sintaktik usul
bilan
so'z yasalishi deyiladi. Sintaktik usul bilan
qo'shma va juft so'zlar yasaladi.
O'zbek tilida bulardan tashqari so'z yasalishining yana bir qator usullari mavjud.
Chunonchi, bir turkumdagi so'z boshqa turkumga ko'chadi va o'z ma'nosini
o'zgartiradi. Masalan, barno (sifat), Barno (ot),
to'xta
(fe'l),
To'xta
(ot). Shuningdek,
bir turkumdagi o'zaro so'z o'z ma'nosini o'zgartirishi, boshqa ma'no
ifodalashi
mumkin. Masalan, uzdi (ipni uzdi),
uzdi
(orani uzdi)
yozdi
(xat),
yozdi
(barg),
yetdi
(manzilga),
yetdi
(maqsadga). So'z
yasalishidagi bu usul
lug'aviy-semantik usul
deyiladi.
O'zbek tilida so'z yasalishining yana bir usuli -
abbreviatura usulidir.
Bu usul
bilan qisqartma so'zlar hosil bo'ladi:
BMT, MDH, DAN
kabi. Bu usul bilan so'z
yasash faqat ot turkumi uchun xosdir.
Xulosa o’rnida
shuni aytish lozimki, o’zbek tilida so’z
yasalish usullarini
nafaqat tilshunoslar, balki har bir o’z tilini sevadigan inson yaxshi bilishi zarur. Zero,
so’zlarni to’g’ri va o’z o’rnida qo’llashimiz bizni tilimizni qay darajada bilishimizni
anglatadigan bir ko’zgudir. Biz ustozlar esa yosh avlodga
tilimiz haqida bilim
berishdan aslo charchamasligimiz darkor.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
H.Jamolxonov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T., 2005
2.
B.Mengliyev, O’. Xoliyorov. O’zbek tilidan universal qo’llanma. T.,
2007
3.
Qilichev E. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Buxoro, 2001
4.
S.Rahimov, B.Umurqulov, A.Eshonqulova. Hozirgi o’zbek adabiy tili.
T., 2001
5.
S.Rahimov, B.Umurqulov. Hozirgi o’zbek tili. T., 2003.
6.
www.ziyo.uz
7.
www.uzdenemetr.uz