Reja so`z ma’nolarini tushuntirishda so`z yasalish tahlillardan foydalanish


Narsalarnpng mavzuga tegishli guruhini tuzish



Yüklə 30,89 Kb.
səhifə8/8
tarix01.02.2023
ölçüsü30,89 Kb.
#99891
1   2   3   4   5   6   7   8
4-seminar (1)

1. Narsalarnpng mavzuga tegishli guruhini tuzish: ust kiyimlar (ko’ylak, kostyum, . . .) va oyoq kiyimlar (botinka, tufli, .. ); uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar kabi. Bunda bolalar «Bu nima?» so’rog’iga javob berishga o’rgatiladi: Bu n i m a? - Avtobus. Avtobus nima? - Mashina.
2. Bir turdagi narsalarni sanab ko’rsatish va umumlashtiruvchi bir so’z bilan nomlash. Masalan, stol, stul, shkaflarni bir so’z bilan qanday nomlash mumkin? (Mebelь)
3. Berilgan narsalardan bir guruhga kirmaydiganlarini ajratish. Masalan, qalam, pero, chizg’ich, o’chirg’ich, stul ko’rsatiladi, o’quvchilar o’quv qurollarini ajratadilar, stul o’quv quroliga kirmasligini, mebelь ekanini aytadilar.
Bunday mashq o’yin tariqasida o’tkazilishi ham mumkin: ma’lum so’zlar berilib, ortiqchasini topish va nima uchun ortiqcha ekanini tushuntirish talab etiladi: qaldirg’och, chumchuq, mushuk, musicha.
4. Predmet nomlari va belgi bildirgan so’zlarni guruhlarga ajratish. Bunda so’zlar choynak, tesha, bolta, piyola, arra, tarelka kabi aralash beriladi. O’quvchilar guruhlabidishlar nomi: choynak, piyola, ... ; ish qurollari nomi: tesha, bolta, ... kabi yozadilar. Narsa belgisini bildirgan so’zlar ham aralash beriladi, bolalar to’rt guruhga (rang, maza, shakl, xususiyat) ajratadilar.
5. Qarama-qarshi qo’yish bilan umumlashtirish: qaldirg’och, chumchuq, bulbul − qushlar, tovuq, xo’roz, kurkalar-chi? (Parrandalar.)
Mantiqiy mashqlar sermazmun bo’lishi, o’quvchilarning tajribasi bilan bog’lanishi, ularni to’g’ri fikrlashga o’rgatishi, bilimlariga aniqlik kiritishi va tartibga solishga xizmat qilishi lozim. Bunday mashqlardan o’rni bilan boshqa darslarda ham, o’qish va grammatika darslarida ham foydalaniladi.
Bundan tashqari tilning lug‘at boyligini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi uchun ona tili darslarida so‘zlarning quyidagi ma’nolari bilan tanishtiriladi.

  1. O‘quvchilarni notanish so‘z va iboralar bilan tanishtirish.

O‘quvchilar darslikdagi so‘z va iboralarga birinchi marta duch kelayotgan bo‘lishi mumkin. Bu so‘z yangi paydo tbo‘lgan so‘z bo‘lmasa ham o‘quvchi uning ma’nosini bilmaydi, demak, o‘quvchi uchun yangi so‘z hisoblanadi. Masalan, 1sinf “Ona tili” darsligida xabib (do‘st) darparda (oyna o‘rniga shaffof qog‘oz yopishtirilgan deraza parda), (mag‘rur (kekkaygan, mag‘rur-kamtar), kamol (har tomonlama yetuk, to‘kis, kamol topmoq-xazon bo‘lmoq), xaroba (qarovsiz qolgan vayrona), qardosh (do‘st, birodar, qarindosh-urug‘), safdosh (harbiy xizmatda birga, tashkilotda birga), xavza (daryo va ko‘llarga qo‘yiladigan, uni tashkil etadigan irmoqlar yoki majmui rasm ko‘rsatiladi), sarkarda (qo‘mondon, lashkarboshi), zeb (bezak, ko‘rk, husn), ziynat (go‘zallik uchun xizmat qiluvchi buyum), qasr (xashamatli saroy, ko‘shk) kabi so‘zlarga duch keladilar. Bunday so‘zlarning ma’nosini sinonimlar keltirib kengaytirish yo‘li bilan qarshi ma’noli so‘zlar bilan izoh berish, gap tuzish orqali ma’nosini yechish, rasmlar orqali tushuncha hosil qilish mumkin. Bunday ishlash o‘quvchilarda so‘z ma’nolariga nisbatan sezgirlikni yuzaga keltiradi.

