingvistikasida, internet tizimida o’ziga xos inqilob 
yasadi deyish mumkin.

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə