O`zb е kiston r е spublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


“As We May Think” (“Biz o’ylaganimiz kabi”)



Yüklə 15,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/130
tarix12.04.2023
ölçüsü15,97 Mb.
#105246
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   130
Снимок экрана 2023—04—01 в 08.32.00

“As We May Think” (“Biz o’ylaganimiz kabi”)
nomli maqolasini e’lon 
qildi. V.Bush o’sha qurilmani kutubxonadagi har qanday hujjatlar, yozishmalar, 
kitoblarni displeyda ko’rsatib bera oladigan, cheklanmagan mikrofilmlarga 
ulangan elektromexanik stol sifatida tasvirlaydi. Kompyuter texnikasining yo’qligi 
bois loyihaning amalda qo’llanishi bir oz keyinga surildi.
Bushning g’oyasi gipertekst haqidagi nazariy va amaliy izlanishlar juda 
katta ta’sir ko’rsatdi. Bushning kelajak loyihasi 1960 yilda T.Nelsonning 
“Ksanadu” tizimi orqali qayta ko’tarildi. Bu texnik tizim kiritilgan matnlarni va 
uning qismlarini turli xil usullarda, har xil qatorda, ixtiyoriy ketma-ketlikda 
o’qishga imkon beradi. Bu esa ko’rilgan matnlarning o’rnini, ketma-ketligini eslab 
qolishga va xohlagan vaqtda o’zingiz uchun kerakli matnni tanlab olishga va 
tezkor murojaat etishga yordam beradi. Bunday xususiyatga ega bo’lgan matnlarni 
T.Nelson 
gipertekst 
deb
 
nomladi. 1968 yil dekabrda amerikalik olim Duglas 
Engelbart ham o’zi yaratgan gipertekst interfeysini e’lon qildi. Olim uni 
“The 
Mother of All Demos” 
deb atadi. 1983 yilda Ben Shneyderman ham o’z 
gipertekst loyihasini yaratdi, ushbu loyiha 
The Interactive Encyclopedia System 
(TIES)
deb nomlangan.
82
1992 yilda birinchi marta gipertekst World Wide Web 
(xalqaro to’r)ga tatbiq etildi. 
Gipertekst yunoncha hyper – “ostida”, “orqasida”, “ortidan” ma’nolarini 
anglatuvchi old qo’shimcha hamda lotincha tekst – “to’qima” ma’nosini 
anglatuvchi so’zlardan olingan.
83
1965 yilda gipertekst va gipermedia terminlari 
T.Nelson tomonidan fanga kiritildi. Olim bu haqida o’zining 
“Litarary 
Machines”
kitobida shunday yozadi: “
Gipertekst termini gipermedia terminiga 
qaraganda keng ommalashib ketdi. Aslida har ikki termin bir tushunchani 
anglatmaydi. Ya’ni gipertekst faqat matnlarning tarmoqlanishiga nisbatan 
ishlatiladi, gipermedia termini esa grafiklar, audio va videofayllar, shuningdek, 
matnlarning shohobchalanishini ham o’z ichiga oladi. Bir muddat har ikki termin 
82
http: // www.sigweb.org/conferences/ht-cover.shtml 
83

Yüklə 15,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə