O’zbek I ton respubl I kas I ol I y va o’rta tal


Menejment nazariya va amaliyotining Rossiadagi rivojlanishi



Yüklə 280,15 Kb.
səhifə13/55
tarix22.03.2024
ölçüsü280,15 Kb.
#181059
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
O’zbek I ton respubl I kas I ol-www.hozir.org

Menejment nazariya va amaliyotining Rossiadagi rivojlanishi 
Boshqaruv fani XX asrning 20-yillaridan boshlab Rossiyada ham shakllana boshladi. Bu
davrda mehnat va boshqaruv muammolariga bag’ishlangan o’nlab jurnallar, jumladan
«Boshqaruvni tashkil etish», «Mehnatni tashkil etish», «Boshqaruv texnikasi», «Xo’jalik va
boshqaruv» kabi jurnallar
nashr qilindi, xorijiy ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqaruv bo’yicha mutaxassilar
asarlari rus tiliga tarjima qilindi. 1921 yilda mehnat instituti tashkil etildi.
Aleksey Kapitanovich Gastev (1882-1941) boshqaruv nazariya va amaliyotiga hissa
qo’shgan olim edi. Uning «qanday ishlamoq kerak?», «Mehnatni meyorlash va tashkil etish»,
«Mehnat qo’llanmalari», «Madaniyat qo’zg’oloni», «
İ
shlab chiqarishni MM
İ
usullari bilan tartibga solish» kitoblari nashr etildi. A. K.Gastev rahbarligi ostida MM
İ
da
mehnatni tashkil etishning yangi usullarini o’rganish, loyihalash va joriy qilish, turli ixtisoslikka
ega ishchilarni o’qitish va malakasini oshirishning maqbul tizimini yaratish bo’yicha salmoqli ishlar
amalga oshiriddi.
A. K. Gastev tomonidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar hozirgi davrda ham



ahamiyatlidir. Mehnatni ilmiy tashkil etish va boshqaruv fanining yana bir tashabbuskori — P. M.


Kerjentsev (1881- 1940)dir. U 1923-1924 yillar davomida «Mehnatni ilmiy tashkil etish», «Tashkil
etish tamoyillari», «Vaqt uchun kurash», «o’zingni o’zingtashkil et» singari asarlar yozdi. P. M.
Kerjentsev tomonidan tavsiya etilgan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlash, mehnat
sharoiti, moddiy vositalardan to’g’ri foydaanish haqidagi takliflar juda dolzarb edi.
Mehnatni tashkil etish va boshqarish nazariyasiga P. A. Popov, O. A. Ermanskiy va
boshqalar ham salmoqli hissa qo’shganlar.
Menejment rivojlanishida yangi bosqich 
1985 yildan boshlab menejment rivojlanishida yangi davr boshlandi. Tub islohotlar
boshqaruvni, jamiyatni damokratlashtirish, oshkoralik va xalq hokimiyatini takomillashtirishning
asosiy yo’llarini ifodalab berdi. Jamiyatda demokratik jarayonlar chuqurlashuvi va rivojlanishi
bozor munosabatlariga o’tishga asos bo’ldi. Jamiyatdagi tub o’zgarishlar siyosat, iqtisodiyot,
menejment uslublari va texnologiyasiga jiddiy o’zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo’ydi.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini boshqarishni isloh qilish hozirggacha mavjud
bo’lgan tajriba, jamiyat hayotining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalarini boshqarishning bozor
nazariyasi, qabul qilingan qonun va huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Menejment
sohasida rivojlangan mamlakatlar va o’zimizda to’plangan tajribadan foydalaniladi Bozor
infratuzilmasini rivojlantirish ko’p yillarga mo’ljallangan strategik vazifadir. Mamlakatimiz «shok
terapiyasi» usulidan voz kechdi. o’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tish bosqichma-bosqich
amalga oshirilmoqda. Davlat mulki xususiy mulk bilan bir vaqtning o’zida kooperatsiya,
tadbirkorlik, chet ellik firmalar, banklar bilan hamkorlikka asoslangan holda xo’jalik yuritish turli
usullarini qo’llash yo’li bilan amal qilishi kerak.
Menejment oldiga qo’yilgan ko’pchilik vazifalar muvaffaqiyatli hal etilmoqda.
İ
qtisodiy
muassasalar vazifasi o’zgartirildi, boshqaruvning bozor munosabatlariga o’tishi amalga
oshirilmoqda, boshqaruv ixtisoslashuvining chuqurlashuvi va kooperatsiya bo’yicha aloqalar
barqaror bo’lishini taminlovchi yangi tashkiliy tizimlar vujudga kelmoqtsa.
İ
slohotlar iqtisodiyotni boshqarishning barcha bo’g’inlarini - asosiy bo’g’in (korxona)dan to
boshqaruvning oliy bo’g’inlarigacha qamrab olgan. Korxonalar to’g’risidagi qonun korxonalar
erkinligi miqyosini kengaytirdi, ularning ish natijalari bo’yicha istemolchilar oldidagi
majburiyatlarini oshirdi.
Xulosa
1.
Menejment - boshqaruv haqidagi ilm.
2.
Menejment ilmining asoschilari — F. Teylor, G. Emerson, G. Cherch va b.
3.
Menejmentning asosiy ilmiy maktablari bo’lib, «mumtoz», «inson munosabatlari»,
«ijtimoiy tizim», «yangi» boshqaruv maktablari hisoblanadi.
4.
O’zbekistonda boshqaruv tizimining shakllanishi boshqaruv nazariyasi tajribasiga ega
bo’lgan, qabul qilingan qonunlar va huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
5.
Bozor infratuzilmasining rivojlanishi boshqaruvning strategik vazifasi hisoblanadi.

Yüklə 280,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə