Reja so`z ma’nolarini tushuntirishda so`z yasalish tahlillardan foydalanish



Yüklə 30,89 Kb.
səhifə4/8
tarix01.02.2023
ölçüsü30,89 Kb.
#99891
1   2   3   4   5   6   7   8
4-seminar (1)

1. So’zni kontekst asosida tushuntirish. Bunda o’quvchilar tushunmaydigan so’z ularga tushunarli so’zlar qo’llangan gap (yoki
matn) yordamida tushuntiriladi.
2. So’z ma’nosini lug’atdan va o’qish kitoblarida matn ostida
berilgan izohdan foydalanib tushuntirish.
 Bunda o’quvchilarni
izohdan mustaqil foydalanib, so’z ma’nosini mustaqil tushunib
olishga o’rgatish muhim ahamiyatga ega.
3. So’z ma’nosini shu so’zning ma’nodoshi yordamida tushuntirish.
Masalan, sabo - shabada, mudofaa - himoya, sozanda - musiqachi, diyor - vatan, inshoot - bino, samo - osmon kabi. So’zni sinonim tanlash bilan tushuntirganda, shu so’zning stilistik (uslubiy) ahamiyatini ham ko’rsatish zarur.
4. Tanish bo’lmagan so’z bilan ifodalangan tushunchani tanish
bo’lgan so’z bilan ifodalangan tushunchaga (uning antonimiga)
taqqoslash orqali tushuntirish.
Masalan, ishchan tushunchasini dangasa tushunchasiga, rostgo’y so’zini yolg’onchi so’ziga taqqoslab tushuntirish mumkin.
Ko’chma ma’noda ishlatilgan so’z va so’z birikmalari, tasviriy vositalar, maqollar ham taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi.
5. So’zni o’ziga yaqin tushuncha bilan, ya’ni boshqacha ifoda etish
bilan tushuntirish.
 Bunda tushuntiriladigan so’zning izohi qisqa
va aniq bo’lishi kerak. Masalan, o’zboshimchalik − o’z xohishicha
ish tutish, ishni o’zi xohlaganicha bajarishmutaxassis − biror
hunar egasi; shunqor − uzoq uchadigan ko’zi o’tkir qush; mesh − mol
terisidan tikilgan idish; guldon − gul solib qo’yiladigan idish va boshq.
Ba’zi so’zlar ularning vazifasini izohlash orqali tushuntiriladi. Masalan, kombayn − bir vaqtning o’zida donni o’radigan, yanchadigan, tozalaydigan qishloq xo’jalik mashinasi; ekskavator - bir vaqtning o’zida yerni qazib tuproqni yuk mashinasiga ortadigan mashina; aerodrom - samolyotlar turadigan, uchib ketadigan yoki kelib qo’nadigan joy va hok.

Yüklə 30,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə