O’zbek I ton respubl I kas I ol I y va o’rta tal


Menejmentning turli xorijiy maktablari



Yüklə 280,15 Kb.
səhifə12/55
tarix22.03.2024
ölçüsü280,15 Kb.
#181059
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
O’zbek I ton respubl I kas I ol-www.hozir.org

Menejmentning turli xorijiy maktablari
Boshqarish nazariyasi asosini tashkil etgan qonun-qoidalar xususiyatiga bog’liq ravishda
xorijiy boshqaruv maktablari turlicha guruhlarga bo’linadi. Bular jumlasiga quyidagilar:
-
boshqaruvning «mumtoz» maktabi yoki «ilmiy menejerizm» maktabi;
-
«insoniy munosabatlar» maktabi;
-
boshqaruvning «emperik» maktabi;
-
«ijtimoiy tizimlar» maktabi;
-
boshqaruvning «yangi» maktabi kiradi.
Klassik maktab namoyondalari amerikalik muxandis va tadqiqotchi F. Teylor, frantsuz olimi
A. Fayol, ingliz L. Urvik, nemis iqtisodchisi M. Veber, amerikalik G. Ford, G. Emersonlardir.
Boshqaruvning mumtoz maktabi to’rt muhim unsur - mehnat taqsimoti, boshqaruv
pog’onaliligi va ko’p bo’g’inliligi, tashkil etish tarkibi, boshqaruvning mumkin bo’lgan
chegaralarini o’rganadi.
Shunday qilib, boshqaruvning «mumtoz» maktabi insonni turli-tuman faoliyatini
boshqarishga qo’llash mumkin bo’lgan tamoyillarni asoslab berishga harakat qilgan. U boshqaruvni
tashkil etishning qator tamoyillarini o’rgangan. Bu maktab haqiqiy ilmiy boshqaruv nazariyasi
darajasiga ko’tarila olmadi.
«Mumtoz» maktabga xos bo’lgan inson omilini hisobga olmaslik, kishilar faoliyatiga
soddalashtirilgan nuqtai nazardan yondashish Amerika boshqaruv nazariyasida yangi yo’nalish -
inson munosabatlari maktabi vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Bu yo’nalishning asoschilari -
amerikaliklar E. Meyo, F.Rotlisberger, Dj. Muni va boshqalardir. Garvard universitetining
professori E. Meyo «inson
munosabatlari» nazariyasini ilgari surdi. Uning g’oyalarining maxiyati shundaki, mehnat
jarayonida ruhiy va ijtimoiy omillar
etakchi ahamiyatga ega. Shu sababli, Meyo fikriga binoan ishlab
chiqarish va boshqaruvning barcha muammolariga inson munosabatlari nuqtai nazaridan
qarash lozim. Bu nazariya
insonning malum ijtimoiy va ruhiy ehtiyojlari qondirilsa, u yanada unumli mehnat qilishi
mumkin, degan g’oyaga asoslangan.
Bu maktabning yana bir namoyondasi D. Mak Gregor boshqaruvni
tashkil etishga 2 xil yondoshuv mavjud:
1)
majburlash va rag’batlantirish usullari;
2)
tashabbuskorlik va mustaqillikni iloji boricha namoyon qilish uchun sharoit yaratish
Bu nazariyaning asosiy jihati shundaki, «inson munosabatlari» maktabi vakillari ijtimoiy
muammolarni butun jamiyat miqyosida emas, balki alohida korxona miqyosida hal etadilar.



Mehnatkashlar ijtimoiy ahvoliga atroflicha hal etilish lozim bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammo


sifatida emas, balki kishilarning guruhiy munosabatlari sifatida qaraladi.
«Emperik» (pragmatik) maktab menejment zarurligini umuman inkor etib, ochiq
emperizmni targ’ibot qiladi. U boshqaruvning maqsadi - rahbarlik qilish bo’yicha ijobiy tajriba va
mavjud xatolarni o’rganishdan iborat, deb takidlaydi. Bu maktab vakillari kamroq nazariy
maslahatlar berib, ko’proq aniq vaziyatlarni tahlil etish bilan shug’ullanish kerak deydilar, albatta,
tajriba o’rganishda juda muhim. Lekin faqat amaliyotga asoslanib menejmentni shakllantirish
mumkin emas «Emperik» maktabning eng yorqin namoyondalari — T. Draker, R. Devis,
L.Nyuman, D. Miller va boshqalardir.
Yuqorida ko’rsatilgan xorijiy boshqaruv maktablarining eng asosiy kamchiligi har
tomonlama chuqur o’rganilmaganligidir. Bu yangi yo’nalish «
İ
jtimoiy tizimlar» maktabi vujudga
kelishiga turtki bo’ldi. Uning eng taniqli namoyondalari D. March, G. Saymon, A. Ettsioni va
boshqalardir. «
İ
jtimoiy tizimlar» maktabi «inson munosabatlari» maktabi xulosalariga asoslanib,
korxonaga o’zaro bog’liq va o’zaro tasir ko’rsatuvchi omillar majmuidan iborat kompleks tizim
sifatida qarab, inson bu omillarni biri deb hisoblaydi. Sotsiologlarning katta guruhi sanoat
sotsiologiyasi sohasida tadqiqot olib boradilar. «
İ
jtimoiy tizim» maktabi o’zidan avvalgi
maktablarga nisbatan keng ko’lamdagi muammolarni hal etishga, boshqaruv nazariyasini yaxlit
holga keltirishga intiladi. Lekin boshqaruv nazariyasini tuzishga intilish uni hozirgi kapitalistik
dunyo sharoitidan uzoqlashib ketishga va natijada uning unchalik keng yoyilmasligiga olib keldi.
Agar «mumtoz» maktab namoyondalari nizolarni moddiy rag’batlantirish yoki jixozlash
yo’li bilan, «inson munosabatlari» maktabi esa ishlab chiqarish jarayonini adolatli qilish yo’li bilan
hal qilishni taklif etgan bo’lsa, «ijtimoiy tizimlar» maktabi tashkilotda nizolarning mavjud bo’lishi
uning tabiatdan kelib chiquvchi holat deb hisoblab asosiy vazifa nizolar va ularning oqibatini
yumshatishdan iborat deb takidlaydilar.
50-yillarning boshida menejment nazariyasi rivojlanishiga «yangi» maktab katta tasir
ko’rsatdi. U menejmentga aniq fanlar uslub va usullari - qarorlar qabul qilishni matematik
modellashtirish, matematik mantiq, dasturlash, iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish
usullarini joriy qilish bilan ajralib turadi. «Yangi» maktabning eng yorqin namoyondalari - R.
Akkof, L. Kleyn, V. Lyus va boshqalardir. Bu maktabning shakllanishi kibernetika va jarayonlarni
o’rganish rivojlanishi bilan bog’liqdir. Jarayonlarni o’rganish zahiralar, resurslar taqsimoti, eskirgan
uskunalarni almashtirish, maqbul ravishda rejalashtirishni boshqarishni matematik modellashtirish
bilan bog’liqdir. Keyinchalik «yangi» maktab tarkibida mustaqil fan - boshqaruv qarorlari qabul
qilish nazariyasi shakllandi. Xorijiy menejment rivojlanishining qisqa tavsifi boshqaruvni
takomillashtirishning yangi usullari va shakllarini izlash uzluksiz davom etayotganligidan dalolat
beradi.
«Yangi» maktab «ijtimoiy tizimlar» maktabining mantiqiy davomidir.

Yüklə 280,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə