O’zbek I ton respubl I kas I ol I y va o’rta tal


Boshqaruvning ijtimoiy -ruhiy usullari



Yüklə 280,15 Kb.
səhifə30/55
tarix22.03.2024
ölçüsü280,15 Kb.
#181059
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
O’zbek I ton respubl I kas I ol-www.hozir.org

Boshqaruvning ijtimoiy -ruhiy usullari 
Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari - bu ishlab chiqaruvchi va ayrim shaxslarga ularning
ijtimoiy ehtiyojlari va ruhiyatlariga tasir etish bilan boshqarish vositasidir.
Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullarini qo’llash korxonada yuz

berayotgan ijtimoiy


hodisalarni chuqur o’rganish xodimlar asab tizimiga tasir etuvchi ruxiy omillarni bilishni talab
etadi.
İ
shlab chiqarish sharoitida sotsiologiya kishilar ijtimoiy aloqasi shakllanishining asosi
bo’lgan mehnat omilini o’rganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chiqarish tizimi
rivojlanishi va amal qilishi qonuniyatlari, kishilarning jamiyat turli qatlamidagi xulq-atvori
qonuniyatlarini tadqiq qiladi.
İ
jtimoiy-ruhiy guruh va omma ruhiyatining xususiyatlari, ularning
shaxsning ongi va xulqiga tasiri, kishilar faoliyatini rag’batlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy
fikrni shakllantiruvchi omillarni o’rganadi. Shaxs ruhiyati oliy asab faoliyati turlari va inson
temperamenti, xarakteri, shaxsning irodasi, qobiliyati, hissiyoti, xotirasi, anglash va his etish
qobiliyatini o’rganadi, mehnat ruhiyati mehnat faoliyatlari, shu jumladan, rahbar va mutaxassislar
(kasbiy xususiyat va qobiliyatlari, kadrlarni o’qitish usullari, ish va dam olish tartibi, kadrlarni
tanlash va baholash usullari, mehnat jarayonining ruhiy jihatlari) faoliyatini o’rganadi.
Kishilar fikrlash usulida o’zgarish yuz berishi va ular madaniy hamda bilim darajasi ortib
borishi bilan ijtimoiy-ruhiy usullar ahamiyati ham ortib boradi. Bunday sharoitda shaxsning extiyoj
va manfaatlari manaviy soha tomon o’zgarib boradi. O’z mehnatidan qoniqishning muhim omili
bo’lib ishlab chiqaruvchilarning rahbar bilan o’zaro yaxshi munosabati ishlab chiqarishdagi qulay
ijtimoiy-ruhiy vaziyat xizmat qiladi.
Boshqaruvning ijtimoiy-ruhiy usullari ishlab chiqarishda mavjud ijtimoiy mexanizmni
(o’zaro munosabat tizimi, ijtimoiy ehtiyojlar) qo’llashga asoslanadi. Boshqaruvning ijtimoiy
usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi.
İ
jtimoiy tartibga solish usullari turli
guruhlar va shaxslar maqsadi va manfaatlarini aniqlash va rostlash yo’li bilan ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solish va uyg’unlashtirish maqsadida qo’llaniladi.
Ular jumlasiga ijtimoiy tashkilotlar nizomlari, shartnomalar, o’zaro majburiyatlar,
ishchilarni tanlash, taqsimlash va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish tizimi kiradi.
İ
jtimoiy tartibga
solish usullari inson omili faolligini oshirish, boshqaruvni demokratlashtirish maqsadida ham
qo’llaniladi. Boshqaruvning ruhiy usullari jamoada maqbul ruhiy vaziyat tashkil etish yo’li bilan
kishilar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgandir. Ruhyy usullarga kichik guruh va
jamoalarni tashkil etish, mehnatni gumanitarlashtirish, malakali kadrlar tanlash va ularni o’qitish va
h.k.lar kiradi.
Kichik guruh va jamoalarni tashkil etish usulini qo’llash kichik guruhdagi ishchilar
o’rtasidagi maqbul miqdoriy-sifat nisbatini aniqdash imqonini beradi.
Mehnat faoliyatiqi insoniylashtirish deganda ranglar, musiqaning ruhiy tasiridan
foydalanish, bir xil, o’zgarmas mehnatni bartaraf etish, ijodiy yondashuvni kengaytirish tushuniladi.
Kasbiy tanlashning mohiyati - kishilarnint ruxiy xususiyatlari ular bajaruvchilariga eng mos
bo’ladigan qilib tanlashdan iborat. Shaxsning ruhiy xususiyatlari jumlasiga uning qiziqish va
mayllari, qobiliyati, jo’shqinlik va tavsifi kiradi. Shu sababli, shaxsga rahbarlik qilganda rahbar o’z
oldiga inson ruhiy xususiyatlari vdakdlanishi va rivojlanishini o’rganishi, uning qiiqish va
qobiliyati, jo’shqinligi va fel-atvori bilish vazifasini qo’yishi kerak.
Shaxsning ruhiy xususiyatlarini inson faoliyatidan ajratib tushunib bulmaydi, chunki kishi
qobiliyati va feli uning faoliyati va xulqida namoyon bo’ladi.
İ
nson hayoti va ommaviy faoliyati
uning ruhiy holatini shakllantiradi.
İ
nsonning qanday hayot kechirishi, nima bilan shug’ulanishini
bilmay vujudga kelganligi, u yoki bu narsaga qobiliyat rivojlanganligi, feli shakllanganligini anglab
bo’lmaydi.
İ
nson avvalo o’zini ijodiy shahs sifatida baholaydi.
İ
shchi darhol mehnatga bunday nuqtai
nazardan qaramaydi: Moddiy ehtiyojlar birlamchi bo’lib, ular qoniqqandan so’ng nisbatan yuksak
insoniy ehtiyojlar ilgari suriladi.