  1. O‘quvchilarni so‘zning yangi ma’nolari bilan tanishtirish. O‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlarning bir ma’nosini tushunsa, boshqa ma’nosini bildirmasliklari mumkin. Bolalar so‘zlarning hamma ma’nolarini birdaniga o‘zlashtirib ololmaydilar. Ularning ma’nosini o‘zlashtirish bosqichma bosqich amalga oshiriladi. 1-2 sinfda ko‘p ma’noli so‘zning bir-ikki ma’nosi bilan tanishsa, 3-4sinflarda yana boshqa ma’nolarini bilib oladi. Tilning barcha sathlarini: fonetika, leksika, so‘z tarkibi, morfologiya, sintaksis (boshlang‘ich sinfda bu bo‘limlar “Tovushlar va harflar”, “So‘z”, “Gap”, “Bog‘lanishli nutq” deb nomlanadi)ni o‘rganish jarayonida tasviriy ifodalar, iboralar, ma’nodosh, shakldosh, qaramaqarshi ma’noli so‘zlarning ma’nolari turli ish turlari asosida tushuntirib boriladi. 1sinf ona tili darsligida fikr buzuq-ko‘chma ma’noli ibora berilgan, uni soat buzuq birikmasi bilan taqqoslang. Qaysi birikma boshqa ma’noda qo‘llanayapti? (soat buzuq) Qaysi birikma boshqa ma’noda qo‘llanayapti? (fikri buzuq). Fikri buzuq birikmasi qanday ma’noni ifodalayapti? Bolalar o‘ylab, niyati yomon kishilarni fikri buzuq deyishadi deb izoh beriladilar. Ko‘rinadiki, taqqoslash usuli so‘z ma’nolarini izohlashda samarali usul sanaladi. Quloch otib, tanbeh yedi, ko‘zi o‘ynar, qalbi olov, til topishdi, rohatini totdi iboralarining ma’nosi ustida ham shu tarzda ishlanadi.

  2. G‘afforova va b. “Ona tili”, T., “O‘qituvchi”, 2001 yilgi nashr.

1-sinf darsligida Xiva ona tarix tilmochi, …bilan egachi, urush yo‘lini taqqa bekitdik, biz ma’nosiga zeb bersak, rediskaga akaman, karvon bo‘lib kelamiz (Turnalar), chehrasiga tabassum yugurdi, bahor oq bulutni yetaklab ketdi, 2-sinf darsligida dov-daraxtning soch-soqolini qirishdi. Biz oqlagan daraxtlar oppoq paypoq kiyishdi kabi badiiy-tasviriy til vositalari ustida ishlash o‘quvchini til zar, uni tilida qo‘llovchi zargar bo‘lishiga undaydi.

  1. O‘quvchilar tilida kam qo‘llaniladigan so‘zlar ma’nosi ustida ishlash. Adabiy tilga oid ba’zi so‘zlar o‘quvchilar nutqida kam qo‘llaniladi. Bu so‘zning ma’nosini o‘quvchi yetarli darajada tushunmaydi. Uning o‘rnida oddiy so‘zlarni qo‘llaydi. O‘qituvchi ularni kitobiy so‘zlar bilan almashtirish uchun nutqida qo‘llashga majbur etadigan vaziyat yaratishi, ehtiyojni yuzaga keltirish zarur. Masalan, jim –tinch, -osuda-osoyishta, yurakdan-dildan, soat strelkasi-soat millari, -garmdori-qalampir, minut-daqiqa, rayon-tuman kabi.

So‘zlarning qo‘llanishini faolashtirish uchun yozma ishlar o‘tkazilayotganda ham o‘quvchilar e’tiborini ayrim so‘zlarni boshqasi bilan almashtirishlari ta’kidlandi. Masalan, 1-sinfda rasmlar asosida og‘zaki hikoya tuzayotgan o‘quvchilarning nutq elementlari biri-biridan farqli bo‘lishi –biri ikkinchisining so‘zini qaytarmasligi talab qilinadi. Masalan, shirinsuxan so‘zi o‘rnida shirinso‘z, nasim-tonggi yel (shamol), tanbeh berdi –dashnom berdi, zilol suv-tiniq suv, kichik mo‘jaz, tik-adl, nafis-nozik, ishbilarmon –ishning ko‘zini biladigan kabi…
Yozma bayon yozishga tayyorlanish jarayonida ham (2-sinf) so‘zlarni boshqasi bilan almashtirishga, kitobiy so‘zlar tanlashga e’tibor berish lozim.
Darsliklarda bola hissiyotiga ta’sir qiluvchi ko‘chma ma’nodagi badiiy ifodalar ko‘p qo‘llangan, ular ustida maqsadga muvofiq ishlash o‘quvchi nutqini jozibador qiladi, ularning nutqiy adabiy tilga yaqinlashtiradi.

  1. Yangi paydo bo‘lgan so‘z ma’nolari ustida ishlash. Bunday so‘zlar darslikda kam qo‘llaniladi. Bunday so‘zlarning bolalar hayoti bilan bog‘liq bo‘lganlarini ajratib olib “Bilib qo‘ygan yaxshi” rubrikasi ostida ishlansa o‘quvchining nutqi zamon bilan baravar rivojlanib boradi.

5.Grammatik atamalar ma’nosi bilan tanishtirish. Grammatik atamalarning avvalo to‘g‘ri talaffuzi, imlosi o‘rgatiladi. Shundan so‘ng misollar asosida uni mazmuni ochiladi. Qoidani o‘qitish va mashqlar bajarish orqali atama ma’nosini to‘laqonli anglashlariga erishiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. S.Matjonov va boshq. Ona tili o`qitish metodikasi. –T.: Nosir, 2009.
2. A. Zunnunov va boshq. Adabiyot o'qitish metodikasi. – Т.: O'qituvchi, 1992.
3. A. G'ulomov. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. – Т.: O'qituvchi, 1992.
4. O`zbek leksikografiyasi va terminologiyasi masalalari. – T.: O‘zbekiston
milliy ensiklopediyasi Davla
Yüklə 30,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə