Reja so`z ma’nolarini tushuntirishda so`z yasalish tahlillardan foydalanish



Yüklə 30,89 Kb.
səhifə1/8
tarix01.02.2023
ölçüsü30,89 Kb.
#99891
  1   2   3   4   5   6   7   8
4-seminar (1)


4-mavzu. SO’Z MA’NOLARINI TUSHUNTIRISHDA LINGVISTIK TAHLILLARDAN FOYDALANISH.
REJA
1.So`z ma’nolarini tushuntirishda so`z yasalish tahlillardan foydalanish.
2.So`z ma’nolarini tushuntirishda so`z tarkibi tahlillardan foydalanish.
3.So`z ma’nolarini tushuntirishda lug`viy tahlillardan foydalanish.

Ona tili — har bir elatning, xalqning , millatning oʻz tili. Ona tili lugʻat tarkibi, asosan, shu tilga mansub xalqning turmushi, madaniyati va anʼanalarini ifodalaydigan soʻz va tushunchalardan iborat boʻladi. So’z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. So’z va so’z birikmasi aniq narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo’lgan barcha so’z va iboralarning yig’indisi lug’at tarkibi yoki leksika deyiladi. Leksikologiya o’zbek tilining lug’at tarkibini o’rganadigan bo’limdir. Leksikologiya lug’at tarkibidagi so’zlarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati, qo’llanish faolligi, boyib borishi, ba’zi so’zlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi, ma’no ko’chish hodisasi kabilarni o’rganadi. SHu sababli leksikologiya lug’at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi.


Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o’zaro bog’langan, mazmunga mos so’z va so’z birikmalarining ma’lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug’ati qanchalik boy va rivojlangan bo’lsa, uning nutqi ham shunchalik boy bo’ladi; o’z fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi. SHuning uchun lug’atning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli o’stirishning muhim sharti hisoblanadi.
Hozirgi o’zbek adabiy tili ulkan lug’at boyligiga ega. Besh jildlik «O’zbek tilining izohli lug’ati» da 80000 dan ortiq so’z va so’z birikmasi berilgan bo’lib, bular umumiy qo’llaniladiganlaridir. Bunga o’zbek tilida nashr etilgan turli terminologik lug’atlarda, o’zbek tili sinonimlari, antonimlari, frazeologik lug’atlarida va turli izohli lug’atlarda berilgan so’zlar qo’shilsa, lug’at boyligi yana ming-minglab oshadi. Bulardan tashqari, juda ko’p so’zlar ko’p ma’noni bildiradi. Masalan, shu izohli lug’atda bosh so’zining 40 dan ortiq asosiy va frazeologizm bilan bog’langan ma’noda ishlatilishi berilgan.
So`z ma’nolarini tushuntirishda so`z yasalish va so‘z tarkibi jihatidan tahlili asosida ish olib boorish maqsadga muvofiqdir. Morfema (yunoncha: morphe — shakl) — oʻziga xos shakl va maʼnoga ega boʻlgan, boshqa maʼnoli qismlarga boʻlinmaydigan, soʻz (leksema) yasash yoki soʻzning shaklini hosil qilish uchun xizmat qiladigan lisoniy birlik. Morfemalar oʻzbek tilida, asosan, affiks holatida boʻladi. Masalan, -chi (kurashchi), -shunos (siyosatshunos), -q (taroq), -ki (tepki), -li (aqlli), -chan (ishchan), -la (tuzla), -illa (taqilla), -lar (bolalar), -roq, (kattaroq), -mtir (qoramtir) va hokazo.
So’zning leksik ma’nosini aniqlash maqsadida uni morfemalarga ajratish til haqidagi fanda o’zining nazariy asosiga ega.
Morfema – so’zning eng kichik, bo’linmaydigan ma’noli qismi. Morfema ikki turga bo’linadi:

  1. O’zak morfema – so’zda albatta qatnashadigan va leksik ma’no anglatadigan morfema.

  2. Affiksal morfema – mustaqil holda leksik ma’no anglatmay, so’zning leksik va grammatik ma’nolari shakllanishi uchun xizmat qiladigan morfema. Masalan, gullarni, gulla so’zlaridagi gul – o’zak morfema, -lar, -ni, -la affiksal morfemadir.

Affikslar (qo’shimchalar) ikki turga bo’linadi:

  1. So’z yasovchi qo’shimchalar. Ular so’zning leksik ma’nosini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Masalan, bog’bon, paxtakor, gulzor, ishchi so’zlaridagi -bon, -kor, -zor, -chi so’z yasovchi affikslardir.

  2. Shakl yasovchi qo’shimchalar. Bu qo’shimchalar so’zlarni grammatik jihatdan shakllantirib, turli grammatik ma’nolarni ifodalaydi. Masalan, maktablarimizni so’zida lar, -imiz, -ni shakl yasovchi qo’shimchalar bo’lib, -lar ko’plik ma’nosini, -imiz egalikning I shaxs ko’plik ma’nosini, -ni tushum kelishigi ma’nosini ifodalaydi.

Morfemalarning qo’shilishi bir-biriga ta’sir qiladi, bundan tashqari, ko’pgina o’zak va so’z yasovchi qo’shimchalar ko’p ma’noli. Shunga qaramay, ko’p so’zlarning leksik ma’nosini uning morfemik tarkibiga qarab aniqlash qiyin, bu maqsadda so’zni morfemalarga ajratishdan foydalanishga to’g’ri keladi.
O’quvchilar so’zning morfemik tarkibini va so’z yasalishini o’rganishlariga qarab, so’zni morfemalarga ajratishdan ongli foydalana boshlaydilar. Ular yasama so’zlarning leksik ma’nosini so’zlarning semantik o’xshashligiga qarab bilib oladilar.
So’zlarning morfemik tarkibi ustida ishlashning ahamiyati va shunga mos ravishda o’qituvchining vazifalariga quyidagilar kiradi:

  1. So’zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o’quvchilar so’zning leksik ma’nosini aniqlashning asosiy usullaridan birini bilib oladilar. Bunda o’qituvchining vazifasi o’quvchilar so’zlarning leksik ma’nosi va morfemik tarkibi bir-biriga bog’liqligini bilib olishi uchun eng qulay sharoit yaratish, shu asosda ularning lug’atiga aniqlik kiritishga maqsadga muvofiq rahbarlik qilish hisoblanadi.

  2. So’z yasalishi haqidagi elementar bilim ham o’quvchilarning tilimizning yangi so’zlar bilan boyishining asosiy manbasini tushunishlari uchun muhimdir. Yangi so’z tilda mavjud bo’lgan morfemalardan, ma’lum usul va modellar asosida vujudga keladi (yasaladi). So’z yasalishini kuzatish o’quvchilarda so’zga faol munosabatni shakllantirishga ijobiy ta’sir etadi, tilning rivojlanish qonuniyatlarini tushunishga olib keladi.

  3. So’z yasalishi asoslari bilan tanishish o’quvchilar lug’atini atrof-muhit haqidagi bilimlar bilan boyitishga imkon beradi. Predmet, jarayon, voqea-hodisalar haqidagi tushunchalar so’z bilan ifodalanadi. So’zlar o’rtasidagi ma’no va tuzilish jihatidan bog’lanishni belgilash o’zaro munosabatda bo’lgan tushunchalar o’rtasidagi bog’lanishga tayanadi (masalan, traktor va traktorchi so’zlari o’zaro munosabatda bo’lgan tushunchalar, shu tufayli ma’no va tuzilishiga ko’ra bog’langan). O’quvchilar so’zlarning ma’no va tuzilishiga ko’ra o’zaro munosabatini haqiqatan bilsalar, atrofmuhitda mavjud bo’lgan predmetlar, jarayonlar, voqealar o’rtasidagi bog’lanishni chuqur tasavvur etadilar, biladilar.