İ
nson faoliyati muayyan rag’batlantiruvchi omillarga asoslangan bo’lib, malum maqsadga


erishishga qarashlgandir. Rag’batlantiruvchi omil — maqsad munosabati inson faoliyati o’zagidir.
Umumiy manoda rag’batlantiruvchi omil, bu —insonni faoliyat yuritish uchun undovchi omil
bo’lib, maqsad esa inson uni amalga oshirish natijasida erishishni xohlagan narsadir.
Rag’batlantiruvchi omil kishi xulqining ichki kuchidir. Psixologiyada uzoq va qisqa
rag’batlantiruvchi omil farqlanadi. Agar inson faoliyatini rag’batlantiruvchi omil va o’z oldiga
qo’ygan maqsad yaqin kelajakka mo’ljallangan bo’lsa, u qisqa muddatli, agar ular uzoq
istiqbolni qamrab olsa uzoq muddatli deyiladi. Rag’batlantrivchi omil darajasi bilan insonning
mehnatga, yutuq va muvaffaqiyatsizlikka nisbatan bo’lgan munosabati uzviy bog’liqdir. Faqat uzoq
muddatli rag’batlantruvchi omil mehnatga ijodiy munosabatda bo’lish manbaidir.
Rahbarga xos bo’lgan muhim xususiyat kishilar faoliyatini rag’batlantiruvchi omillarni
yaxshi bilish, har bir kishini u yoki bu, vazifani bajarishga qiziqtira olishdir. Bu ayniqsa, biror
korxonaga ishga kirib, ularni kelajakda nima kutishini bilish lozim bo’lgan yoshlar bilan ishlashda
muhimdir. Rahbar ishini kim, qachon, qaysi skripkani chalishi, qaysi asbobda musiqa chalishni
o’rgangan, kim noto’g’ri chalishi mumkinligi, kimni qaysi erga qo’yish kerakligini bilishi lozim
bo’lgan dirijyor mehnati bilash solishtirish mumkin.
Kishi ruhiy xususiyatlarining u bajaruvchi ish talablariga mos kelmasligi o’z kasbidan
qoniqmaslik uni o’zgartirishga harakat qilishga, xato qilish extimoli ortishiga va natijada mehnat
unumdorligi pasayishiga olib keladi. Aksincha, agar inson o’z qobiliyatini to’liq namoyon qila
oluvchi ish bilan band bo’lsa, u o’z mehnatidan mamnun bo’ladi, kasbni tez egallaydi va mehnat
unumdorligi yuqori bo’ladi.
İ
nson uchun faqat moddiy rag’bat muhim deb hisoblash noto’g’ri. Unga juda ko’p narsa
katta umumiy ishda o’z xissasi borligini xis etish, o’zini mehnat orqaly namoyon etish, o’z malakasi
bilan g’ururlanishi, o’rtoqlari hurmatiga sazovor bo’lish va h.k.lar ham muhimdir. Ko’pchilik
kishilar shaxsiy farovonlikka boshqalar hisobiga erishilgan shaxsiy muvaffaqiyat orqali emas,
mamlakat iqtisodiyotiga qo’shgan mehnati hisobiga erishish lozimligini takidlaydilar.
1.

İ
zlanishlar mehnat, mehnatga nisbatan munosabatga tasir etuvchi rag’batlantiruvchi


omillar quyidagi tartibda taqsimlanishini ko’rsatdi: mehnatning mohiyati, ish haqi, yuqori
lavozimga ega bo’lish imkoniyati, ishning qiziqarliligi, mehnatni tashkil etish, mamuriyatning
ishchiga nisbatan munosabati.

Xulosa 
1. Boshqaruv usullari - rahbarning ishlab chiqarish korxonalarining qo’yilgan maqsad vazifalariga
erishishga raxbarlik qilishni muvofiqlashtirish.
2. Boshqaruvga quyidagi uslublar xos: iqtisodiy-tashkiliy farmoyish (mamuriy), ijtimoiy-ruhiy.
3. Bozor xo’jalik rahbarlaridan o’tkir zehn, ishga ijodiy yondashish, kezi kelganda korxona
faoliyati, ishi uchun tavakkalchilik xususiyatlarini talab etadi.
4. Buyruq - rahbarning o’z qo’l ostidagilariga malum ishni belgilangan vaqtda bajarish talabining
yozma yoki og’zaki ko’rinishi.
5.
İ
jtimoiy-ruhiy bilimlar asosini bilmagan rahbar odamlarga tasir eta olmaydi.




9-mavzu:



Yüklə 280,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə