|
O’zbek tilida so’z yasalish usullari sultanova Muyassar Djumanazaarovnao-zbek-tilida-so-z-yasalish-usullari
№3 2022
153
Bir turkumdan boshqa turkumga o'tganda so'zlarda hosil bo'ladigan o'zgarishlar
kategorial o'zgarishlar deyiladi. Masalan, tasodifan so'zining o'zagi (tasodif) ot, unga
yasovchi -an qo'shimchasi qo'shilganda so'z boshqa kategoriyaga ko'chdi, ya'ni
kategoriya o'zgaradi. Uzumzor so'zidagi yasovchi -zor qo'shimchasi otdan ot yasagan.
Bunda kategoriya o'zgarmagan.
So'z yasalishi bilan bog'liq ravishda so'zning lug'aviy va grammatik ma'nolari
ham o'zgarishi murnkin. So'z yasalish til uchun ijobiy hodisadir. U tilni lug'aviy
jihatdan boyituvchi manbalardan biridir.
So'z yasash tildagi boshqa sohalar bilan, xususan, lug'at va grammatika bilan
uzviy bog'liq. Chunonchi, yasama so'z avval tilda mavjud bo'lgan lug'aviy
vositalardan hosil bo'ladi. Masalan, tilde
kitob, chiroy
so'zlari mavjudligi uchun shu
so'zlar asosida
kitobxon, chiroyli
kabi so'zlar yasalgan. So'z yasalishi asosida so'z
ma'nosi o'zgaradi, yangi ma'noli so'z hosil bo'ladi. Bu holat so'z yasalishi bilan
leksikologiya orasida uzviy bog'liqlik mavjudligini ko'rsatadi. Ma'lumki, so'z
yasalishida ko'pincha qo'shimchalar ishtirok etadi, yangi yasama bir turkumdan
boshqa turkumga ko'chadi. Bu holat so'z yasalishining grammatika bilan ham
bog'liqligini ko'rsatadi.
So'z yasalishi natijasida so'zning shakli o'zgaradi. Yangi ma'no bilan birgalikda
yangi shakl vujudga keladi. So'z yasalishi paytida hosil bo'ladigan shakl bilan so'z
o'zgartiruvchi va shakl hosil qiluvchi qo'shimchalar orqali vujudga keladigan shakl
orasida o'xshashlik bor. Shuning uchun so'z yasalishi ham shu turdagi boshqa
hodisalar singari morfologiyaning tekshirish obyektidir.
Tilda mavjud bo`lgan so`z yoki so`zlar, so`z shakllari negizida ma’lum usullar
bilan yangi ma’nodagi so`zlarni hosil qilish so`z yasalishi deyiladi.
O`zbek
tilida
so`z
yasalishining affiksatsiya,
kompozitsiya,
semantik,
abbreviatsiya kabi usullari bo`lib, shulardan quyidagi 2 usul asosiy va yetakchi
usullar hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: |
|
|