So’zda morfemaning ahamiyatini anglash, shuningdek, qo’shimchalarning semantik ma’nosini bilish o’quvchilarda nutqning aniq shakllanishiga ta’sir etadi. O’qituvchining vazifasi o’quvchilarning so’zning leksik ma’nosini tushunibgina qolmay, kontekstda aniq qo’shimchali so’zlardan ongli foydalanishlarini ham o’rgatish hisoblanadi.
So’zning morfemik tarkibini o’rganish imloviy malakalarni shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Fonetik tamoyil yangi o’zbek imlosining yetakchi tamoyili bo’lib, bunga binoan so’zlar va ularning tarkibiy qismi (o’zak va qo’shimchalar) ko’proq talaffuziga muvofiq yoziladi. O’zak va qo’shimchalarni to’g’ri yozish malakasini nazariy asosda shakllantirish fonetik, so’z yasalishiga oid, grammatik bilimlarni maqsadga muvofiq tatbiq etishni talab qiladi. SHuning uchun so’zning morfemik tarkibini o’rganishning muhim vazifalaridan biri o’zak va qo’shimchalarni to’g’ri yozish malakasini shakllantirish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar asosini yaratish hisoblanadi.
So’zning morfemik tarkibini o’rganish o’quvchilarning aqliy qobiliyatini o’stirishda, xususan, til birligi sifatida so’zni ongli bilib olish uchun zarur bo’lgan maxsus aqliy ko’nikmalarni shakllantirishda ham ahamiyatli. O’qituvchining vazifasi ta’lim jarayonida bilimni o’zlashtirish bilan o’quvchilarda aqliy faoliyatni o’stiradigan, analiz, taqqoslash ko’nikmalarini shakllantiradigan sharoit yaratish hisoblanadi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida o’quvchilarga so’z tarkibi va yasalishini o’rgatishda quyidagi metodikadan foydalanish maqsadga muvofiq.
Boshlang’ich sinflar ona tili dasturiga muvofiq so’zning morfemik tarkibi III sinfda o’rganiladi. IV sinfda so’z turkumlarini o’rganish bilan bog’liq holda so’zning tarkibi haqidagi bilimlarni takomillashtirish ko’zda tutiladi.
Avvalo, til materialini o’rganish tizimi nimaligini aniqlab olish zarur.
Til materialini o’rganish tizimi deganda aniq, ilmiy asoslangan izchillikdagi va o’zaro bog’lanishdagi bilimlar yig’indisini o’zlashtirishni ta’minlaydigan maqsadga qaratilgan jarayon, shuningdek, shu asosda amaliy ko’nikmalarni shakllantirish tushuniladi. So’zning morfemik tarkibiga tatbiq qilganda, tizim so’z yasalishiga oid va grammatik bilimlarni o’zlashtirish: a) dastur materialini o’rganish tizimida so’zning morfe¬mik tarkibini o’rganishning o’rni bilan; 2) “o’zak”, “o’zakdosh so’z”, “so’z yasovchi qo’shimcha”, “shakl yasovchi qo’shimcha” tushunchalari ustida ishlashdagi izchillik bilan; 3) so’zning morfemik tarkibi va so’z yasalishining o’zaro bir-biriga ta’sir qilishi bi¬lan; 4) morfemalarni to’g’ri yozish malakasini shakllantirish us¬tida ishlash bilan bog’liqligini belgilab beradi.
Mavzuni o’rganishda to’rt bosqich ajratiladi:
Birinchi bosqich – so’z yasalishini o’rganishga tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichning vazifasi – o’quvchilarni bir xil o’zakli so’zlarning ma’no va tuzilishiga ko’ra bog’lanishini tushunishga tayyorlash. Bunday vazifaning qo’yilishiga sabab, birinchidan, so’zning ma’no va tuzilishi jihatidan bog’lanishini tushunish, o’zining lingvistik mohiyatiga ko’ra, bir xil o’zakli so’zlarni va so’z yasalishini o’zlashtirishga asos hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich – bir xil o’zakli so’zlarning xususiyatlari va barcha morfemalarning mohiyati bilan tanishtirish. Bu bosqichning asosiy o’quv vazifasi – so’zlarning ma’noli qismlari sifatida o’zak, so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalar bilan tanishtirish, “o’zakdosh so’zlar” tushunchasini shakllantirish, bir xil o’zakli so’zlarda o’zakning bir xil yozilishini kuzatish hisoblanadi.
Uchinchi bosqich – o’zak, so’z yasovchi va shakl yasovchi qo’shimchalarning xususiyatlari hamda tildagi ahamiyatini o’rganish metodikasi. Bu bosqichning o’quv vazifasiga “o’zak”, “so’z yasovchi qo’shimcha”, “shakl yasovchi qo’shimcha” tushunchalarini shakllantirish, so’zning leksik ma’nosi bilan morfemik tarkibi o’rtasidagi bog’lanish haqidagi tasavvurlarni o’stirish, o’zakda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshli so’zlarni to’g’ri yozish malakasini shakllantirish, nutqda so’z yasovchi qo’shimchasi bor so’zlarni ongli ishlatish ko’nikmasini o’stirish kiradi.
Bu bosqichning vazifasi bir-biri bilan ma’lum bog’lanishda hal qilinadi. Masalan, so’zda har bir morfemaning ahamiyatini o’zlashtirish asosida o’quvchilar so’zning leksik ma’nosi bilan uning morfemik tarkibi o’rtasidagi bog’lanishni bilib oladilar. Barcha vazifalar bilan uzviy bog’liq holda, so’zlarning morfemik tarkibini hisobga olib, ulardan nutqda mumkin qadar aniq va ongli foydalanish vazifasi ham bajariladi.
O’zakni o’rganishning xususiyatlari. “O’zak” tushunchasini shakllantirishda o’quvchilar o’zak o’zakdosh so’zlarning umumiy qismi ekani va u barcha bir xil o’zakli so’zlarning ma’nosidagi umumiylikni o’z ichiga olishi bilan tanishtiriladi.
To’rtinchi bosqich – so’z turkumlarini o’rganish bilan bog’liq holda so’zning tarkibi ustida ishlash (III-IVsinflar). So’zning morfemik tarkibini o’rganish tizimida bu bosqichning maqsadi so’z yasovchi qo’shimchaning so’z yasashdagi ahamiyati va shakl yasovchi qo’shimchaning so’z shaklini o’zgartirishdagi ahamiyati haqidagi bilimni chuqurlashtirish; o’quvchilarni ot, sifat, fe’llarning yasalish xususiyatlarini tushunishga tayyorlash hisoblanadi.
Maktabda nutq o’stirishning muhim vazifalaridan biri lug’at ustida ishlashni yaxshilash, tartibga solish, uning asosiy yo’nalishlarini ajratish va asoslash, o’quvchilarning lug’atini boyitish jarayonini boshqarish hisoblanadi.
Maktabda lug’at ustida ishlash metodikasi to’rt asosiy yo’nalishni ko’zda tutadi:

Yüklə 30,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə