|
O`zb еkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligilayoqatli yoshdagi tarkibiga kiruvchi ishlayotgan va ishsizlarning umumiyIshsizlikning tabiiy va haqiqiy darajasi haqida referatlayoqatli yoshdagi tarkibiga kiruvchi ishlayotgan va ishsizlarning umumiy
soni tushiniladi.Mexnat resurslarini sifat jixatdan takomillashtirish
iqtisodiyotning o’sish sur'atlari bilan bevosita boqliqdir. SHuning uchun xam
mamlakatda mexnat bozorini, mexnatni boshqarish institutlarini va uning
iqtisodiy-xuquqiy mexanizmlarini yaratish eng asosiy vazifalardan biridir.
Xozirgi sharoitda mexnat bozorida xam talab va taklif qonuni amal qiladi.
CHunki, ishchi kuchi xam boshqa mexnat maxsullari qatori, tovar shakliga
ega bo’lib, tovar-pul munosabatlariga faol jalb qilinadi. Uning bu xususiyati
mexnat ko’rsatkichlari tizimida o’z aksini topadi. Ular orasida ish bilan
bandlik va ishsizlik ko’rsatkichlari muxim axamiyatga ega. YA'ni,
ishbilarmonlar ishchi kuchidan shunday miqdorlarda foydalanadilarki bunda
mexnatning yuqori maxsuli real ish xaqi bilan teng bo’lishi yoki ish xaqi
xajmini puldagi ifodasi mexnatning yo’qori maxsuli qiymatga teng bo’lishi
kerak. Agarda real ish xaqi xajmi oshsa ishbilarmon ishchi kuchiga bo’lgan
talabni qisqartiradi, agar real ish xaqi xajmi kamaysa ishchi kuchiga bo’lgan
talab ortadi.Ishsizlik tabiiy darajasining ikki xolatini, ya'ni, birinchidan, u
iqtisodiyotning ishlab chiqarish potentsialidan to’liq foydalana-yotganligini
ko’rsata olmaydi, chunki amaliyotda ishsizlik darajasi "ishsizlikning tabiiy
darajasi"dan ko’proq bo’ladi, ikkinchidan, ishsizlikning tabiiy darajasi
doimiy emas, chunki u qonun va milliy an'analar bilan boqliq xolda
o’zgarishini bilishimiz lozim.
To’la ish bilan bandlik - barcha ishchi
kuchining 100% ish bilan ta'minlanganligini bildirmaydi. Aksincha, friktsion
va strukturaviy ishsizlik ilojsiz xol bo’lganligini xisobga olsak, biz mutlaq
Dostları ilə paylaş: |
|
|